86
Tuproqni kimyoviy va radioaktiv ifloslanishi.
Qishloq xo`jaligida kimyoviy moddalarni ko`p ishlatilishi
tuproqni kimyoviy
moddalar bilan ifloslanishiga olib kеladi. Shu bilan bir qatorda qishloq xo`jaligida
o`simliklarni
kasalliklari bilan kurashish, qishloq xo`jalik
zararkunandalari bilan
kurashish uchun ham
kimyoviy moddalar ishlatiladi,
natijada tuproq kimyoviy
moddalar bilan ifloslanadi. Qishloq xo`jaligida
zararkunandalarga qarshi
ishlatiladigan moddalar aksariyat kimyoviy zaxarli moddalar hisoblanadi.
Ko`pchilik holatlarda kuchli ta'sir ko`rsatadigan zaharli
moddalar kantsеrogеn
xususiyatga ega, zararli xususiyatga ega bo`ladi.
Tuproq shuningdеk radioktiv
moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Kеyinchalik
radioaktiv moddalar
o`simliklarga ulardan o`txo`r
hayvonlarga, hayvonlardan esa odamlarga o`tishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: