O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


-§. Harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda ofitserning nutqi va uning tarbiyaviy ahamiyati


Download 493.41 Kb.
bet10/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

4-§. Harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda ofitserning nutqi va uning tarbiyaviy ahamiyati


Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatida nutq ularning eng asosiy qurollardan biri hisoblanadi. Nutq orqali harbiy xizmatchilar boshqariladi, tarbiyalanadi. Harbiylarning kasbiy faoliyatida nutq boshqa kasbdagi shaxslarnikidan farq qilib turadi, eng asosiysi, ularning nutqi qisqa, lo‘nda, aniq va buyruqlarda urg‘ularni harflarga to‘g‘ri qo‘yib etkazishda, harbiycha ruh bo‘ladi. Umumharbiy nizomlar asosida buyruqlar yetkaziladi, gapiriladi, tushuntiriladi.
Harbiy xizmatchining nutqi – bu fan sifatida harbiylarning qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarga buruqlarni, ko‘rsatmalarni Umumharbiy nizomlar asosida etkazib berishga ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, harbiy xizmatga sodiq bo‘lishga yo‘naltirishga qaratilgan ta’sir etish vositasidir. Harbiylar nutqining asosiy vazifasini birinchi bo‘lib belgilab bergan A.V.Suvorovning bosh devonxonasi mudiri E.B.Fuks bo‘lgan. Harbiylarning nutqi g‘alabaga, shon-sharafga intilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu buyruqlar nutq orqali etkazilar ekan, buyruq berishda nafas olish va nafas chiqarish ham muhim fiziologik-biologik omil hisoblanadi. Harbiylarga harbiylarcha gapirish, tushuntirish kerak, shundagina harbiylarning ongiga buyruq ko‘rsatma to‘g‘ri etib boradi.
Harbiylar nutqining yuzaga kelishi, shakllanishi va takomillashish bosqichlari.
Harbiy sarkardalarning barchasi deyarli kuchli notiq bo‘lgan yoki kuchli notiqlar bo‘lishgan. Tarixga murojaat etadigan bo‘lsak, Qadimgi Gretsiyada va Rimdagi buyuk sarkardalar askarlarning oldida chiqish qilishdan avval yaxshilab mashq qilishgan, o‘zlarining harbiy nutqlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilishgan. Masalan A.Makedonskiy o‘zining nutqini kuchliligi bilan butun harbiylarni ongi shuriga o‘zining maqsadini etkazib bera olgan. Uning nutqi quyidagi bosqichda yo‘lga qo‘yilgan ekan. Birinchisi, eng ko‘zga ko‘ringan yaxshi harbiy xizmatchilar hisoblanib, ular tajribaga ega dovyurak harbiylar bo‘lishgan. Ikkinchisi esa askarlar bilan birga yuradigan, yotib turadiganlar ofitserlar bo‘lib, ular askarlar ongini bevosita tarbiyalab, shakllantiradiganlar va askarlar orasida ijtimoiy fikrni yuzaga keltirgan. Harbiy sarkardalar orasida birinchi bo‘lib A.Makedonskiy har bir harbiyga ismi bilan murojaat qilgan. Ushbu murojaat askarlarda o‘zlariga ishonch, iroda va ularning ruhiyatini ko‘targan. YUliy Sezar ham A.Makedonskiydan kam bo‘lmagan notiq hisoblangan. U askarlardagi ruhiy holatni ko‘tarish uchun o‘zining boy nutqidan samarali foydalangan va o‘zi ular bilan birga jangga kirgan. Bu askarlarda ruhiy ko‘tarinkilikni yuzaga keltirgan.
Ushbu o‘rinda, Amir Temur tuzuklarini o‘qib shunday satrlarga duch kelamiz, ya’ni “Sipohiylar ko‘zi g‘anim lashkariga tushishi hamono, baland ovoz bilan “Allohi Akbar! deb taqbir aytsinlar va suron solib, dushman cheriki ustiga bostirib borsinlar”27. “Sipoh lashkar boshisining vazifasi, jang vaqtida qo‘rquvdan qo‘l-oyog‘i bo‘shashib, sarosimaga tushmasdan, buyruq berishdan iboratdir”.28
Demak, jangga kirishdan oldin “Allohu Akbar!” deb biri-biriga sipohiylar baland ovozda dalda berishgan. Urushning o‘zi “qo‘rqinch”, qo‘rqinch albatta ruhiy tushkunlikga olib keladi. Harbiy sarkardalar nutqi orqali nafaqat qo‘shinni boshqara olishi kerak shuningdek qo‘shinni jangga tayyorlash, ular orasida yuzaga keladigan sarosimalarni, mish-mish gaplar tarqalishini oldini ola bilish san’atiga ham ega bo‘lishi kerak. Masalan: Amir Temur Qora Yusuf29 o‘ldirildi deb lashkarlariga dalda beradi va ularning ruhi ko‘tarilib dushman ustidan g‘alaba qozonadi. Askarlarga Qora Yusufni boshi deb bir boshni olib kelib ko‘rsatadi aslida, bosh boshqa bir oddiy sipohiyning boshi bo‘ladi. Demak sarkardalar urush vaqtida mana bunday xiylalardan ham foydalanishar ekan.
Sarkadalarning barchasida ham notiqlik san’ati mavjud deb ayta olmaymiz, chunki ba’zilarida tug‘ma bo‘lishi, ba’zilarida shakllanishi, ba’zilarida umuman o‘rnak darajada bo‘lmasligi mumkin.
Notiqlik san’atiga bo‘lgan qiziqish yoki notiqlik san’atini eng rivojlangan davri Rossiyadagi fuqarolar urushi davriga to‘g‘ri kelgan (1918-1922).30 Sarkardalarning nutqi “Hayot va mamot” muammolariga qaratilgan edi. Ofitserlarning nutqini kasbiy faoliyatda to‘g‘ri ishlata olishi, undan to‘g‘ri foydalana olishi tarbiyadagi yo‘nalishini belgilaydi, eng asosiy maqsadi vatanparvarlik targ‘ibotiga qaratiladi. Masalan: 1941 yili 7 noyabrda Sovet davlatining rahbari I.V.Stalinning nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashga Qizil Maydondan qizil askarlarni frontga jo‘natishda ularga qarata so‘zlagan nutqining qudrati har bir qizil askarlarda ruhiy ko‘tarinkilikni yuzaga keltirgan. Harbiy notiqlikning asosida vatanparvarlik, vatanni himoya qilishga undash yotadi. Yoki Ikkinchi jahon urushi yillarida diktor (suhandon) Levitanning nutqini oling, uning nutqi barcha Sovet xalqida voqea-hodisalarga munosabatni o‘zgartirgan. Xuddi shunday o‘zgarishlarni nemis askarlarni orasida ham yuzaga keltira olgan.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling