O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Download 1.46 Mb.
bet29/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim olish uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Milliy dinlar. Zardushtiylik dini. Ma’rifat va diniy bag’rikenglik g’oyasining uyg’unligi. Islom niqobidagi ekstremizmning g’oyaviy ildizlari. Islom asoslarini g’arazli maqsadlarda buzib talqin qilish: haqiqat va iddao. Global xavfsizlikka tahdid solayotgan din niqobidagi eng yirik ekstremistik guruhlar va ularning strategiyasi. O’zbekistonda barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan din niqobidagi ekstremistik va terroristik tashkilotlar. Internet orqali radikallashuv: nazariyalar tahlili. Migrasiya jarayonlarida ekstremistik va terroristik oqim g’oyalari ta’siriga tushib qolish omillari. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda O’zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari va jamoatchilik bilan hamkorlik. Yoshlarda, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yo’llari, maqsad va vazifalari.
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha kursantlar tomonidan referat, prezentasiya, esse, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar tayyorlanadi. Ularning taqdimoti hisobot tarzida taqdim qilinadi.

3.

V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari
Kursant bilishi kerak:
islomning mohiyati tinchlik, ma’rifat dini ekani; dunyo dinlarida bag’rikenglik, do’stlik va hamkorlik g’oyalari, barcha dinlar ta’limotida yovuzlik, qo’poruvchilik va qabih harakatlarning qoralanishi; diniy ekstremizm va terrorizmning asl maqsadi, g’oyaviy ildizlari; diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan talqin qilinayotgan g’oyalarning buzg’unchi mohiyati; aqidaparastlik va jaholat, islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanishning zarari; internet orqali radikallashuvning omillari; ekstremistik g’oya ta’siriga tushganlarni ijtimoiy reabilitasiya qilish omillari; harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini diniy ekstremistik tashkilot va oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan ishlar; jahon dinlari, mutaassiblik va ekstremizmning o’zaro aloqadorligini; (bilim)
diniy ekstremistik oqimlar tomonidan diniy tushunchalarni g’ayriilmiy va g’ayridiniy talqin etilishi; harbiy xizmatchilar bilan dinni jamiyatda tutgan o’rni va shunga oid mavzularda mashg’ulotlar va tushuntirish ishlarini olib borish; harbiy xizmatchilar orasida diniy ekstremizm va terrorizm g’oyalarini kirib kelishini oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar haqida amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi; (ko’nikma)
fanga mansub adabiyotlarni sharhlay bilish; fanning hozirgi jamiyatdagi o’rnini tushuntirish; barcha dinlar ta’limotida yovuzlik, qo’poruvchilik, terrorchilik va buzg’unchilik harakatlarning qoralanishini ochib berish; milliy va diniy qadriyatlarni hurmat qilish, xalqlar o’rtasidagi hamjihatlik g’oyalarini shaklantirish; ekstremistik oqimlar va guruhlarning buzg’unchi g’oyalariga qarshi asosli raddiyalar berish; mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini teranroq anglash va uni boshqa mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy hayot bilan solishtirib, zarur ilmiy-nazariy, g’oyaviy-tarbiyaviy xulosalar chiqarish malakasiga ega bo’lishi kerak; (malaka).


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling