O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


-modda. Fraksiyalarni tuzish tartibi


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

24-modda. Fraksiyalarni tuzish tartibi
Qonunchilik palatasining kamida to‘qqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.
Fraksiyalar ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya rahbari yoki
boshqa vakili tegishincha fraksiya tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi
majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Qonunchilik palatasi fraksiya tuzilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan
kuchga kiardi)
Oldingi
 tahrirga qarang.


25-modda. Fraksiya vakolatlari
(25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-
yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fraksiya:
(25-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi
O‘RQ-563-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-
son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib
chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan
muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan tarzda so‘z berilishi huquqidan foydalanadi;
(25-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son —
2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish to‘g‘risida masala qo‘yadi;
4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor
shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish
yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning
fikrini Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rtasida tarqatadi;
(25-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son —
2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
6) palataning Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari ishida ishtirok etadi;
7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va boshqa qarorlarning
loyihalari yuzasidan o‘z takliflarini kiritadi;
8) hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to‘g‘risida masala
qo‘yadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
9) fraksiyaning faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning
mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi;
(25-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son —
2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
10) qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(25-moddaning 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling