O‘zbekiston respublikasi оliy ta’lim, fan va innоvatsiyalar vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti texnologik ta’lim yo‘nalishi


Tikuv mashina mexanizmlari turlari


Download 186.18 Kb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi186.18 Kb.
#1486114
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kiyim detallarini birlashtiruvchi mokili mashinalar

2.2 Tikuv mashina mexanizmlari turlari.
Moki va zanjirsimon bahya hosil qilib tikuvchi mashinalar quyidagi asosiy mexanizmlardan tuzilgan:
- igna mexanizmi;
- moki va chalishtirgich mexanizmlari;
- materialni surish mexanizmi;
- ip tortgich (ip uzatgich) mexanizmi;
- tepki uzeli.
Yuqorida ko‘rsatilgan asosiy mexanizmlar qatoriga ba’zi tikuv mashinalarida qo‘llanilgan taqsimlagich, kengaytirgich kabi mexanizmlar ham kiradi (talaba turli texnologik jarayonlarni bajarishga mo‘ljallangan, kamida bittadan tikuv mashinasi mexanizmlari haqida, uning kinematik tasviri, ishlash prinsipi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni keltiradi).
Igna mexanizmi buyumlarni teshib o’tish, unga yuqorigi ipni o’tkazish va ipdan solqi (xalqa) hosil qilish vazifasini bajaradi.
Mashinani qo’llashga qarab igna oddiy (to’g’ri yoki egri chiziqli), murakkab (bir yoki ikki tekislikda) va fazoviy murakkab harakatlar qilishi mumkin.
Igna mexanizmlari krivoship-polzun, krivoship-kulisa, krivoship-kulachokli, olti bo’g’inli, fazoviy to’rtta bo’g’inli va ko’p bo’g’inli mexanizmlarga turlanadi.
Ko’proq krivoship-polzun turli mexanizmlar qo’llanib, ular sodda, kerakli harakat qonuniyatini ta’minlovchi, yaxshi dinamik belgilarga va ishlashda maromlidir. Bu mexanizmlar uch tuzilishli bo’lishi mumkin: markaziy yoki aksial, nomarkaziy yoki dezaksial, shatuni bosh valdan yuqorida joylashgan.
Markaziy igna mexanizmi keng qo’llaniladi, unda ignani ishchi va salt harakatlar vaqti o’zaro teng.
Dezaksial mexanizmda ignani ishchi yo’li ko’p bo’lib, salt yo’li kamroqdir. Bunday mexanizmlar siniq baxyaqator bilan tikuvchi 26-A, 75, 331, 335 sinf mashinalarida ishlatiladi.



LH-11-62-S-4B sinf mashinasini igna mexanizmi

Tikuv mashinasida uchraydigan kamchiliklar asosan igna va iplarning to‘g‘ri kеlmasligi, mashinani vaqtida moylamaslik, tikilayotgan ishga moslamaslik natijasida sodir bo‘ladi. Yana shuni aytish kеrakki, mashinadagi ba'zi mеxanizmlar ko‘p ishqalanishi sababli yеyiladi, natijada ularning o‘zaro ta'siri buziladi, mahkamligi yo’qoladi. Ignalar noto‘g‘ri o‘rnatilsa, ipning nomеri ularning nomеriga to‘g‘ri kеlmasa, gazlama noto‘g‘ri tanlanishi natijasida ignalar yaroqsiz holga keladi. Buni tuzatish uchun ignani to‘gri o‘rnatish, ip, igna, gazlamalarni jadvalda bеrilganidеk tanlab olish kеrak. Igna baland yoki past o‘rnatilsa,igna mexanizmiga texnik xizmat ko’rsatilmasa ya’ni artib,tozlanmasa,yog’lanmasa igna mexanizmining detallari yaroqsiz holatga keladi. Igna yo’naltirgichning harakati salbiy tomonga o’zgarishi ignani o’tmaslashishiga olib keladi.Agar sozlanishlar o’z vaqtida amalga oshirilmasa,ustidagi mahkamlovchi vinti bo‘shab qolgan bo‘lsa, igna mokining o‘zaro ta'siri buzilsa ham u bahya tashlab tikadi. Ignani to‘g‘ri o‘rnatish kеrak.(Ilova-1)



Download 186.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling