O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 405 Kb.
bet30/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Bog'liq
5

X. MAVZU
ISH REJASI:

  1. O‘rta fors adabiyoti.

  2. Diniy va badiiy adabiyotlar.

  3. Moniy matnlari.

  4. Pahlaviy papiruslari.

  5. Parfiyon, so‘g‘d tillari yodgorliklari.

  6. Sak (xotan) va Xorazm tillari yodgorliklari.



O‘rta fors (kitobiy pahlaviy) adabiyoti
O‘rta fors tili adabiyotini (kitobiy-pahlaviy) o‘zining mazmuniga ko‘ra ikki asosiy guruhga ajratish mumkin:

  1. diniy (otashparastlar-zaroostriylar) adabiyoti;

  2. badiiy adabiyotlar.

Bu yodgorliklarning aksariyati oromiy yozuvining biror variantida yozilgan bo‘lib (kitobiy-pahlaviy), keyinchalik parsik alifbosining yaratilishiga asos bo‘lgan. Bu adabiyotlarning ko‘pchiligi Sosoniylar davlati (eramizning III-VII asrlari) davrida yozilgan. Shunday boy adabiyotdan ma’lum bir qismigina bizgacha yetib kelgan. U ham bo‘lsa, Hindiston va Eronda o‘z dinini saqlab qolgan fors jamoalarining qo‘lida turli davrda ko‘chirib yurgan va avloddan avlodga o‘tib kelgan qo‘lyozmalari tufaligina xolos. Bular ham XIV asrdan nariga o‘tmaydi.


Diniy adabiyot
Biz Avesto qismida aytib o‘tganimizdek Avesto Sosoniylar davrida o‘rta fors tiliga tarjima qilinib, unga o‘rta fors tilida izohlar (zend) berilgan edi. Mazkur tarjima va izohlar diniy adabiyotning ma’lum qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari diniy falsafiy xarakterga ega boshqa yodgorliklar ham yaratildi. Bulardan «Ardaviraz nomav» – Ardaviraznoma, Denkard Denkard (Deyanie veri), Bundahish Bundaxish (Sozdanie osnovi), Zaratusht pandnomasi (Pandnamav Zaratust), Minok-i xrat (dvux razoma) kabi asarlarni ko‘rsatish mumkin. Bu kitoblar ichida Denkard otashparastlikning o‘ziga xos diniy ensiklopediyasidir.
Bu kitobning ahamiyati tilshunoslar uchun shundan iboratki u o‘rta fors tili bo‘yicha boy leksik va grammatik material beradi. Tarixchilar esa o‘sha davrning ideologiyasi, diniy dunyoqarashi tabiiy ilmiy xususiyatlari haqida bu kitobdan ma’lumotlar oladilar. Umuman bizgacha yetib kelgan adabiyotlar yordamida Avesto kitobini asl matnini tiklash mumkin. Turfonda topilgan forsiyzabon xristianlarning o‘rta fors tili (pahlaviy tili) va pahlaviy (o‘rta fors) yozuvidagi tarjima fragmentlari bor.



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling