O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sah-i eran yb aneran”
- Sak, toxar va eftalit qabilalarining kuchayishi. Xorazmning roli
- Markaziy Osiyodagi turkiy zabon ko‘chmanchi qabilalar. So‘g‘dlar
Sososniylar sulolasi
Parfiya hukmronligi eramizning III asrlarida fors viloyatidan chiqqan Sosoniylar sulodasi tomonidan yo‘qotildi. qudratli Sosoniylar to‘rt asrdan ortiq hukumronlik qildi. Sosonidlar davlati o‘zining eng gullagan davrida (VI asr o‘rtalari) Ahamoniylar davlatiga qarashli hamma yerlarni o‘ziga bo‘ysundirgan edi. Shuning uchun Sosoniylar podshohlari o‘zlarini “Sah-i eran yb aneran” ya’ni «Sar Irana i ne Irana» (Eron va g‘ayri Eron podshohi) deb ataganlar. Shunday qudratli davlatning asosi bo‘sh edi, chunki bunday katta maydonda yashagan turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir birlari bilan ittifoq bo‘lmay, o‘zaro nizolashib turardilar. Bu esa arablarning 651-yilda Eronni osongina bosib olishiga imkon yaratib berdi. Sak, toxar va eftalit qabilalarining kuchayishi. Xorazmning roli Markaziy Osiyoda shu paytda tarixiy voqealar boshqacha tus olgan edi. Er.avv. II asr o‘rtalarida janubiy-g‘arbdan gunlarning tazyiqi ostida eroniyzabon sak va tohar qabilalari Amudaryoning yuqori va o‘rta oqimi bo‘ylariga joylashib Grek-baqtriya podshohligini yemirilishida ishtirok etadilar (er.avv. 130-yillarda). Grek-baqtriya hududiga ko‘chib borgan sak va toxarlar bu yerlarga o‘z nomlarini berib, uni Toxariston deb ataganlar. Sak qabilalarining ayrim guruhlari janubga tomon yanada ichkari kirib, Xolmad daryosi va Homun ko‘li bo‘ylarigacha yetib borganlar. Bu viloyatning nomi Svistan – sistan (qadimgi Darangiana) hozirgacha bu etnik nomini saqlab qolgan (sakastan – sejestan – seistan). Bu qabilalar ichida yirik Kushon sulolasi vujudga kelib, u eramizning I-II asrlarida O‘rta Osiyo hozirgi Afg‘oniston, Kashmir va Hindistonning shimoliy-g‘arbiy qismlarini o‘z ichiga olgan. O‘rta Osiyoning siyosiy hayotida Xorazm ham muhim rol o‘ynagan, u eramizning III asrida Kushon davlatidan butunlay ajrab chiqib, o‘z mustaqil siyosatini yurgiza boshlagan. Markaziy Osiyodagi turkiy zabon ko‘chmanchi qabilalar. So‘g‘dlar O‘rta Osiyoda eftalitlarning hukumronligi bir asrdan ko‘proq davom etadi. Eramizning 563-567-yillari Janubiy Sibir, Mo‘g‘uliston, Markaziy Osiyoda turk xoqoniyatini o‘rnatgan turkiyzabon ko‘chmanchi qabilalar tomonidan eftalitlar davlati ag‘darib tashlandi. Shu davrda O‘rta Osiyoda iqtisodiy va madaniy hayotda muhim rol o‘ynagan So‘g‘dlar Xitoydan Vizantiyaga o‘tuvchi «Buyuk ipak yo‘li»da savdo ishlarini rivojlantirishda muhim hissa qo‘shdilar. Ma’lumki, «Buyuk ipak yo‘li» Xitoydan Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Farg‘ona orqali o‘tgan, Ikkinchi yo‘l Pamir tog‘lari orqali ham bo‘lgan. So‘g‘dlar O‘rta Osiyoda avval eftalitlar, so‘ngra Turk hoqoniyati hukm surgan bo‘lsa ham ular asosan iqtisodiy va diplomatik sohalarda ilg‘orlikni qo‘lda saqlab qoldilar. O‘rta Osiyoda olib borilgan arxeologik qazishmalar shu davrda madaniy hayot qanchalik yuqoriligidan dalolat beradi. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling