O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII. MAVZU ISH REJA
- Eroniy tillarning qadimgi eroniy tillar xolatidan o‘rta eroniy tillar xolatiga o‘tish jarayoni
Tayanch iboralar
Mixxat yozuvlari, sillabiy uslub, transkripsiya va transliteratsiya, hind-evropa tillari, G‘arbiy eron dialektlari, sharqiy eron dialektlari. Savollar Mixxat yozuvlari qaysi davrdan boshlab qo‘llanila boshladi? Qadimiy mixxat matnlarining tili qanday til edi? Qadimiy eroniy tillar qanday dialektlarga ega edi? Qadimiy eroniy tillarning dialektologik bo‘linishiga nima asos bo‘ldi? VIII. MAVZU ISH REJA: Eroniy tillarning qadimgi eroniy tillar xolatidan o‘rta eroniy tillar holatiga o‘tish jarayoni. O‘rta eroniy tillar davri. Sosoniylar sulolasi davri. Sak, toxar va eftalit qabilalarining ko‘chishi Xorazmning roli. Markaziy Osiyodagi turkiyzabon ko‘chmanchi qabilalar. So‘g‘dlar. Eron va O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi. Janubiy Rusiya va shimoliy Kavkazdagi eroniyzabon qabila va elatlar. Eroniy tillarning qadimgi eroniy tillar xolatidan o‘rta eroniy tillar xolatiga o‘tish jarayoni Qadimgi eroniy tillarning xarakterli xususiyatlaridan biri ularda flektiv tizimning rivojlanganidadir. Qadimgi eroniy tillarning flektiv grammatik tizimi (qurilishi) Avesto, Doro I va Kayxusrav I larning qadimgi fors yozuvlarida yorqin namoyon bo‘ladi. Ammo qadimgi eroniy til davridayoq fleksiya tizimining buzilishi boshlangan edi Masalan, so‘z oxirida keluvchi grammatik qo‘shimchalar kelishik va rod (jins) qo‘shimchalari asta-sekin reduksiya xodisasi natijasida yo‘qolib, qadimgi flektiv tizimining parchalanishiga olib kela boshladi. Bu tizimning parchalanishi qadimgi eroniy tillardagi silovoe (kuchli) urg‘uning qonuniyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu qonunga binoan urg‘u so‘z oxiridan ikkinchi bo‘g‘ingacha, agar u cho‘ziq bo‘lsa, tushardi. Agar ikkinchi bo‘g‘in qisqa bo‘lsa, urg‘u so‘z oxiridan uchinchi bo‘g‘inga tushardi. Masalan: parsa (Persiya), parsahya (rod.pod., qaratqich kelishigi, birlik son parsa pers) asmanam (tushum kelishigi, birlik son asmana – osmon) va h.z. Urg‘u tushmagan bo‘g‘inlar o‘z-o‘zidan kuchsizlanib, reduksiyaga uchrab, tushib qolavergan. Flektiv tizimning asosiy elementlari so‘z oxiriga jamlangani uchun (kelishik, rod va boshqalar) ular talaffuz qilinmay tushib qolavergan va asta-sekin fleksiyaning buzilishiga olib kelgan. Qadimgi fors tili bandakanam – o‘rta fors tili bandaran (qul); qadimgi fors tili parsahyaz o‘rta fors tili pars (ye) (fors), fleksiyaning tuzilishi bilan kelishik qo‘shimchalari o‘rtasidagi va muj.jens. va sred. rod, hamda birlik va ikkilik sonlari o‘rtasidagi qadimgi farqlari yo‘qolib ketdi. Qadimgi fors tilidagi martiya mard, odam so‘zini qiyoslab ko‘ramiz: qadimgi fors tili o‘rta fors tili
Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling