O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Eron va O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi


Download 405 Kb.
bet27/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
5

Eron va O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi
VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan Arab xalifatligi shu asrning oxirida Sosoniylar Eronini zabt etgach, bir necha o‘n yilliklar davomida O‘rta Osiyoni ham bosib olishdi. Islom dini huddi Erondagidek O‘rta Osiyoda ham keng tarqaldi.


Janubiy Rossiya va shimoliy Kavkazdagi eroniyzabon qabilalar
Shimoliy Qora dengiz va Kavkaz oldi hududlariga eramizdan avvalgi I ming yilliklarda ko‘chib borgan eroniyzabon qabilalarning taqdiri O‘rta Osiyoda qolgan qardoshlariga nisbatan boshqacha bo‘ldi. Eramizning I asr boshlarida skif-sarmat qabilalari janubiy Rossiya va shimoliy Kavkazga ko‘chib borib, uerda juda qiyin tarixiy voqealikni boshdan kechirishdi. Ayrim skif-sarmat qabilalari (Tarixiy manbalarda ularni alanlar deb ataganlar) etnik qabilalarning ko‘chishi davrida Armaniston va Midiyada (eramizning I-II asri) Qrimda (eramizning III asridan boshlab) Dunay daryosi vohalariga (eramizning IV asri) va asrimizning V asrida Ispaniya va Shimoliy Afrikaga yetib borganlari haqida antik manbalarda ma’lumotlar bor. Shunday katta maydonga tarqab ketgan bu qabila a’zolari tezda yerlik aholi bilan assimilatsiyalashib, o‘zlarining eroniy tillarini yo‘qotib yuborganlar. Ayrim manbalarda ta’kidlanishicha, Don daryosi atroflarida va shimoliy Kavkaz yerlarida yashovchi ayrim (alan) skif qabilalari eroniy dialektlarda gapirishishni davom ettirganlar. Bular Sharqiy Yevropaning tarixida muhim rol o‘ynaganlar. Bu haqda rus, arman, gruzin manbalarida ma’lumotlar bor. Ularda alanlar asa, yasa, o‘sa nomlari bilan tilga olindilarki, bular hozirgi osetinlarning ajdodlaridir. Buni akad. V.F.Miller va boshqalar o‘z ilmiy asarlarida isbotlaganlar.


Tayanch iboralar
Flektiv tizim, grammatik qo‘shimchalar, reduksiya holati, morfologik struktura (qurilma).


Savollar

  1. Qadimiy eroniy tillar qanday grammatik xususiyatga ega edi?

  2. O‘rta eroniy tillarning soddalashuviga nima sabab bo‘ldi?

  3. O‘rta eroniy tillar davrida qanday tillar mavjud edi?

  4. O‘rta eroniy til davrining boshlanishi nima bilan xarakterlanadi?


Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling