O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 405 Kb.
bet35/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
Bog'liq
5

G‘arbiy eroniy tillar
Qadimgi eroniy til davridagi dialektal bo‘linish o‘rta eroniy til davrida ham davom etdi. (Dashti kabirning g‘arbiy qasmida yashovchi fors va midiylar). Moniy matnlarini o‘rganish o‘rta fors tili davrining ikki dialektini aniqlashga imkon berdi. Bular g‘arbiy eron guruhining janubiy-g‘arbiy qismiga oid o‘rta fors tiliga aynan o‘xshash persik bo‘lib, ikkinchisi pahlavik tiliga teng parfyan tili edi. Bular shimoliy-g‘arbiy qismiga tegishlidir. Parfyan tili deganda fan Xuroson, O‘rta Osiyoning janubiy-g‘arbiy, Eronning shimoliy va shimoliy-g‘arbiy qismida tarqalgan o‘rta eroniy dialektlarning katta qismini tushunadi. Parfyan tiliga ko‘plab qadimgi arman va er.av. oxirgi asr hamda eramizning birinchi asrlaridagi eroniy dialektlaridagi leksikalar iqtibos qilingan.


Sharqiy eroniy tillar
Sharqiy eroniy tillar guruhiga o‘rta eroniy til davridagi so‘g‘d, Xorazm sak (xotan) tillari kiradi. Dialektologiya nuqtai nazardan So‘g‘d tili xorazm tiliga juda yaqin turadi. So‘g‘d va xorazm tillari o‘rtasidagi farqlardan biri shuki xorazm tili so‘g‘d tiliga nisbatan taxminan 500 yil yoshroqdir, Xorazmda qazish ishlari olib borgan S.P.Tolstov buni isbotlab bergan. So‘g‘d va xorazm tillari o‘zining bir qator fonetik va morfologik xususiyatlariga ko‘ra skif (sarmat) tillariga yaqin turadi. Eramizning III-IV asrlaridan boshlab tarixiy manbalarda skif va sarmat terminlari uchramaydi. O‘rta asrlarda eron (skif) dialektlari alan tiliga birikib ketgan va bular janubiy Rossiya (Don daryosining sharqiy qismi) va shimoliy Kavkazda yashagan hozirgi osetinlarning ajdodlaridir.


Tayanch iboralar
Dialektal farqlar, aniqlovchi va aniqlashmish o‘rtasidagi bog‘lanish, skif, sarmat tili, alan tili.
Savollar

  1. Sak (xatan), so‘g‘d va xorazm tillari xaqida yangi ma’lumotlar fanga qachon ma’lum bo‘ldi?

  2. Qaysi til guruhida flektivlik xususiyati oldinroq yo‘qolgan?

  3. Alan tili qaysi til bilan birikkan?


Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling