O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Eroniy va g‘ayri eroniy tillarning qo‘shilib ketishi jarayoni
Download 405 Kb.
|
5
Eroniy va g‘ayri eroniy tillarning qo‘shilib ketishi jarayoni
Ahamoniylar yozuvi va yunon tarixchilarining asarlarida bayon qilinishicha Eron va O‘rta Osiyoda eramizdan avvalgi I minginchi yillarda yerlik aholi eroniy tillarda gapirishgan. Bu hududlarga turkiyzabon qabilalar eramizning boshlang‘ich asrlarida Markaziy Osiyoning ichki maydonlaridan va Xitoy chegaralaridan aholining katta ko‘chish jarayonida kelib qolganlar. Ular avval O‘rta Osiyoga, so‘ngra asta-sekin Eron hududlariga kirib borganlar. Turkiyzabon qabilalar G‘arbga ko‘chish jarayonida avval Xitoy Turkistoniga kelib, bu yerga o‘z nomlarini berganlar. Turkiy qabilalar kelgan paytda sharqiy Eron dialektlarida gapiruvchi sak-tohar qabilalari yashardi. Ikkinchi bir qismi esa Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida va Toharistonda xionit-eftalit nomi bilan eramizning IV-V asrlarida yashardi. VIII-IX asrlarda bu qabilalar budda diniga e’tiqod qiladilar. Keyinchalik eroniyzabon qabilalarning taqdiri boshqacha bo‘ldi. O‘troq eroniy qabilalar turk qabilalari bilan qo‘shilib turkiyzabon bo‘lishdi. O‘rta Osiyoda turkiyzabon aholining soni VI asrning 60-70-yillaridan boshlab, Turk hoqonati davrida, X-XI asrda Qoraxoniylar davrida va XI asr o‘rtalarida Saljuqiylar davrida anchagina ortdi. Eroniy tilda so‘zlashuvchi aholini turkiyzabon xalqlarga qo‘shilib ketishi keyingi davrlarda Farg‘ona, Shosh, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida ham ro‘y berdi. Ayniqsa, bu jarayon Yettisuv vohasida tez avj oldi. Chunki to‘rt atrofdan turkiy xalqlar bilan o‘ralgan so‘g‘d qabilalari to‘la turk tiliga o‘tishdi. Bu haqda XI asrda yashagan asli turk, lekin arab tilida ijod qilgan mashhur lug‘atnavis Mahmud Koshg‘ariy so‘g‘d tilida gapirishgan oxirgi qabilalarni ko‘rgan va ularni avval ikki tillik bo‘lgani va keyinchalik o‘z ona tillarini unutganliklarini yozgan. O‘rta Osiyoning boshqa viloyatlarida ham turkiylashtirish deyarli shu usulda bordi. Al-Beruniyning guvohlik berishicha, uning ona tili xorazm tili bo‘lgan, u yoshligida xorazm tilida so‘zlashuvchi kishilarni ko‘rgan. Lekin Xorazmning to‘la turkiylashtirilishi XIII asrda tugallangan. O‘rta Osiyoda eroniy tillardan tojik tilining siqib chiqarilishi keyingi davrlarda ham davom etdi. Bu asosan, Farg‘ona, Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalariga xosdir. Prof. I.N.Zarubinning guvohlik berishicha turklashtirish (o‘zbek) masalan, Urgut tumanida shu kungacha davom etib kelmoqda. Buxoro, Samarqand shahar va shahar atroflarida aksariyat aholi ikki tillikdir. Saljuqiylar davrida (XI-XII asr) turkiyzabon qabilalar Eron yassi tog‘ligining shimoliy-g‘arbiy qismlarida paydo bo‘lishdi. Shu davrda janubiy Ozarbayjondagi eroniyzabon aholining turkiy qabilalar bilan birikishi boshlandi. Turkiy qabilalarning migratsiyasi kuchaygan sari bu maydonda turkiy tilning rolini oshira bordi. Mahalliy aholining ko‘pchiligi turkiy tilni (Ozarbayjon) qabul qildi. Ba’zilar esa (tat va tolishli) o‘z tillarini ham saqlab qolib, hozirgi kunda ular ikki tillikdir. Eroniy tillar hamisha biz tilga olgan hududda o‘z o‘rnini turkiy tillarga bo‘shatib beravermagan, baraks o‘zini turk deb atagan Kulob viloyatidagi kishilar hozir to‘la tojik tiliga o‘tganlar. N.Magidovichning yozishicha XX asrning 20-yillarida Buxoro amirligiga qarashli qishloq joylarining 23 foiz (%)i o‘zlarini turkiy qabilalardan biriga tegishli deb bilganlar. Lekin kundalik turmushda esa tojik tilidan foydalanganlar.12 Hozirgi kunda O‘zbekiston hududidagi tojik millatiga mansub kishilarning aksariyati ikki yoki uch tillikdir. Huddi shu hol Eronning g‘arbiy va janubiy-g‘arbiy qismida ham ro‘y berayapti. Shu kunlarda ham to‘la eroniyzabon bo‘lgan kishilar an’anaga ko‘ra o‘zlarini turkiy avlodga mansub deb hisoblaydilar. Afg‘onistonda tojik tilining turkiy va mo‘g‘ul tillari bilan qo‘shilib ketishi va natijada tojik-fors tilining g‘olib chiqishi hammaga ma’lum. Masalan: Afg‘onistonning shimoliy-g‘arbiy qismida yashovchi yarim ko‘chmanchi chor aymoq qabilasi avvalda turk, mo‘g‘ul tillarida so‘zlashgan bo‘lsalar, hozirgi kunda ular tojikzabon bo‘lib ketishgan. XVIII asrda shimoliy Erondan Hirot va Kobul taraflariga ko‘chib o‘tgan qizilboshlar Afg‘onistonda hukumronlik qilgan mo‘g‘ul avlodlari – hazoriylarga qo‘shilib ketganlar. XIX asrda ham hazoriylarning ayrim guruhlari mo‘g‘ul tilining dialektlarida gapirishardi. Hozirgi kunda hazoriylar to‘la tojikzabondir. Eron va O‘rta Osiyodagi ayrim arab guruhlari (masalan: Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi) hozirgi kunda ikki-uch tillikdirlar. Bularning hammasi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi va iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq. Bu yerda biror tilni ortiq yoki kam ko‘rish xato bo‘lur edi. Afg‘onistondagi eng katta qabilalardan biri gilzaylar X asrlarda turkiyzabon edilar. XVI asrga kelib, ular pashtu tilini qabul qildilar va o‘z tillarini butunlay unutdilar. Huddi shunday hollar hind-eron tillaridan kashan, Belujistondagi dravid tilidagi belujlarning pashtu va eroniyzabon belujlar bilan qo‘shilishi kuzatilgan. O‘rta Osiyo va Afg‘onistonda turli siquvlardan jon saqlab qolgan tillar bor, ular o‘zlari tarqalgan joylardan siqilib, tog‘li yerlardan joy olganlar. Bularga Zarafshon vohasidagi so‘g‘d tilining davomchisi yaG‘nob tili, Pamir tog‘larida ravshanlar, vaxtanlar, ishkashim, yozg‘ulom tillari, Afg‘onistondagi munjon tili kiradi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, mazkur tillarni o‘rganish, eron tilshunosligi uchun qanchalik katta axamiyatga ega. U til xaritasini ko‘rsatish va eroniy va g‘ayri eroniy tillarning qo‘shilishi, paydo bo‘lishi va ikki uch tillik xodisalarni o‘rganishga imkoniyat yaratib beradi. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling