O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII. MAVZU ISH REJASI
- Juhud alifbosi
- Lotin alifbosi
Tayanch iboralar
Jonli fors tili, «mavali askarlar», yag‘nob (tili) shevasi. Zarafshon vohasi, Ahamoniylar yozuvi, budda dini, Qoraxoniylar sulolasi, Turk xoqonligi, Saljuqiylar davri Savollar Yangi eroniy tillar davri qaysi davrdan boshlanadi? Eroniy tillarga qaysi G‘ayri eroniy tillar qo‘shilib ketdi? Eroniy tillarda gapirishuvchi qaysi millatlar turkiy tillarni qabul qildi? XIII. MAVZU ISH REJASI: Yozuv. Juhud alifbosi. Lotin alifbosi. Kirill (rus) yozuvi asosidagi yaratilgan alifbolar. O‘rta asrlarda fors (tojik) tilida yaratilgan yozma adabiyot (IX-V asrlar). Arablar istilosidan keyingi birinchi asrlardagi eroniy tillarning yozuvi. Yozuv Yangi eron til davrining aksariyat yodgorliklari arab alifbosida yozilgan. Arab alifbosining O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston va ularga qo‘shni davlatlarga tarqalishiga asosiy sabab islom dinining shu mamlaktlar xalqlari tomonidan qabul qilinishidir. Arab yozuvi xuddi oromiy yozuviga o‘xshab finikiy yozuviga borib taqaladi. Arab alifbosida 28 belgi bor. Yozuv o‘ngdan chapga qarab yoziladi. Xarflar bir-biriga qo‘shilganda ularning alohida ko‘rinishini o‘zgartiradi. Arab tilida bir xarf yozilish xolatiga qarab (alohida, so‘z boshida, so‘z o‘rtasida va so‘z oxirida) 2 va 4 ko‘rinishga ega bo‘ladi. Fors tilida arab tiliga xos bo‘lmagan 4 tovushga P-, Ch-, G-J- harflar moslashtirildi. Arab-fors alifbosini boshqa eroniy tillarga, masalan,osetin tiliga ham qo‘llashga xarakat qilingan. Pushtu va Xorazm tiliga S- (saranduy, sarandvol) harfi qo‘shilib tillarning fonetik xususiyati imkon boricha aks ettirilgan. O‘rta Osiyoda joylashgan sobiq turkiyzabon va forsiyzabon xalqlar XX asrning 20-30-yillarigacha arab alifbosidan foydalanishgan. Keyinroq ular lotin va kirill alifbosiga o‘tishgan. Juhud alifbosi Arab alifbosi bilan bir qatorda ba’zi eroniy tillarni sabt etishda juhud alifbosidan ham foydalanishgan. Juhud alifbosidan Ahamoniylar davridayoq Eronda yashagan musaviy mazhabidagi kishilar foydalanishgan. Ular Xuroson orqali Afg‘oniston va O‘rta Osiyoga o‘tib qolgan musaviy mazhabiga tobe Buxoro juhudlari va Kaspiybo‘yi orqali Kavkazga kelib qolgan tog‘li xalq – totlardir. Tarixda ko‘plab juhud-fors alifbosi nomi ostida yozilgan adabiy asarlar uchrab turadi. Shuningdek diniy yo‘nalishdagi Injil (Bibliya)ga berilgan izohlar kitobi ham juhud alifbosida yozilgan. Lotin alifbosi XX asrning 20-30-yillarida sobiq Ittifoq hududida yashagan eroniyzabon xalqlar osetin, tojik, shug‘non, tolish va tatlar uchun lotin alifbosi tavsiya qilingan edi. Bu alifbo mazkur tillarning fonetik xususiyatlarini nazarda tutgan alifbo bo‘lib, arab alifbosiga nisbatan ma’qul edi, chunki u faqat tillarning tovush tarkibini emas, balki eron tillari morfologiyasini ham yaxshi aks ettirardi. Lekin turli ob’ektiv sabablarga ko‘ra lotin alifbosi eroniyzabon xalqlar tomonidan qabul qilinmay, undan faqat transkripsiya maqsadida foydalanilyapti xolos. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling