O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
IX. MAVZU ISH REJASI
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy yozma manbalar
IX. MAVZU
ISH REJASI: Tarixiy yozma manbalar. Oromiy yozuv. Hind yozuvi. Yunon yozuvi. O‘rta eroniy tillarning yodgorliklari. Tarixiy yozma manbalar Eron va O‘rta Osiyoning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlar eroniyzabon xalqlardan boshqa yunon, lotin, armen, suriya, xitoy, qadimgi hind qadimgi turk va arab yozma manbalarida uchraydi. O‘rta eroniy til davrining yozma yodgorliklari O‘rta eroniy til davri yodgorliklarining yozuv turi xilma xildir. U davrda uch yozuv turidan foydalanishgan: oromiy alifbosi asosidagi yozuv; hind alifbosi asosidagi yozuv; yunon alifbosi asosidagi yozuv. Bu davrning aksariyat yodgorliklari oromiy yozuvi asosidagi alifboda yozilgan. Oromiy yozuvi va oromiy tili Ahamoniylar sulolasi davrida devonxonalarda ham qo‘llanilgan. Bu sulolaning yemirilishi natijasida mixxat ham to‘la iste’moldan chiqdi. O‘sha davrda oromiy yozuvining variantlaridan Eron, O‘rta Osiyo, Baqtriya, Hindistonning shimoliy-g‘arbiy maydonlari, Zakavkaze (Armaniston, Gruziya) Kichik Osiyo va Misr hududlarida keng foydalanishgan. Ko‘pgina mamlakatlarda yerli xalq tillarini (parfyan, so‘g‘d, xorazm, qadimgi arman, qadimgi gruzin) aks ettirish uchun ham qo‘llanilgan. Albatta, bunda oromiy yozuvining asl nushasiga turli qo‘shimcha elementlar qo‘shilgan. Xatto toshga, tangaga yozilgan yozuvlarda xarflar ko‘rinishi ham turlicha bo‘lgan. Parfyanlar podshohligi davrida Avesto ham shu oromiy yozuvining biror variantida yozilganiga asos bor, lekin bu nusha yo‘qolib ketgan. Shu alifbo asosida Sosoniylar davrida keng rivoj topgan o‘rta fors yozuvi ham maydonga kelgan. O‘rta fors yozuvidan tosh, tanga idishlar va asosan, otashparastlarning diniy kitobi Avestoni va badiiy adabiyotini yozuvda aks ettirishda foydalanishgan. Bu yerda shuni alohida ta’kidlash kerakki o‘rta fors yozuvi va o‘rta fors tilini ko‘pkina sharq olimlari va ularga ergashgan g‘arb olimlari ham odatda pahlaviy yozuvi va pahlaviy tili deb noto‘g‘ri atashadi. Chunki pahlaviy so‘zi parfiyan so‘zidan kelib chiqqan (Qadimgi fors tilida pardava parfiya yo parfiyaviy – o‘rta fors tilida pahlav. Bundan nisbiy sifat yasalsa o‘rta fors tilida pahlavik pahlavir – pahlavi – hozirgi fors tilida pahlavi). Pahlaviy nomi ostida balkim parfyan tili va parfyan yozuvi tushunilgan bo‘lib, asta-sekin o‘rta fors tili va o‘rta fors yozuvi Eronda keng tarqalgandan so‘ng «pahlaviy» termini shu ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsa kerak. Arablar iste’losidan keyin o‘rta sharq olimlari, Firdavsiy, Ibn-al-Mukaffa, Istaxri, Ibn Xardak va boshqalar arab tiliga qarama-qarshi o‘laroq «pahlaviy» terminini qadimgi fors tili va qadimgi fors yozuvi o‘rnida qo‘llashgan. O‘rta asr qomuslarida «pahlaviy» terminiga turlicha talqinlar berilgan. Oromiy yozuvi asosidagi yozuvlar asta-sekin Amu-daryo va Zarafshon vohalariga ham tarqalgan. Buning asosida Xorazm va So‘g‘d yozuvlari ham yaratilganki, u arablarning bostirib kelgunga qadar iste’molda bo‘lgan. So‘g‘d tili «Buyuk ipak yo‘li»da asosiy ish tili bo‘lgani uchun So‘g‘d yozuvlari Mo‘g‘ulistongacha yetib borgan. Xatto uni sharqiy Turkistonda yashovchi uyg‘urlar ham qabul qilishgan. So‘g‘d yozuvlari yo‘nalishini o‘zgartirib, uni avval mo‘g‘ullar keyin manjurlar ham qabul qilishgan. Agar So‘g‘d yozuvi o‘ngdan chapga gorizantal yozilgan bo‘lsa, mo‘g‘ul va manjurlar vertikal holatda tepadan pastga yozishgan. Natijada, So‘g‘d yozuvi O‘rta yer dengizidan to Tinch okean qirg‘oqlarigacha yetib borgan. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling