O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Yopiq urug`li o`simliklar (Magnoliyatoifa) bo`limi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22. Ra`nodoshlar oilasi.
Yopiq urug`li o`simliklar (Magnoliyatoifa) bo`limi.
1. Yopiq urug`li o`simliklarda urug`kurtak qayerda yetishadi ? Urug`chining tugunchasi ichida tuguncha devori bilan o`ralgan holda. 2. Changlanish va urug`lanishdan so`ng ? Urug`kurtakdan urug`, tugunchadan meva. 3. Yopiq urug`lilarning urug`i qayerda yetishadi ? Meva ichida . 4. Yopiq urug`lilarga xos eng muhim belgilardan biri ? Qo`sh urug`lanish . 5. Nima uchun yopiq urug`li o`simliklar hukmronlik qila boshlagan ? Urug`ining yaxshi , sog`lom rivojlanishi, tez oson tarqalishi , o`sish xususiyatini tez yo`qotmasligi tufayli. 6. Yopiq urug`li o`simliklar qanday sinflarga bo`linadi ? Bir urug`pallali, ikki urug`pallali. 7. Gulqo`rg`oni murakkab gulkosachabarg va gultojbarglari halqada 4-5 tadan o`rnashgan o`simliklar qaysi? Ikki urug`pallali. 8. O`zbekiston hududida qancha yopiq urug`li o`simlik bor ? 4500 ga yaqin. 9. Bir urug`pallalilarning gulqo`rg`oni ? Oddiy, gultojbarglari halqada 3 tadan o`rnashgan. 22. Ra`nodoshlar oilasi. 1. Ra`nodoshlarning barglari ? Yonbargchali, oddiy, uchga bo`lingan panjasimon, patsimon murakkab ,poyada ketma-ket o`rnashgan. 2. Ra`nodoshlarning yer yuzida qancha turkum, turi bor ? Yer yuzida 120 turkum, 3000 tur, . 71 3. Ra`nodoshlarning gullari ? Yakka-yakka, barg qo`ltig`ida o`rnashgan shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to`pgulda joylashgan. 4. Ra`nodoshlarning O`zbekistonda qancha turkum turi bor ? Respublikamizda 35 turkum, 153 turi . 5. Ra`nodoshlarning guli qanday changlanadi ? Hashorotlar yordamida 6. Ra`nodoshlar oilasiga kiruvchi o`simliklarning gul tuzilishi ? Gul qo`rg`oni murakkab, ikki jinsli, to`g`ri ,5 a`zoli ,gultojbarglar 5 ta ,qo`shilmagan changchilari ko`p , urug`chisi 5 ta yoki undan ham ko`p. 7. Ra`nodoshlarning tugunchasi necha uyli ? 1-5 uyli. 8. Ra`nodoshlarning mevasi ? Quruq (yong`oqcha, to`pbargak) yoki ho`l (bir yoki ko`p danakli) meva. 9. Ra`nodoshlarning umumiy gul formulasi ? K (5) T 5 Ch~ U 1,5 ~. 10. Ra`nodoshlar oilasiga qaysi turkumlar kiradi ? Tobulg`i, olcha, na`matak, olma, olxo`ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon. 11. Namatak turkumiga xos, mansub turlar qayerlarda o`sadi ? Tog` va to`qaylarda. 12. Olma turkumining nechta turi bor ? 5 ta turi. 13. Bo`yi 3-4 metrga yetadigan poyasi ko`p tikanli sershox buta ? Na`matak. 14. O`zbekistonda karamdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekinlariga ? Karam, sholg`om, rediska, turp. 15. Olmaning gul formulasi ? GK 5 Gt 5 Ch~ U (5). 16. Na`matakning bargi ? Murakkab toq patsimon 5-9 yaproqchali. 17. Na`matakning gul formulasi ? Gk 5 Gt 5 Ch~ U~. 18. Shaftoli o`simligiga xos xususiyat ? Hayotiy shakli daraxt, shox- shabbasi yoyiq dastlab gul kurtaklaridan gul yozilib so`ngra barg kurtaklaridan barg chiqadi, oddiy bandli barg, bir urug`li, chin ho`l meva, urug`ida zaharli modda bor , ra`nodoshlar oilasiga kiradi, guli to`g`ri ,ikki jinsli. 19. O`rik o`simligiga xos xususiyatlar ? Hayotiy shakli daraxt ,shox- shabbasi yoyiq,70-100 yil yashaydi, o`q ildiz sistemasiga ega, kurtaklari mayda, gul hosil qiladigan kurtaklari barg hosil qiladigan kurtaklardan yirikroq , dastlab gul kurtagi ochiladi, yog`ochligi qattiq, bargi bandli, to`rsimon tomirlangan ,oddiy , yaxlit , navbat 72 bilan joylashgan, guli ikki jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi ,mevasi ho`l, chin, danakli , urug`ining mag`zida moy ko`p bo`ladi. 20. Olma o`simligiga xos xususiyatlar ? Hayotiy shakli daraxt; shox- shabbasi yoyiq, ikki urug`pallali o`q ildizli ,tanasining yuqori qismi qurib qolib pastidan yangidan o`sib chiqadi, kurtagi mayda ,bahor kelishi bilan barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadi, bargi bandli oddiy, yonbargchali to`rsimon tomirli, navbat bilan joylashgan gulqo`rg`oni murakkab ikki jinsli, gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilmagan, guli to`g`ri , to`pguli oddiy qalqonsimon, hasharotlar yordamida va o`z-o`zidan changlanadi, mevasi ho`l soxta, mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalanishgan, olma turkumining 2 tasi yovvoyi, 3 tasi madaniy. 21. Nok olmaga qaysi belgilari bilan o`xshaydi ? Gulli, mevalari bilan. 22. Iyun-iyul oylarida gullaydigan o`simlik ? Na`matak. 23. Na`matakning mevasiga xos xususiyat ? Soxta, to`q qizil, etdor, uzunchoq, tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm ichida juda ko`p qattiq urug`lari bor. 24. Tarkibida limon, olma kislotasi bo`lgan o`simlik ? Jag`-jag`. 25. Meva tarkibida darmondori, limon kislota, oshlovchi moddalari bo`lgan o`simlik ? Na`matak. 26. O`rik va yong`oqning o`xshashlik belgilari ? Hayotiy shakli daraxt ,yoyiq holda shoxlaydi, o`q ildizli, 70-100 yil yashaydi, yog`ochligi qattiq, bargi bandli, mevasidan oziq ovqat sifatida foydalaniladi, urug`ining mag`zida moy bor. 27. Ra`nodoshlar oilasiga mansub murakkab uchbargchali o`simlik ? Qulupnay. 28. Ra`nodoshlar oilasiga mansub toq patsimon bargli o`simlik ? Na`matak. 29. Ra`nodoshlar oilasidan qaysilarining gullari oddiy qalqonsimon? Olma, nok, gilos, olcha. 30. Tabobatda avitaminoz kasalligini davolashda ishlatiladigan o`simlik ? Na`matak. 31. O`zbekistonda na`matak turkumiga mansub qancha o`simlik o`sadi ? 13 tur. 32. Hozirgi vaqtda yer yuzida na`matakning qancha navi bor ? 10 mingga yaqin. 73 33. Olma turlarining qanchasi yovvoyi, qanchasi madaniy ? 2 tasi yovvoyi, 3 tasi madaniy. 34. Nokning olmadan farqi ? Mevasining etida tosh hujayralari borligi bilan 35. Nok turkumining qancha turi bor ? 7 ta. 36. Ra`nodoshlardan Qizil Kitob ga kiritilgani ? O`rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi. 37. Yovvoyi olma, nok, olcha nima uchun yangi navlar yaratish payvandtag qilish uchun muhim ahamiyarga ega ? Qurg`oqchilik, sovuq, zararkunandalarga chidamliligi tufayli. 38. Ra`nodoshlar oilasiga mansub madaniy o`simliklar ? Olcha, olma, olxo`ri, bodom, nok, shaftoli, gilos, qulupnay, malina. 39. Olma va o`rikning o`xshash belgilari ? Hayotiy shakli daraxt, yoyiq holda shoxlaydi, o`q ildizli ,kurtaklari mayda , barg bandli to`rsimon tomirlangan, oddiy poyada navbat bilan joylashgan, barglari yaxlit.gul ikki jinsli hasharotlar yordamida changlanadi, ho`l meva, mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. 40. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda na`matakning qancha navi bor ? 340 dan ortiq. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling