O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Yopiq urug`li o`simliklar (Magnoliyatoifa) bo`limi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

Yopiq urug`li o`simliklar (Magnoliyatoifa) bo`limi. 
1. Yopiq urug`li o`simliklarda urug`kurtak qayerda yetishadi ? 
Urug`chining tugunchasi ichida tuguncha devori bilan o`ralgan holda. 
2. Changlanish va urug`lanishdan so`ng ? Urug`kurtakdan urug`, 
tugunchadan meva. 
3. Yopiq urug`lilarning urug`i qayerda yetishadi ? Meva ichida . 
4. Yopiq urug`lilarga xos eng muhim belgilardan biri ? Qo`sh 
urug`lanish . 
5. Nima uchun yopiq urug`li o`simliklar hukmronlik qila boshlagan ? 
Urug`ining yaxshi , sog`lom rivojlanishi, tez oson tarqalishi , o`sish 
xususiyatini tez yo`qotmasligi tufayli. 
6. Yopiq urug`li o`simliklar qanday sinflarga bo`linadi ? Bir 
urug`pallali, ikki urug`pallali. 
7. Gulqo`rg`oni murakkab gulkosachabarg va gultojbarglari halqada 
4-5 tadan o`rnashgan o`simliklar qaysi? Ikki urug`pallali. 
8. O`zbekiston hududida qancha yopiq urug`li o`simlik bor ? 4500 ga 
yaqin. 
9. Bir urug`pallalilarning gulqo`rg`oni ? Oddiy, gultojbarglari halqada 
3 tadan o`rnashgan. 
22. Ra`nodoshlar oilasi. 
1. Ra`nodoshlarning barglari ? Yonbargchali, oddiy, uchga bo`lingan 
panjasimon, patsimon murakkab ,poyada ketma-ket o`rnashgan. 
2. Ra`nodoshlarning yer yuzida qancha turkum, turi bor ? Yer yuzida 
120 turkum, 3000 tur, . 


71 
3. Ra`nodoshlarning gullari ? Yakka-yakka, barg qo`ltig`ida 
o`rnashgan shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to`pgulda joylashgan. 
4. Ra`nodoshlarning O`zbekistonda qancha turkum turi bor ? 
Respublikamizda 35 turkum, 153 turi . 
5. Ra`nodoshlarning guli qanday changlanadi ? Hashorotlar 
yordamida 
6. Ra`nodoshlar oilasiga kiruvchi o`simliklarning gul tuzilishi ? Gul 
qo`rg`oni murakkab, ikki jinsli, to`g`ri ,5 a`zoli ,gultojbarglar 5 ta 
,qo`shilmagan changchilari ko`p , urug`chisi 5 ta yoki undan ham 
ko`p. 
7. Ra`nodoshlarning tugunchasi necha uyli ? 1-5 uyli. 
8. Ra`nodoshlarning mevasi ? Quruq (yong`oqcha, to`pbargak) yoki 
ho`l (bir yoki ko`p danakli) meva. 
9. Ra`nodoshlarning umumiy gul formulasi ? K
(5)
T
5
Ch~ U
1,5 ~.
10. Ra`nodoshlar oilasiga qaysi turkumlar kiradi ? Tobulg`i, olcha, 
na`matak, olma, olxo`ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, 
qulupnay, maymunjon. 
11. Namatak turkumiga xos, mansub turlar qayerlarda o`sadi ? Tog` 
va to`qaylarda. 
12. Olma turkumining nechta turi bor ? 5 ta turi. 
13. Bo`yi 3-4 metrga yetadigan poyasi ko`p tikanli sershox buta ? 
Na`matak. 
14. O`zbekistonda karamdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekinlariga 
? Karam, sholg`om, rediska, turp. 
15. Olmaning gul formulasi ? GK
5
Gt
5
Ch~ U
(5).
16. Na`matakning bargi ? Murakkab toq patsimon 5-9 yaproqchali. 
17. Na`matakning gul formulasi ? Gk
5
Gt
5
Ch~ U~. 
18. Shaftoli o`simligiga xos xususiyat ? Hayotiy shakli daraxt, shox-
shabbasi yoyiq dastlab gul kurtaklaridan gul yozilib so`ngra barg 
kurtaklaridan barg chiqadi, oddiy bandli barg, bir urug`li, chin ho`l 
meva, urug`ida zaharli modda bor , ra`nodoshlar oilasiga kiradi, guli 
to`g`ri ,ikki jinsli. 
19. O`rik o`simligiga xos xususiyatlar ? Hayotiy shakli daraxt ,shox-
shabbasi yoyiq,70-100 yil yashaydi, o`q ildiz sistemasiga ega, 
kurtaklari mayda, gul hosil qiladigan kurtaklari barg hosil qiladigan 
kurtaklardan yirikroq , dastlab gul kurtagi ochiladi, yog`ochligi 
qattiq, bargi bandli, to`rsimon tomirlangan ,oddiy , yaxlit , navbat 


72 
bilan joylashgan, guli ikki jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi 
,mevasi ho`l, chin, danakli , urug`ining mag`zida moy ko`p bo`ladi. 
20. Olma o`simligiga xos xususiyatlar ? Hayotiy shakli daraxt; shox-
shabbasi yoyiq, ikki urug`pallali o`q ildizli ,tanasining yuqori qismi 
qurib qolib pastidan yangidan o`sib chiqadi, kurtagi mayda ,bahor 
kelishi bilan barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadi, 
bargi bandli oddiy, yonbargchali to`rsimon tomirli, navbat bilan 
joylashgan gulqo`rg`oni murakkab ikki jinsli, gulqo`rg`on bo`laklari 
qo`shilmagan, guli to`g`ri , to`pguli oddiy qalqonsimon, hasharotlar 
yordamida va o`z-o`zidan changlanadi, mevasi ho`l soxta, mevasidan 
oziq-ovqat sifatida foydalanishgan, olma turkumining 2 tasi yovvoyi, 
3 tasi madaniy. 
21. Nok olmaga qaysi belgilari bilan o`xshaydi ? Gulli, mevalari bilan. 
22. Iyun-iyul oylarida gullaydigan o`simlik ? Na`matak. 
23. Na`matakning mevasiga xos xususiyat ? Soxta, to`q qizil, etdor, 
uzunchoq, tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm ichida juda ko`p qattiq 
urug`lari bor. 
24. Tarkibida limon, olma kislotasi bo`lgan o`simlik ? Jag`-jag`. 
25. Meva tarkibida darmondori, limon kislota, oshlovchi moddalari 
bo`lgan o`simlik ? Na`matak. 
26. O`rik va yong`oqning o`xshashlik belgilari ? Hayotiy shakli 
daraxt ,yoyiq holda shoxlaydi, o`q ildizli, 70-100 yil yashaydi, 
yog`ochligi qattiq, bargi bandli, mevasidan oziq ovqat sifatida 
foydalaniladi, urug`ining mag`zida moy bor. 
27. Ra`nodoshlar oilasiga mansub murakkab uchbargchali o`simlik ? 
Qulupnay. 
28. Ra`nodoshlar oilasiga mansub toq patsimon bargli o`simlik ? 
Na`matak. 
29. Ra`nodoshlar oilasidan qaysilarining gullari oddiy qalqonsimon? 
Olma, nok, gilos, olcha. 
30. Tabobatda avitaminoz kasalligini davolashda ishlatiladigan 
o`simlik ? Na`matak. 
31. O`zbekistonda na`matak turkumiga mansub qancha o`simlik 
o`sadi ? 13 tur. 
32. Hozirgi vaqtda yer yuzida na`matakning qancha navi bor ? 10 
mingga yaqin. 


73 
33. Olma turlarining qanchasi yovvoyi, qanchasi madaniy ? 2 tasi 
yovvoyi, 3 tasi madaniy. 
34. Nokning olmadan farqi ? Mevasining etida tosh hujayralari 
borligi bilan 
35. Nok turkumining qancha turi bor ? 7 ta. 
36. Ra`nodoshlardan Qizil Kitob ga kiritilgani ? O`rta Osiyo noki, 
Olga sorbariyasi. 
37. Yovvoyi olma, nok, olcha nima uchun yangi navlar yaratish 
payvandtag qilish uchun muhim ahamiyarga ega ? Qurg`oqchilik, 
sovuq, zararkunandalarga chidamliligi tufayli. 
38. Ra`nodoshlar oilasiga mansub madaniy o`simliklar ? Olcha, olma, 
olxo`ri, bodom, nok, shaftoli, gilos, qulupnay, malina. 
39. Olma va o`rikning o`xshash belgilari ? Hayotiy shakli daraxt, 
yoyiq holda shoxlaydi, o`q ildizli ,kurtaklari mayda , barg bandli 
to`rsimon tomirlangan, oddiy poyada navbat bilan joylashgan, barglari 
yaxlit.gul ikki jinsli hasharotlar yordamida changlanadi, ho`l meva, 
mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. 
40. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda na`matakning qancha navi bor ?
340 dan ortiq. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling