O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


 Qirqquloqlar ( Qirqquloqtoifa) bo`limi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

20. Qirqquloqlar ( Qirqquloqtoifa) bo`limi.
1. Yer yuzida 10000 ga yaqin turi tarqalgan o`simliklar ? 
Qirqquloqlar. 
2. O`rta Osiyoda qirqquloqdoshlar oilasiga mansub nechta tur o`sadi ? 
32. 
3. Suv qirqqulog`ining sporalari qaysi oylarda hosil bo`ladi ? Avgust, 
sentabr. 
4. Suv qirqqulog`ining barglari ? Barglar 3 ta dan bo`lib joylashgan, 
ulardan 2 tasi yashil poyani ikki tomonida, uchinchisi suv ichida 
osilib turadi. 
5. Qaysi o`simliklar yer betiga bir to`p patsimon qirqilgan uzun 
barglari bilan o`sib chiqadi ? Qirqquloqlar. 


67 
6. Suv qirqqulog`i sporali mevasi qayerda o`rnashgan, nechta ? 
Suvdagi bargning asosida, 4-8 ta. 
7. Qaysi o`simliklarning tropik subtropik mintaqalarda daraxtsimon 
vakillari uchraydi ? Qirqquloqlarning. 
8. Suv qirqqulog`ining o`ziga xos belgilari ? Suv yuzida suzib 
yuradigan ildizsiz mayda o`simlik, barglari poyada 3 tadan bo`lib 
joylashgan, barglarining 2 tasi yashil poyaning ikki tomonida 
o`rnashgan yassi ,uchinchi bargi suv ichiga osilib turadi, mayda 
ipsimon bo`laklarga ajralgan. 
9. Yosh barglarining uchi o`ralgan bo`lib barg o`sgan sari yozila 
boradigan o`simliklar ? Qirqquloqlar. 
10. O`zbekistonda qirqquloqlarning qancha turkumi bor ? 10 ta. 
11. Qirqquloqlar qirqbo`g`imlarga o`xshaydi ? O`sishi jihatidan. 
12. Qirqquloqlarning qirqbo`g`imlardan farqi ? Bargining yirikligi
spora beruvchi boshoqlarning bo`lmasligi. 
13. Qirqquloqlarning sporalari qayerda yetishadi ? Barglarning ostki 
tomonida yoki chetida joylashgan qo`ng`ir rangli bo`rtmalar ichida 
joylashgan sporangiylarda. 
14. Qirqquloqlarning ko`payishi qaysi o`simliklarga o`xshaydi ? 
Qirqbo`g`imlarga. 
15. Soruslardagi sporangiylar ichida yetilgan sporalar qachon 
tashqariga chiqadi va qanday tarqaladi ? Sporangiy po`sti yorilganda 
tashqariga chiqadi, shamol , suv yordamida tarqaladi. 
16. Qirqquloqlarning nam tuproqqa tushgan sporasidan o`sib chiqadi ? 
Gametafit. 
17. Qirqquloqning gametafitiga xos xususiyat ? Bo`yi 1 sm, yashil, 
yupqa, yuraksimon, ikki jinsli, rizoidlari bilan tuproqqa yopishib 
turadi. 
18. Qirqquloqlarning vegetativ ko`payishi qanday sodir bo`ladi ? Ildiz 
poyasidagi kurtaklar orqali. 
19. O`zbekistonda qirqquloqlar asosan qayerda o`sadi ? Tog`lardagi 
o`rmonlarda, qoyalar soyasida, g`orlar ichidagi sernam tuproqlarda. 
20. Zuxrasoch qayerlarda o`sadi ? Tog`larda, qoyalarning yoriqlarida, 
soya joylarda, buloqlar bo`yida. 
21. O`zbekistonning ko`pchilik viloyatlaridagi suvlarda o`sadigan 
qirqquloqlar ? Suv qirqqulog`i. 
22. Suv qirqqulog`ining zuxrasoch qirqqulog`idan farqi ? Sporali 
mevasidan har xil sporalar hosil bo`ladi. 


68 
23. Zuxrasochning o`ziga xos belgisi ? Ildizpoyali ko`p yillik o`t,
bargi nashtarsimon, uzunligi 10-40, bargi 2-3 karra patsimon, barg 
bo`laklari qisqa bandli, bargining pastki tomonida soruslar joylashgan,
sporalari iyun, avgust oylarida hosil bo`ladi . 
24. O`zbekistonda qirqquloqlarning qancha turi bor ? 15 . 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling