O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

17. Suvo`tlar bo`limi . 
1. Tallom qanday o`simliklarga xos ? Suvo`tlarga. 
2. Tuban o`simliklarga kiradi ? Suvo`tlar. 
3. Qaysi o`simliklar tanasi tallom deyiladi ? Ko`p hujayrali tuban 
o`simliklarning . 
4. Suvo`tlarni fanga ma`lum bo`lgan turlari qancha ? 30000. 
5. Suvo`tlarni qaysi fan o`rganadi ? Algologiya. 
6. Yashil suvo`tlarida fotosintez jarayonini bajaruvchi organoidni 
belgilang ? Xromatofor. 
7. Faqat yashil suvo`tlar hujayrasida uchraydigan organoidni toping ? 
Xromatofor. 
8. Suvo`tlarning jinsiy a`zolari qanday hujayradan tashkil topgan ? 
Bitta hujayradan. 


61 
9. Qaysi bir hujayrali suvo`tning tarkibida oqsil, moy, kraxmal, 
vitamin ko`p bo`ladi ? Xlorella. 
10. Tuban o`simliklarning o`ziga xos xususiyati ? Tanasi ildiz poya 
bargga bo`linmagan, erkaklik jinsiy a`zosi bir hujayrali, to`qima 
uchramaydi. 
11. Suvo`tlar … suvdan tashqari qayerlarda uchraydi ? Zax 
tuproqlarda, sernam sharoitda , o`suvchi daraxtlar poyasida, 
to`nkalarda, daryo yoqasidagi toshlar ustida . 
12. Xlorella qaysi oilaga mansub ? Xlorelladoshlar. 
13. Xlorella po`sti orqali nimalarni shimib oladi ? Suvni, CO

mineral 
tuzlarni 
14. Xlorella qanday ko`payadi ? Jinssiz. 
15. O`rta Osiyoda 5 ta turi mavjud bo`lgan suvo`ti ? Xlorella. 
16. Xlorella avlodi bir oy ichida ko`payib qanchaga yetishi mumkin 
? Bir necha millionga. 
17. Xlorella qachon sporaga aylanadi ? Kuzda. 
18. Xlorellaning qancha turi bor ? 40 ta. 
19. Tuban o`simliklar yuksak o`simliklardan qanday farq qiladi ? 
Yuksak o`simliklarning tanasi barg, ildiz ,poyaga bo`lingan jinsiy 
hujayralar ko`p hujayrali. 
20. Xlorella qanday tuzilishga ega ? Qobiq, sitoplazma, mag`iz, 
xromotafor. 
21. Iflos azotli birikmalarga boy suv havzalarida qaysi suvo`ti 
uchraydi ? Xlamidomonada. 
22. Xlorella ichidagi borliq nechta bo`lakka bo`linadi ? 4 yoki 8 ta. 
23. Xlamidomonada hujayrasining shakli ? Noksimon . 
24. Qaysi suvo`ti har xil dorilar tarkibiga qo`shiladi ? Xlorella. 
25. Hujayrasida ikkita vakuolasi bo`lgan suvo`tini belgilang ? 
Xlamidomonada. 
26. Xlamidomonadaning ko`zchasi nima deb ataladi, uning rangi 
qanday ? Stigma, qizil. 
27. Ko`p hujayrali yashil suvo`tlarga ? Ulotriks, spirogira, kladafora, 
xara. 
28. Ko`p hujayrali suvo`tlarga xos belgi nimadan iborat ? 
Tallomlarning doimo o`sib kattalashib borishi. 
29. Belbog`li ulotriks qaysi suvlarda uchraydi ? Daryo, soylarda. 
30. Ulotriks nimaga yopishib o`sadi ? Toshlar, yog`ochlarga. 


62 
31. Ulotriks ipchasi qanday hujayralardan iborat ? Zanjirsimon 
tuzilgan bir xil hujayralardan tashkil topgan shoxlamaydi. 
32. Ulotriks suv tagidagi narsaga nimasi bilan birikadi ? Rizoid. 
33. Chuchuk suvda yashaydi ko`p hujayrali xromotofori belbog`simon 
ko`rinishda bo`lgan suvo`ti ? Ulotriks. 
34. Zoosporalar hosil qiladigan suvo`tlar ? Ulotriks, xlamidomonada. 
35. Xromatofori spiralsimon tuzilishga ega bo`lgan suvo`ti ?
Spirogira. 
36. Ulotriks jinssiz ko`payganda ona hujayra ichidagi borliq nechta 
bo`lakka bo`linadi ? 16-32 hujayrachalarga. 
38. Jinssiz ko`payganda hosil bo`lgan hujayralar ? Zoosporalar. 
39. Ulotriksni zoosporalar harakatdan to`xtab suv tagidagi narsalarga 
yopishib ko`ndalangiga ikkiga bo`linadi, pastki qismida va ustki 
qismidan hosil bo`ladigan hujayralar ? Pastki qismidan rizoid, ustki 
qismi vegetativ hujayra. 
40. Ulotriks gametalarining zoosporadan farqi ? Gametalar 2 
xivchinli, zoosporalar 4 xivchinli. 
41. Ulotriksning zigotasi tinim davri o`tagandan so`ng nechta ulotriks 
hosil bo`ladi ? 4 ta . 
42. Ulotriksning nechta turi bor ? 25 ta . 
43. Hovuzlarda, zovurlarda , sekin oqadigan suvlarda ko`p 
uchraydigan suvo`ti ? Spirogira. 
44.Yadrosi sitoplazmadan chiqqan iplarga osilgan holda turadigan 
suvo`ti ? Spirogira . 
45. Qaysi suvo`ti iplari shoxlanmagan yirik silindrsimon 
hujayralardan tuzilgan ? Spirogira . 
46. Spirogiralarning nechta turi ma`lum ? 340. 
47. Daryo, ko`l, suv omborlarida suvo`tlardan qaysi turi uchraydi ? 
Kladofora. 
48. Xara qayerlarda o`sadi ? Ariq, hovuz, ko`l, sholipoyalarda. 
49. Plankton holda o`suvchi suvo`ti ? Spirogira. 
50. Sug`orish tarmoqlarini bosib ketib, suvning oqishiga to`sqinlik 
qiladigan suvo`ti ? Xara . 
51. Bo`yi 1 metrga yetadigan suvo`ti ? Kladofora. 
52. Bo`yi 30-60 sm ga yetadigan suvo`t ? Xara. 
53. Ulotriksning zigotasiga xos xususiyat ? Qalin po`st bilan 
qoplanadi, tinim davri tugagach bo`linadi, 4 ta hujayraning hammasi 
o`sib ulotriksning ipiga aylanadi. 


63 
54. Ulotriks qachon spora hosil qiladi ? Noqulay sharoit vujudga 
kelganda, suv havzasi qurib qolganda, qish kelib suv soviganda. 
55. O`zbekistonda suvo`tlarni o`rganishda xizmatlari katta bo`lgan 
olim ? A. M. Muzaffarov. 
56. Dengiz suvo`tlariga qaysi suvo`tlar kiradi ? Nemalion, ulva, 
laminariya. 
57. Dengiz suvo`tlarining bo`yi ? Bir necha sm dan 60-70 metrgacha 
boradi. 
58. Rizoidli suvo`tlarga qaysilari kiradi ? Ulotriks, xara, kladofora, 
laminariya . 
59. Karotin ? Sariq . 
60. Ksantofil ? Zarg`aldoq. 
61. Laminariya qanday ko`payadi ? Jinssiz va jinsiy. 
62. Dengiz suvo`tlarida qaysi element bor ? Yod, brom 
63. Dengiz suvo`tlarining 1 kg kulidan qancha miqdorda toza yod 
olish mumkin ? 5-20 g . 
64. Agar-agar qaysi suvo`tidan olinadi ? Qizil. 
65. Dengiz suvo`tilarining boshqa suvo`tlardan farqi ? Karotin, 
ksantofil, qizil qo`ng`ir pigmentlar bo`lishi . 
66. Laminariyaning bo`yi ? 2-6 - 12 m. 
67. Laminariyaning eni ? 10-75 sm. 
68. Laminariyaning rizoidi ? Novsimon , kalta silindrsimon. 
69. Qaysi suvo`tidan turli xil ovqatlar konservalar shirin mahsulotlar 
tayyolanadi ? Laminariyadan. 
70. Nemalion ulva qaysi mamlakatlarda o`sadi ? Quriya, Xitoy, 
Yaponiyada. 
71. Nemalion ulva tarkibida qaysi moddalar ko`p ? Oqsil, uglevod, 
vitamin. 
73. Nemalion ulva tarkibida qaysi moddalar kam ? Moy. 
74. Dengiz suvo`tlari qaysi mamlakatlarda uy hayvonlariga beriladi ?
Norvegiya, Islandiya, Shotlandiya, Irlandiya, Angliya. 
75. Sanoatda agar-agardan nima tayyorlanadi ? Marmelad, 
muzqaymoq. 
76. Labaratoriyalarda bakteriyalar, zamburug`lar o`stirish uchun oziq 
sifatida qo`llaniladi ? Agar-agar. 
77. Laminariyaning ikkinchi nomi ? Dengiz karami. 
78. Laminariya dengiz karami deyilishiga sabab ? Tarkibida 
darmondorilar , shakar, oziqbob moddalar to`planadi. 


64 
79. Laminariya Yapon dengizining qaysi qismida keng tarqalgan ? 
Shimoliy qismida. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling