O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

13. Meva va urug`lar. 
1. Meva hosil bo`lishida tugunchadan tashqari gulning qaysi qismi 
ishtirok etadi ? Gulqo`rg`on, gulo`rin. 
2. Mevalar hosil bo`lishiga qarab ? Ikki xil chin(haqiqiy) , soxta. 
3. Haqiqiy meva gulning qaysi qismidan hosil bo`ladi ? Urug`chi 
tugunchasidan. 
4. O`rik, gilos, olcha, olxo`ri qanday meva ? Chin. 
5. Qayrag`och, zarang, shumtol qanday meva ? Soxta qanotchali. 


47 
6. Qovoq, qovun, namatak, saksovul qanday meva ? Soxta. 
7. Tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ishtirokida hosil 
bo`1gan meva ? Soxta. 
8. Mevaning vazifasi nimadan iborat ? Urug`ning tarqalishiga yordam 
berish, urug` pishib yetilguncha uni tashqi ta`sirdan himoya qilish. 
9. Olma, nok, behi, qulupnay qanday meva ? Soxta. 
10. Meva asosan nechta qismdan iborat ? Uchta; ustki qism-po`st,
oraliq qism-meva eti, ichki qism mag`iz. 
11. Mevaning tuzilishiga ko`ra xillari ? Ho`l va quruq. 
12. Zarang, qayrag`och, shumtolning mevasi ? Qanotchali. 
13. Mevalarning oraliq qismi seret qalin bo`lsa ? Ho`l meva. 
14. Mevaning oraliq qismi yupqa etsiz, quruq bo`lsa bunday mevalar ? 
Quruq meva. 
15. Ho`l mevaning xillari ? Rezavor, qovoq, urug`li, danakli. 
16. Qo`ng`irbosh mevasining uzunligi, og`irligi ? Uzunligi 0,5 mm, 
og`irligi 0,1-0,2 mg . 
17. Ko`sak va rezavor mevalar qaysi oilalar uchun xarakterli ? 
Loladoshlar, ituzumdoshlar. 
18. Noyob mevali o`simliklar ? Yong`oq, pista, bodom safsan. 
19. Chuchmoma o`simligining mevasi ? Ko`sak. 
20. Akatsiya, tangao`t, zirako`t o`simliklari uchun xarakterli meva ? 
Dukkak. 
21. Lavlagi mevasi ? Yong`oqcha. 
22. Qaysi o`simlik mevasi tarkibida oshlovchi modda bor ? Namatak. 
23. Mevasidan dori-darmon sifatida foydalaniladigan o`simliklar ? 
Marmarak, namatak, qoraqat. 
24. Mevasi rezavor hisoblangan o`simliklar ? Qulupnay, ituzum, 
pomidor, kartoshka, uzum. 
25. Qaysi mevaning eti rezavor mevalarnikiga qaraganda qalin, usti 
qattiq po`st bilan o`ralgan ? Qovoq mevalar. 
26. Ho`l mevalar orasida juda ko`p bo`lgani ? Rezavor. 
27. Rezavor mevalarga misol ? Pomidor, qoraqat, ituzum, kartoshka, 
qulupnay. 
28. Rezavor mevalar orasida C darmondorisi bor meva ? Pomidor, 
ituzum. 
29. Rezavor mevalar orasida zaharlisi, istemol qilishga yaroqsizi ? 
Kartoshka. 


48 
30. Qattiq danagi, sersuv eti, hamda shu danak ichida joylashgan 
bittadan mag`izi bilan ajralib turadigan ho`l mevalar ? Danakli. 
31. Po`sti yupqa oraliq qismi sersuv meva ? Rezavor. 
32. Qovoq mevali o`simliklar guruhiga ? Qovoq, tarvuz, qovun, 
handalak, tomoshoqovoq, bodring. 
33. Qaysi mevalar inson salomatligi uchun zarur bo`lgan foydali 
moddalarga va darmondorilarga boy bo`ladi ? Danakli. 
34. O`simlikning o`sishi va rivojlanishi uchun nihoyatda zarur ? 
Tuproq, suv, yorug`lik, harorat, kislorod. 
35. Quruq mevalar bo`linadi ? Chatnaydigan, chatnamaydigan. 
36. Chatnamaydigan quruq mevali o`simliklarga ? Bug`doy, arpa, suli, 
makkajo`xori, sholi. 
37. Danak mevalar orasida shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi 
? O`rik. 
38. Bir nechta mevabargdan tashkil topgan urug`i pishgandan keyin 
chokidan ochiladigan meva ? Ko`sak. 
39. Quruq mevali o`simliklar ? Yong`oq, pista, bodom. 
40. Chatnaydigan quruq mevalar ? Ko`sak, dukkak, qo`zoq-
qo`zoqcha, qanotchali. 
41. Kungaboqarning mevasi ? Pista. 
42. Chetlari bir-biriga qo`shilib ketgan meva bargchalardan iborat, 
meva yetilgan vaqtda ikki pallaga ajraladi, pallalar orasida to`siq 
bo`lmaydigan meva? Dukkak. 
43. Ko`sak mevali o`simliklarga ? Boychechak, g`o`za, 
lola,bangidevona, chuchmoma. 
44. Dukkak mevali o`simliklarga ? No`xat, mosh, loviya, burchoq, oq 
akatsiya. 
45. Qo`zoq mevaning tuzilishidagi xususiyayt ? Bo`yi enidan uch 
marta va undan ham uzun. 
46. Qo`zoqcha mevaning tuzilishidagi xususiyat? Bo`yi eni bilan bir 
xil yok ikki marta uzun. 
47. Qaysi o`simliklarning mevasi dukkakka o`xshasada, lekin orasida 
to`sig`i borligi bilan farq qiladi ? Karam, rediska, turp, qurttana. 
48. G`o`za qanday mevali o`simlik ? Chatnaydigan ko`sak. 
49. Dukkak meva qo`zoq mevadan qanday farq qiladi ? Pallalari 
orasida to`siq bo`lmasligi. 


49 
50. Qaysi o`simlikning urug`chi tuplari mevasi pishgan vaqtda paxta 
bilan o`ralgandek tuyuladi va uchib yuradi ? Terak, tol, qoqio`t, 
qo`g`a. 
51. Ayrim manzarali daraxtlarning mevasi qanday bo`ladi ? 
Qanotchali. 
52. Qo`zoq-qo`zoqcha mevali o`simliklar ? Karam, qurttana, rediska, 
turp. 
53. Boshoqli o`simliklarning mevasi qaysi mevaga kiradi ? Quruq don 
mevaga bir urug`li .
54. Allergiya kasalligiga duchor qiladigan o`simlik ? Terak. 
55. Terak qaysi qalamchasidan ko`paytiriladi ? Changchilik. 
56. Mevalar birinchi navbatda o`simliklarning ? Ko`payishi, tarqalishi, 
nasl qoldirishi uchun zarur. 
57. Mevalar tabiatda qanday ahamiyatga ega ? Tuproq hosil o`lishida, 
tirik mavjudotlar uchun ozuqa, o`simliklarning tarqalishiga . 
58. Mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o`simliklar ?
Olma, yong`oq, o`rik, uzum, bug`doy, mosh, loviya, tariq, qo`noq, 
no`xat. 
59. Zaytunning qaysi qismidan moy olinadi ? Mag`zidan. 
60. O`zbekistonda eng ko`p tarqalgan ziravorlarga ? Zira, alqor, 
kashnich, sedana, murch. 
61. Iqlimi issiq mamlakatlarda o`sadigan o`simliklar ? Qovun daraxti, 
non daraxti, banan, kokos palmasi 
62. Mevasidan zeb-ziynat buyumlarni tayyorlashda foydalaniladi ?
Yersovun, tasbehmunchoq, qalampirmunchoq. 
63. Dukkagi bir urug`li , tuxumsimon, uzunligi 1,5-2 mm bo`lgan 
o`simlik ? Sebarga,
64. O`simliklar urug`pallasiga qarab ? Bir va ikki urug`pallali 
o`simliklarga bo`linadi. 
65. Urug` o`simlikning qanday organi ? Murtak, urug`palla, po`stdan 
iborat ko`payish. 
66. G`o`za urug`ining tuzilishi ? Tola, yog`ochsimon qobiq, oq po`st, 
urug`palla, murtak, ( ildizcha, poyacha, ikkita kichik bargcha). 
67. Loviyaning urug`i dukkak pallasiga qaysi qismi orqali birikadi ? 
Chok. 
68. Loviya urug`ining tuzilishi ? Silliq po`st, urug` palla, murtak 
ildizcha poyacha ikkita bargcha. 


50 
69. Bug`doy donini tuzilishi ? Tashqi po`st (meva po`sti) ichki po`st 
(urug`po`sti) endosperm, murtak. 
70. Qaysi o`simliklar yer yuziga ikkita urug`palla barg bilan chiqadi ?
Ikki urug`pallali. 
71. O`zbekistonda ikki urug`pallali o`simliklar orasida eng keng 
tarqalgani ? G`o`za. 
72. Qaysi o`simliklar yer yuzida bitta urug`palla bargi bilan unib 
chiqadi ? Bir urug`pallali. 
73. Yer yuzida eng ko`p tarqalgan bir urug`pallali o`simliklardan biri 
? Bug`doy. 
74. Bug`doy murtagining qismlari ? Boshlang`ich ildizcha, poyacha, 
kurtakch. 
75. Bug`doy murtakni, endospermadan ajratib turadi ? Bitta 
urug`pallasi.
76. Bug`doy urug`ining aksariyat qismi ? Endosperma. 
77. Endosperma qanday hujayralar to`plamidan iborat ? Oziq 
moddalar to`plamini tashkil etuvchi hujayralardan iborat. 
78. Chigit po`sti, loviya urug`i po`stidan nimasi bilan farq qiladi ? 
G`o`zaning chigiti yog`ochsimon po`st, loviyaniki yaltiroq silliq po`st 
bo`lishi bilan. 
79. Suli urug`ining asosiy qismini nima tashkil etadi ? Endosperma. 
80. Arpa urug`ining murtagi qanday qismlardan tuzilgan ? 
Urug`po`sti, bitta urug`palla, ildizcha, poyacha, kurtakcha. 
81. Qaysi o`simliklarning urug`i tarkibida zaharli moddalar bo`ladi ?
Mastak, achchiq bodom, shaftoli, kampircho`pon. 
82. Urug`da kraxmal ko`p bo`lgan o`simliklar ? Bug`doy, 
makkajo`xori, sholi, arpa, oqjo`xori. 
83. Urug` tarkibida kraxmal borligini qaysi modda yordamida 
aniqlash mumkin ? Yod. 
84. Urug`tarkibida oqsil moddasi ko`p bo`lgan o`simliklar ? Loviya, 
mosh, no`xat. 
85. Urug`da yog` miqdori ko`p bo`lgan o`simliklar ? Kungaboqar
g`o`za, yong`oq, soya, maxsar. 
86. Urug`i tarkibida efir moylari bo`lgan o`simliklar ? Zira, shivit. 
87. Urug` tarkibidagi organik moddalarga ? Kraxmal, oqsil , moylar. 
88. Agar urug`ni qizdirish davom ettirilsa ? Tutay boshlaydi, kuygan 
hid tarqaladi, urug` qorayib ketadi. 
89. Urug`lar nafas olganda ? O
2
yutib, CO
2
H
2
O issiqlik ajratadi. 


51 
90. Qaysi urug`lar o`sish xususiyatini bir yildan ortiqroq saqlaydi ? 
Saksovul, chayir, izen. 
91. Bug`doyni ekish chuqurligi unib chiqish uchun zarur harorat ? 
Chuqurligi 3-4 sm, gradusi 3
0.
92. Har bir urug`ning unib chiqishi uchun birinchi navbatda ? Tinim 
davrini o`tishi zarur. 
93. Urug`ning p o`sti nima ta`sirida yoriladi ? Bosim kuchi ostida. 
94. Sabzi ekish chuqurligi, unib chiqishi uchun zarur harorat ? 0,5-2 
sm chuqurlikda 5
0
gradus . 
95. Turpni ekish chuqurligi ? 2-3 sm. 
96. Qanday urug`lar chuqurroq ekiladi ? Yirik urug`lar maydalariga 
qaraganda chuqurroq ekiladi. 
97. Qanday tuproqda urug`lar yuzaroq ekiladi ? Zich tuproqda. 
98. Zich tuproqda urug`larni yuzaroq ekishga sabab ? O
2
kam bo`ladi. 
99. Urug`ning unib chiqishi uchun qanday sharoitlar zarur ? Suv, havo 
issiqlik. 
100. O`simta o`sishi va rivojlanishi uchun oziq moddalarni qayerdan 
oladi ? Urug`palla endospermdan . 
101. Qaysi o`simliklarning danagi kuzda ekiladi ? O`rik, shaftoli, 
bodom. 
102. Nish ? Urug`dan endigina o`sib chiqqan kalta nozik o`simta. 
103. Nish o`sishi uchun oziq moddalarni qayerdan oladi ? Urug`palla 
endospermadan. 
104. Nish o`sib asta sekin ? Maysaga aylanadi. 
105. Maysalar oziqlanadi ? Fotosintez jarayonida hosil bo`lgan 
moddalar hisobiga. 
106. Meva urug`larning tarqalishiga moslanishi ? O`simliklarning eng 
muhim biologik xususiyatlaridan biri. 
107. Saksovulning ildizi o`ziga namlik izlab qaysi qatlamni teshib 
o`tadi ? 0,5-1 m li gips qatlamlarini. 
108. Seyshel palmasining og`irligi ? 25 kg. 
109. Meva urug`larini o`z kuchi bilan tarqatadigan o`simliklarga ? 
Avtoxor o`simliklar. 
110. Avtoxor o`simliklarga ? Xina, burchoq, o`qotar, yorongul. 
111. Yozning eng issiq paytlarida barglarini to`kib , salqin tushishi 
bilan yana barg chiqaradigan o`simlik ? Shuvoq, boyalish. 


52 
112. Nilufar, g`umay, kurmak, machin, qo`ypechak, zarpechak, 
zubturum, qurttana kabi o`simliklarning mevasi qanday tarqaladi ? 
Suv. 
113. G`o`zaning qaysi qismidan moy olinadi ? Chigitidan. 
114. Kungaboqarning qaysi qismidan moy olinadi ? Pistasidan. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling