O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

O`simliklar sistematikasi. 
14. Bakteriyalar bo`limi… 
1. O`simliklarning yer sharida qancha turi bor ? 500 ming . 
2. O`simliklar qaysi belgilariga qarab sistematik birliklarga bo`linadi ? 
Kelib chiqishi, o`xshashkil darajasi, tarixiy rivojlanishiga qarab. 
3. O`simliklar turlardan tashkil topgan sistematik birlik ? Turkum. 
4. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo`lib kim kiritgan ? K. 
Linney. 
5. Sarimsoq piyoz , anzurpiyozdagi sarimsoq va anzur so`zlari qaysi 
sistematik birlikka tegishli ? Turga. 
6. Bir-biriga yaqin turkumlar qo`shilib ? Oilani. 
7. Bodom, olma, o`rik, namatak, do`lana turkumlari birlashib ? 
Ra`nodoshlar oilasini tashkil qiladi. 
8. Ayrim belgilari bilan bir-biriga juda o`xshagan va kelib chiqishi 
jihatidan yaqin bo`lgan oilalar birlashib ? Sinfni. 
9. Loladoshlar, bug`doydoshlar, chuchmomadoshlar oilalari birlashib 
? Bir urug`pallalilar sinfini hosil qiladi. 
10. O`simliklar qanday sistematik birliklarga bo`lingan ? Tur, turkum, 
oila, sinf, bo`lim, o`simliklar dunyosi . 
11. Mikroblarni mikroskop yordamida o`rgangan olim ? A. Levenguk 
12. Mikroblar orasida eng katta guruh? Bakteriyalar. 
13. Bakteriyalarni qancha kattalashtirilgan tasvirlari mavjud ? 2000-
20000. 
14. Bakteriyalarning tuzilishi, xilma-xilligi , faoliyati, ular vujudga 
keltiradigan turli-tuman o`zgarishlar bilan qaysi fani shug`ullanadi? 
Mikrobiologiya . 
15. Bakteriyalarning hujayrasi ? Yupqa qobiq, uning ichidagi yarim 
suyuq sitoplazma. 
16. Bakteriyalarni rangi nima uchun yashil emas ? Xlorofill 
donachalari bo`lmaganligi uchun. 


53 
17. Bakteriyalar hujayra shakliga qarab, asosan nechta guruhga 
bo`linadi ? Uch bukilgan, sharsimon, tayoqchasimon. 
18. Bakteriyalar qanday oziqlanadi ? Tayyor oganik moddalar 
hisobiga. 
19. Bakteriyalar qanday ko`payadi ? Ikkiga bo`linish bilan. 
20. Bakteriyalar qulay sharoitda necha daqiqada ? 20-30 . 
21. Bakteriyalar noqulay sharoitga tushib qolishi bilan ? Sporaga 
aylanadi. 
22. Bakteriyalarning ko`payishini cheklovchi omillar ? Past harorat
havoning quruqligi, quyosh nuri. 
23. Bakteriyalar organik moddalar bilan oziqlanadi, ularni parchalab 
mineral moddalarga aylantiradi, bu jarayon ? Moddalar aylanishi 
deyiladi. 
24. Chirituvchi bakteriyalar qanday oziqlanadi ? Saprofit. 
25. Chirish deb nimaga aytiladi ? Azotli organik moddalarning 
bakteriyalar tomonidan parchalanishi. 
26. Tuproqqa solingan go`ng qaysi bakteriyalar faoliyati ta`sirida 
mineral tuzlarga aylanadi ? Chirituvchi bakteriyalar. 
27. Chirish jarayonida hamisha ajralib chiqadi ? Issiqlik. 
28. Achituvchi bakteriyalar qayerlarda yashaydi ? Sutda, yangi sersuv 
sabzavotlarda, o`tlarning barg poyalarida yashaydi. 
29. Oziq-ovqat mahsulotlarida qo`lansa hid odamni zaharlaydigan 
zaharli moddalar paydo qiladigan organizm ? Chirituvchi bakteriya. 
30. Chirituvchi bakteriyalarning ahamiyati ? Tuproq hosil bo`lishida , 
sanitarlik, issiqxonalarda issiqli. 
31. Chirituvchi bakteriyalar qishloq xo`jaligiga qanday zaraz keltiradi 
? Ekma o`simliklarni kasallantiradi. 
32. Chirituvchi bakteriyalarni zarari ? Oziq-ovqat mahsulotlarini, ho`l 
mevalarni chirishiga, ekma o`simliklarni kasallanishiga olib keladi. 
33. Tuproq bakteriyalariga qaysi bakteriyalar kiradi ? Chirituvchi. 
34. Azotsiz organik moddalarning bakteriyalar yordamida 
parchalanishi ? Achish deyiladi. 
35. Achishning eng muhim xillaridan biri ? Sut kislotali. 
36. O`tlarning poya barglarida yashaydigan bakteriya ? Achituvchi. 
37. Sut kislotali achish jarayonida parchalanayotgan shakar nimaga 
aylanadi ? Sut kislotasiga. 
38. Sut kislotali achish jarayonida chirituvchi bakteriyalarning
o`sishiga ko`payishiga to`sqinlik qiladi ? Sut kislatasi. 


54 
39. Kokklar qanday bakteriya ? Sharsimon . 
40. Batsilalar qanday bakteriya ? Tayoqchasimon, silindrsimon. 
41. Spirallar qanday bakteriya ? Bukilgan. 
42. Nima uchun ko`pchilik bakteriyalar organik moddalar yarata 
olmaydi ? Xlorofill yo`qligi uchun. 
43. Bakteriyalarning qulay hayot kechirishi uchun muhim bo`lgan 
omil ? Oziq, issiqlik. 
44. Bakteriyalar qanday ta`sirlar natijasida tez nobud bo`ladi ? Quyosh 
nuri, past harorat, havoni quruqligi. 
45. Ko`zga ko`rinmaydigan tirik mavjudotlar ? Mikroblar. 
46. Organizmlarni nima bilan oziqlanishi saprofit deyiladi ? O`lik 
qoldiqlar . 
47. Hayvon , o`simlik qoldiqlaridan tabiatni tozalab turuvchi 
bakteriyalar ? Saprofit bakteriyalar. 
48. Qaysi organizmlarning qulay hayot kechirishi uchun yorug`lik 
zarar keltiradi ? Bakteriyalar 
49. Pomidor, karam, bodringni konservalashda keng qo`llaniladi ? Sut 
kislotali achish. 
50. Tugunak bakteriyalarning faoliyati natijasida tuproq qanday 
birikmalar bilan boyiydi ? Azotli. 
51. Xom tola olishda qaysi bakteriyalar faoliyatidan foydalaniladi ? 
Achituvchi. 
52. Qaysi bakteriyalar o`simliklar ildizida yashab, havodagi erkin 
azotni o`zlashtiradi ? Tugunak. 
53. Yem-xashak o`simliklaridan silos bostirishda keng qo`llaniladi ?
Sut kislotali achish. 
54. Yuqori navli sirkalar, spirt, vinolar olishda ? Sirka kislotali 
achitish. 
55. Tugunak bakteriyalar qaysi o`simliklarning ildizida yashaydi ? 
Burchoqdoshlar. 
56. Bakteriyalar dastlab paydo bo`lgan soda tuzilishdagi organizmlar 
ekanligini ko`rsatuvchi belgi ? Yadroning aniq ko`rinmasligi. 
57. Bakteriyalar spora hosil qilganda bakteriyalarda qanday belgi 
kuzatiladi ? Sitoplazma qisilib yumaloqlanadi, qalin pishiq parda bilan 
o`raladi. 
58. Bakteriya oziqlanmaydi, o`smaydi, ko`paymaydi lekin uzoq 
muddat tirik bo`ladi ? Spora holatida. 


55 
59. Bakteriyalarning faoliyati natijasida vujudga keladigan 
jarayonlarga qarab bakteriyalar qanday guruhlarga bo`linadi ? 
Chirituvchi, achituvchi, parazit. 
60. Osimlik , hayvon, odam organizmida yashab, shular bilan 
oziqlanadigan bakteriya ? Parazit bakteriyalar. 
61. Parazit bakteriyalar ularning sporalari o`simlik, hayvon, odam 
organizmiga qanday kiradi ? Havo, ovqat, suv, teridagi jarohat orqali. 
62. Parazit bakteriyalar odamlarda qaysi kasallikni hosil qiladi ? Sil, 
terlama, bo`g`ma, vabo, o`lat. 
63. Yuqumli kasalliklarning suv va havo orqali tarqalishini aytib 
o`tgan olim ? Abu Ali ibn Sino. 
64. Qaysi kasallik epidemiyalaridan goho butun-butun qishloq va 
shahar aholisi qirilib ketgan ? Terlama, vabo, o`lat. 
65. Odamlar qaysi kasallikdan saqlanish uchun emlanadi ? Terlama, 
bo`g`ma, qizamiq, chechakdan. 
66. Ko`pgina daraxt va butalar havoga maxsus moddalar ajratadi bu ? 
Fitonsid. 
67. Qaysi daraxtlar fitonsid moddalarni ayniqsa ko`p ajratadi ? 
Gledichiya, archa, yong`oq, terak. 
68. Paxtachilikka zarar keltiradigan bakteriya ? G`o`za gommozi. 
69. G`o`zada yuz beradigan gommoz kasalligining birinchi belgisi ? 
Barglarida qora dog`lar paydo bo`ladi. 
70. G`o`zadagi gommoz kasalligining yuqishi qanday sodir bo`ladi ? 
Birinchi bosqichda chigit bilan birga tuproqqa tushib tez ko`payadi, 
nihol ichiga kirib olib poyasi barglariga o`tadi. 
71. Kasal barglar ? Quriydi, maydalanib, kukun bo`lib ketadi. 
72. G`o`zadagi gommoz kasalligining yuqishi qanday sodir bo`ladi ?
Kukun shamol orqali uchib boshqa sog`lom g`o`zalar bargiga tushadi, 
barg og`izchalari orqali barg eti hujayralariga kiradi. 
73. G`o`za gommozi g`o`zaning qaysi hujayralari bilan oziqlanadi va 
yemiradi ? Barg eti. 
74. G`o`za gommoziga qarshi kurash usuli ? Chigit kimyoviy 
preparatlar bilan dorilanadi, kasal o`simlik daladan yo`qotiladi, yoqib 
tashlanadi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling