O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


O`simliklarning generativ organlari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

O`simliklarning generativ organlari. 
11. Gul. 
1. Gul nima , u qanday qismlardan tuzilgan ? Jinsiy ko`payish a`zosi, 
gulband, gulo`rin, gulqo`rg`on , changchi, urug`chi. 
2. Gul o`simlikning qanday organi? Generativ organi. 
3. Kelib chiqishi jihatdan gul nima? Shakli o`zgargan novda. 
4. Lavlagi, ismaloq, saksovulni gulqo`rg`oni qanday bo`ladi ? Oddiy 
gulqo`rg`on. 
5. Gulning eng muhim qismi ? Changchi, urug`chi. 
6. Gulqo`rg`on qanday vazifani bajaradi ? Gulqo`rg`on gulning ichki 
organlarini, tashqi ta`sirlardan himoya qiladi, hashorotlarni jalb qilish. 
7. Gulkosacha, gultoj birgalikda… tashkil qiladi ? Gul qo`rg`onni. 
8. Ikki urug` pallali o`simliklardan qaysi oilani gulqo`rg`oni oddiy 
bo`ladi ? Sho`radoshlar. 
9. Gulqo`rg`oni oddiy gultojsimon bo`lgan oila ? Loladoshlar
piyozdoshlar. 
10. Gulqo`rg`oni oddiy kosachasimon bo`lgan oila ? Sho`radoshlar. 
11. Qaysi oilani gullari shamol yordamida changlanadi ?
Bug`doydoshlar. 
12. Gulni tashqi tomondan o`rab turadigan qavat ? Gulkosacha. 
13. Lola, chuchmoma, gulsafsarning guli qanday bo`ladi ? Oddiy 
gulqo`rg`onli 
14. Gulqo`rg`on bo`linadi ? Gulkosacha, gultojiga. 
15. Oddiy gulqo`rg`on deb nimaga aytiladi ? Gulqo`rg`on 
bo`laklarining rangi bir xil bo`lsa. 
16. Tuguncha nima uchun ostki ustki bo`ladi ? Gulning boshqa 
a`zolariga nisbatan joylanishiga qarab. 
17. O`simliklarning guli novdasiga qanday birikadi ? Gulbandi. 
18. Gulning hamma qismlari qayerda joylashadi ? Gulo`rinda. 
19. Tugunchadan nima hosil bo`ladi ? Meva. 
20. Gulbandining yuqori qismi biroz kengayib ? Gulo`rin. 
21. Gulband bir-biridan farq qiladi ? Shakli va o`lchami. 
22. Guldagi kosachadan ichkarida joylashgan gulqo`rg`on bo`ladi ? 
Gultoj. 
23. Changchi iplarning soni, shakli nimaga bog`liq ? Gulga. 
24. Changchilar bittadan bir nechtagacha bo`lishi nimaga bog`liq ? 
O`simlikning turiga. 


42 
25. Changchi iplari gul o`rnida qanday joylashadi ? Alohida-alohida 
,qo`shilib , 
tutam hosil qilib. 
26. Chang iplari yo`q ular tojbargning ichki tomonida o`rnashgan 
o`simlik ? Ituzum. 
27. G`o`za guli olma gulidan qanday farq qiladi ? G`o`za gulida uchta 
ostgulkosachasi bo`lishi bilan. 
28. Yashil boshqa ranglarda bo`ladigan gul qismi ? Kosachabarg. 
29. Gulning turli ranglarda bo`ladigan qismi ? Gultoj barg. 
30. Gulqo`rg`onining xillari ? Oddiy, murakkab. 
31. Agar gulqo`rg`on gulkosacha ,gultojidan tashkil topsa ? Murakkab 
gulqo`rg`on. 
32. Changchi iplarining vazifasi ? Changdonni ushlab turish, gulo`rni 
bilan bog`lash. 
33. Qaysi oilaning tojibarglari uch xil shakldagi tojibarglar hosil qiladi 
? Burchoqdoshlar. 
34. Gulning qaysi qismi ikkiga bo`linadi ? Gulqo`rg`on, changchi. 
35. Gulning qaysi qismi uchga bo`linadi ? Urug`chi. 
36. Qaysi oilaning changchilari beshta tojibarglarni qo`shilishidan 
hosil bo`lgan nayga o`rnashgan ? Ituzumdoshlar. 
37. Urug`chini o`rta qismi ? Ustuncha. 
38. Tol, terak, tut, yong`oq, kabilarning gulqo`rg`oni ? Gulqo`rg`oni 
yo`qolib ketgan yoki tangachaga aylangan. 
39. O`sma, g`o`za, olma, nok, lola, boychechak, o`simliklarining guli 
? Gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilmagan. 
40. Jag`-jag`, turp, olcha, behi, nokning gulqo`rg`oni.? Murakkab. 
41. Urug`chini kengaygan pastki qismi ? Tuguncha. 
42. Urug`kurtak qayerda joylashadi ? Tuguncha ichida. 
43. Tuguncha bilan tumshuqchani bog`lab turadi ? Ustuncha. 
44. Gul formulasiga qarab nimani aniqlash mumkin ? Qaysi oilaga 
kirishini 
45. Gulning qaysi qismi g`ovak bo`ladi ? Ustuncha. 
46. GK
0
Ct
(5) 
Ch 
(5)
U
(2)
qaysi o`simlikning gul formulasi ? Sachratqi. 
47. Ustunchaning vazifasi ? Tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib 
turadi. 
48. Gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga ? Gul diagrammasi. 
49. K
4
T
4
CH
4+ 2
U
(2)
qaysi o`simlikning gul formulasi ? Jag`-
jag`(achambiti) . 


43 
50. GK
5
Gt
5
Ch
&
U
1
qaysi o`simlikning gul formulasi ? Olxo`ri. 
51. Gullar tuzilishiga ko`ra ? Bir jinsli ikki jinsli. 
52. Gulda changchi urug`chidan bittasi bo`lsa ? Bir jinsli. 
53. Gulda changchi urug`chining ikkisi bo`lsa ? Ikki jinsli. 
54. Yong`oq, tol, terak, tut, bodring, qovun qanday jinsli ? Bir jinsli. 
55. Qaysi oilaning gullari bir jinsli ? Qovoqdoshlar. 
56. Agar gulqo`rg`on ikkitadan ortiq teng bo`lakka ajralsa ? To`g`ri 
gul. 
57. Bir uyli o`simlik deb ? Bitta o`simlikda ham changchi, ham
urug`chi guli bo`lsa. 
58. Ikki uyli o`simliklar deb ? Changchi guli boshqa o`simlikda 
urug`chi guli boshqa o`simlikda. 
59. Olma, namatak, behi, shaftoli ? To`g`ri, ikki jinsli, murakkab 
gulqo`rg`onli ranodoshlar oilasiga mansub. 
60. Qiyshiq gulli o`simliklar guruhi ? Gladiolus, nastarin, isfarak, 
rayhon, marmarak, kiyiko`t, burchoq, loviya, beda, gunafsha, parpi, 
angishvonagul 
61. Makkajo`xori, qovun, tarvuz, bodring, qarag`ay qanday o`simlik ?
Bir jinsli, bir uyli. 
62. Bir jinsli ikki uyli o`simliklar ? Terak, tol, gazanda, turkiston 
ismalog`i archa .
63. Qo`ng`iroq gul, lola, suvyig`ar qanday gul ? To`g`ri gul. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling