O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

8. Barg. 
1. O`simlik nima bilan tirik ? Barg. 
2. Bargning vazifasi ? Organik moddalar hosil qilish, suvni 
bug`latish, nafas olish, zaharli moddalardan holi qilish. 
3. Bandsiz barglarga ? Lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug`doy, 
makkajo`xori, arpa, sholi. 
4. Bandsiz barglar poyaga qanday birikadi ? Yaprog`ining pastki 
qismi bilan. 
5. Barg asosan qanday qismdan iborat ? Barg yaprog`i, barg bandidan. 
6. Barg bandining pastki qismida yon bargchalari bo`lgan o`simlik ?
Olma bargi. 
7. Barglar poyada yoki novdaga qanday birikadi ? Bandi yoki barg 
yaprog`ining pastki qismi bilan. 
8. Ikki urug`pallali o`simliklarning bargi odatda qanday tomirlangan ?
Patsimon, panjasimon, to`rsimon. 
9. Bir urug`pallali o`simliklarning bargi odatda qanday bo`ladi ?
Parallel, yoysimon. 
10. Terak, chinor, olma, o`rik, nok, tut , g`o`zaning bargi qanday 
tomirlangan ? To`rsimon tomirlangan. 
11. Bug`doy, arpa, makkajo`xori, oq jo`xori, g`umayning bargi 
qanday tomirlangan ? Parallel, yoki yoysimon. 
12. Tomirlar qanday vazifani bajaradi ? Bargka mustahkamlik, 
moddalar harakatini ta`minlaydi. 


35 
13. Oddiy barg deb nimaga aytiladi ? Bitta barg bandida bitta barg 
yaproqchasi bo`lgan barglarga. 
14. Olma, o`rik, nok, shaftoli, tut, tok, g`o`za, terak, rovoch, yantoq 
qanday bargli ? Oddiy. 
15. O`simliklarning bargi tuzilishiga ko`ra qanday bo`ladi ? Oddiy va 
murakkab. 
16. Barglar yaprog`ining chetiga qarab ? Tekis, tishli, ikki karra tishli, 
arrasimon o`yilgan. 
17. Barglar o`simliklarning turiga qarab ? Tukli- tuksiz. 
18. Oddiy barglar yaprog`ining tuzilishiga ko`ra ? Patsimon, 
panjasimon, uch bo`lakli. 
19. Yong`oqning bargi ? Toq patsimon. 
20. Panjasimon murakkab barg ? Soxta kashtan. 
21.Tuxumsimon barg ? O`rik, ituzum. 
22. Teskari tuxumsimon barg ? Qayrog`och. 
23. Murakkab bargning xillari ? Uch bargchali, panjasimon, toq, juft, 
patsimon, ikki uch karra bo`lingan murakkab barg, toq bargchalar 
o`rniga gajaklar hosil qiladigan barglar. 
24. Buyraksimon barg qaysi o`simlikda bo`ladi ? Binafsha, qovoq. 
25. Qaysi o`simlik bargining shakli elipissimon bo`ladi ? Nok, yantoq. 
26. Qalami barg qaysi o`simlik uchun xos ? Bug`doy, makkajo`xori. 
27. Qaysi o`simlik bargining shakli ninasimon ? Qarag`ay,
28. Qaysi o`simlik bargi tangasimon ? Archa. 
29. Yerbag`ir tugmachagulning barg shakli ? Yumaloq. 
30. Bitta barg bandida bir nechta bargchalar joylashgan bo`lsa bunday 
barglarga ? Murakkab barg deyiladi. 
31. Qayrag`och, majnuntol qanday bargli ? Oddiy. 
32. Barglar yaprog`ining shakliga qarab ? Yumaloq, panjasimon, 
tuxumsimon, ovalsimon, qalami, rombsimon, uchburchaksimon. 
33. Uch bo`lakli oddiy barg ? G`o`za. 
34. Panjasimon oddiy barg ? Zarang. 
35. Patsimon oddiy barg ? Jag`-jag`, sabzi. 
36. Uchta bargchali murakkab barg ? Beda, sebarga, loviya, mosh, 
qulupnay. 
37. Rediska, turp, sabzi, lavlagi qanday bargli ? Oddiy . 
38. Bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi 
joylashgan bo`lsa, bunday barglar ? Juft patsimon . 


36 
39. Umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa ? Toq, 
patsimon barg. 
40. Qaysi o`simlikning bargi maydalashib , qipiq shakliga kelib 
qolgan ? Saksovul. 
41.Barg yaproqlarning uzunligi 50-70 sm dan bir metr gacha 
yetadigan o`simlik ? Rovoch, ojud, kavrak. 
42. Qaysi o`simliklarning bargi yaxlit ? Olma, o`rik, gilos. 
43. Qaysi o`simliklarning bargi o`yilgan ? Tok, g`o`za, tut, anjirning. 
44. Qoqidoshlar va ziradoshlar oilalari ko`pchilik vakillarining ildiz 
bo`g`zida joylashgan barglar uzunligi ? 50-60 sm. 
45. O`simliklar bargi poyada qanday joylashadi ? Navbat bilan, 
qarama-qarshi, halqa hosil qilib . 
46. Barglari novdada navbat bilan joylashadigan o`simliklarga ?
G`o`za, tok, pomidor, olma, o`rik, terak, tut, atirgul, oqquray, do`lana . 
47. Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan barglarga ? Rayhon, 
yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, dalachoy, kiyiko`t, mavrak, 
gazanda, kampirchopon. 
48. Barglari halqa hosil qilib o`rnashgan o`simliklarga ? Sambitgul, 
qirqbo`g`im, qumrio`t. 
50. O`simlikning qaysi qismi organik modda hosil qiluvchi , suvni 
bug`latuvchi, nafas oluvchi asosiy organ hisoblanadi ? Barg. 
51. Lola, arpani bargi qanday barglarga misol bo`ladi ? Bandsiz, 
parallel tomirlangan, oddiy qalami, ketma-ket o`rnashgan . 
52. Oqqurayni bargi poyada qanday joylashgan ? Navbat bilan. 
53. Qaysi o`simliklarning poyadagi barglari o`troq bo`ladi ? Lola, 
aloe, andiz, bug`doy. 
54. Yalpiz, sebarga, tol, yantoqning bargi qanday tomirlangan ? 
To`rsimon. 
55. Beda, sebarga, loviya, mosh, qulupnay qanday barg ? Murakkab 
uch bargchali ,to`rsimon tomirlangan ,barg bandiga ega. 
56. Zarangga xos xususiyatlar ? Panjasimon oddiy barg, manzarali, 
guli ko`rimsiz, quyuq soya beruvchi salobatli daraxt, qanotchali meva 
bargi birinchi sovuqdan keyin to`kiladi. 
57. Toq bargchalar o`rniga gajaklar hosil qiladigan o`simliklar 
guruhini toping ? No`xat, burchoq. 
58. Ikki yoki uch karra bo`lingan patsimon murakkab barg ? Totim, 
shoyi akatsiya. 
59. Gledichiyaning ikkinchi nomi ? Tikan daraxt. 


37 
60. Yorug`sevar o`simliklarga qaysi o`simliklar kiradi ? Kungaboqar, 
yantoq, kartoshka, pomidor, g`o`za. 
61. Soyasevar o`simliklar qayerlarda o`sadi ? Soya joylarda
g`orlarda, daraxtlar tagida, qalin o`rmonlarda. 
62. Soyasevar o`simliklarga qaysi o`simliklar kiradi ? Xina, binafsha, 
yovvoyi qulupnay.
63. Barglarning ichki qismi qanday to`qimalardan tashkil topgan ? 
Qoplovchi, asosiy o`tkazuvchi, mexanik. 
64. Barg tomirning nay tolali boylamini hosil qiladi ? Naychalar, 
elaksimon naychalar, tolalar. 
65. Bargdagi tomirlarda po`sti qalin, pishiq, juda uzun hujayralar 
bo`lib ular nima deyiladi ? Tolalar. 
66. Bargdagi tomirlar ichida qalin devorli o`lik hujayralardan tashkil 
topgan … nima joylashgan ? Naychalar bo`lib, suv va unda erigan 
tuzlar harakatlanadi 
67. Tomirlarda naychalardan tashqari cho`ziq bir-biri bilan zanjir 
shaklida ulangan hujayralar ham bor, ular ? Elaksimon naychalar. 
68. Barglarning ustki va orqa tomonidagi po`sti oralig`ida joylashgan 
? Barg eti hujayralari. 
69. Barglarida og`izchalar kam, barglari mum qavati bilan qoplangan 
juda sekin o`suvchi o`simlikni aniqlang ? Archa . 
70. Bargning po`st qavati vazifasi ? Bargni ichki qatlamlarini
shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. 
71. O`simliklarning qaysi a`zolarida ustunsimon hujayralarni ko`rish 
mumkin ? Bargda. 
70. O`simlikni qaysi qismida ovalsimon , yumaloq shakldagi 
hujayralar joylashgan ? Bargda. 
71. Barg qaysi qismi orqali suvni bug`latadi ? Og`izchalari. 
72. Barglar suv bug`lanishi tufayli ildizda qanday jarayon tezlashadi ? 
Suv va mineral tuzlar so`rilishi. 
73. Qanday sharoitda o`sadigan o`simliklar suvni nisbatan kam 
bug`latadi ? Issiq, quruq . 
77. O`simliklarning qaysi a`zolari ularni oziqlantiradi ? Ildiz bilan 
bargi . 
78. Barg hujayralarida yorug`lik, mineral tuzlar va xlorofill 
donachalari ishtirokida organik moddalar bilan birga O
2
hosil bo`ladi, 
shu O
2
bargning qaysi qismi orqali havoga chiqadi ? Barg og`izchalari



38 
79. Qaysi o`simliklarda oziq modda bargda to`planadi ? Bosh piyoz, 
karam. 
80. Barg hujayralariga havodagi CO
2
uning qaysi qismi orqali kiradi ? 
Og`izchalar. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling