O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


O`simliklarning vegetativ organlari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

O`simliklarning vegetativ organlari. 
6. Ildiz. 
1. O`simlik organlari necha xil ? Ikki xil vegetativ, generativ. 
2. Vegetativ organlarga ? Ildiz, poya, barg. 
3. Generativ organlarga ? Gul, urug`, meva. 
4. Ildiz qanday funksiyalarni bajaradi ? O`simlikning poya yoki 
tanasini yerga birlashtirib, tuproqdan suv, unda erigan moddalarni 
shimib oladigan va ularni o`simlikning, yerusti qismiga yetkazib 
beradigan , vegetativ ko`payish , oziq modda to`plash. 
5. Qaysi o`simlikning asosiy yon ildizlari uzun ? Yantoq, saksovul, 
selen, juzg`un. 
6. Ildizga xos muhim xususiyat ? Barg hosil qilmaydi. 
7. O`simliklarning turiga , tuproq iqlim sharoitiga qarab ildizlar ? 
Kalta, uzun, ingichka, yo`g`on, yassi, yumaloq. 
8. Qaysi o`simlikning ildizlari juda uzun , ingichka bo`lib asosan yon 
tomonga qarab o`sadi ? Juzg`un. 
9. Ildizning turlari ? Asosiy, yon qo`shimcha. 
10. Murtakdagi boshlang`ich ildizning bevosita o`sishidan ? Asosiy. 
11. Asosiy ildiz shoxlanib ? Yon ildizni tashkil qiladi. 
12. Ildizning tugunak hosil qiluvchi qismi ? Qo`shimcha ildiz. 
13. Poya va bargdan hosil bo`ladigan ildiz qanday ataladi ? 
Qo`shimcha. 
14. Ildiz sistemasini qaysi ildiz turlari hosil qiladi ? Asosiy, yon, 
qo`shimcha. 
15. Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi nimaga bog`liq ? O`simliklar 
turiga, ildizning shoxlanishiga, qo`shimcha ildizlarga, tuproq 
unumdorligiga. 
16. Ildiz tizimi tuzilishiga ko`ra ? O`q ildiz va popuk ildizga bo`linadi. 
17. Qo`shimcha ildiz deb ? Poyaning yerga yaqin qismidan yoki yerga 
tegib turgan joyidan o`sib chiqadigan ildizlar. 
18. Murtakdagi boshlang`ich ildiz rivojlanishi jarayonida o`sishda 
davom etsa ? O`q ildiz .


24 
19. O`q ildiz qaysi o`simliklarga xos ? Ikki urug` pallali. 
20. Do`lana, namatak, saksovulni ildiz sistemasi ? O`q ildiz. 
21. G`o`zaning ildiz sistemasi ? O`q ildiz. 
22. Murtakdagi boshlang`ich ildizi o`sishda davom etmasa 
boshlang`ich poyada qo`shimcha ildizlar hosil bo`lishiga ? Popuk 
ildiz sistemasi. 
23. Qaysi ildiz sistemasida asosiy ildiz uzun, yo`g`on bo`ladi ? O`q 
ildiz tizimida. 
24. Lavlagiga xos xususiyat ? Ikki yillik , birinchi yili uzun bandli 
yirik barg, yo`g`onlashgan ildiz meva hosil qiladi, mevasi yong`oqcha 
, may oyida gullaydi, mevasi sentabrda pishadi, gul qo`rg`oni oddiy
kosachasimon. 
25. Bir urug` pallali o`simliklarning ildizi ? Popuk. 
26. Asosiy ildizlarda oziq moddalar to`planadigan o`simliklar ? Qizil 
lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg`om. 
27. Bug`doyning murtakdagi ildizchasidan dastlab qaysi ildiz 
rivojlanadi ? Asosiy. 
28. Karamdoshlar oilasiga mansub ildiz mevali o`simliklar ? Turp, 
sholg`om, rediska .
29. Ziradoshlarga mansub ildizmevali o`simliklar ? Sabzi. 
30. Bug`doyning asosiy ildizi nobud bo`lib, bir to`da mayda, bir-birga 
o`xshash qo`shimcha ildizlar qayerdan o`sib chiqadi ? Boshlang`ich 
poyacha asosidan. 
31. Qo`shimcha ildizli o`simliklarga ? Makkajo`xori, kartoshka, ajriq, 
qulupnay 
32. O`simliklarning turiga qarab ildizning yuzasi qanday po`stloq 
bilan qoplangan bo`ladi ? Oqish, qoramtir, sarg`ish rangli po`stloq. 
33. Po`stloqning usti nima bilan qoplangan ? Ildiz tukchalari bilan. 
34. Har bir ildiz tukchasining tuzilishi ? Bitta uzun hujayradan yupqa 
qobiq, sitoplazma, yirik mag`izdan. 
35. Ildiz tukchalari qanday vazifani bajaradi ? Tuproqdan suv va unda 
erigan oziq moddalarni shimib olish. 
36. Ildiz tukchalari necha kungacha yashaydi ? 10-20 kun. 
37. Nobud bo`lgan ildiz tukchalari o`rniga yangi iliz tukchalari 
qayerdan hosil bo`ladi ? Ildizning o`suvchi bo`linuvchi qismidan. 
38. Ildizning qaysi zonasida tukchalar ko`p ? So`ruvchi. 
39. Ildizning qaysi zonasida naylar ko`p ? O`tkazuvchi. 
40. Ildizning po`st hujayralari ? Tirik, yumaloq, yupqa qobiqli. 


25 
41. Ildiz naylari qanday hosil bo`ladi ? Naylar juda uzun 
hujayralardan hujayra qobig`i qalinlashadi, sitoplazma mag`iz nobut 
bo`ladi, hujayra orasidagi to`siqlar yo`qoladi, hujayralari ketma-ket 
joylashgan bir nechtasidan uzun naychalar paydo bo`ladi. 
42. Ildiz naychalar orqali qaysi moddalar harakatlanadi ? Suv, 
mineral tuzlar. 
43. Tuproqdan so`rib olingan suv va unda erigan oziq moddalar nima 
orqali ildizdan poya barglarga ko`tariladi ? Naylar orqali. 
44. Ildizda qanday qismlar farq qilinadi ? Ildiz qinchasi, o`suvchi, 
so`ruvchi, o`tkazuvchi. 
45. Ildizning o`suvchi qismi qaysi to`qimaga kiradi ? Uchki hosil 
qiluvchi. 
46. Ildizning uchini o`rab turadi ? Ildiz qinchasi. 
47. Qaysi o`simlikning asosiy ildizi uzun ? Yantoqning. 
48. Qaysi o`simlikning yon ildizi uzun ? Juzg`unning. 
49. Makkajo`xorining ildizi poyadan atrofga necha metr yoyiladi ?
2 m. 
50. Bosh piyozni ildizi poyadan atrofga necha sm yoyiladi ? 60-70 
sm. 
51. Makkajo`xorining 1 mm
2
so`rish qismida qancha tukcha bo`ladi ?
700 ta. 
52. O`simlikni turlicha tezlikda o`sishi nimaga bog`liq ? O`sish 
sharoitiga. 
53. G`o`zani ildizi bir sutkada qancha o`sadi ? 2-3 sm. 
54. Dehqonlar qaysi o`simliklarning hosilini oshirish maqsadida 
uchini chilpib tashlaydi ? Pomidor, karam, bulg`or qalampiri. 
55. O`simliklarni urug`dan o`stirib, keyin boshqa joyga ko`chirib 
o`tqazishning boisi ? Ildizni chilpish. 
56. Ildiz qinchasining vazifasi ? O`suvchi qismidagi yosh nozik 
hujayralarni tashqi ta`sirdan saqlaydi . 
57. Tanasuning yuqori qismi qurib qolib pastidan yangidan o`sib 
chiqadigan o`simlik ? Chinor, tol, terak, zarang, olma, do`lana. 
58. Qaysi o`simliklar chopiq qilinadi ? Sabzavot, poliz ekinlari, 
g`o`za. 
59. Havo yetishmasligi tufayli o`simliklarda ? Hosili kamayadi
kasallanadi. 
60. O`simliklar ildizining muhim vazifasi ? Tuproqdan suv va unda 
erigan oziq moddalarni shimib olib yer usti qismiga uzatish. 


26 
61. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab … so`ngra 
qayerga o`tadi ? Ildiz tukchalariga, po`stloq hujayralariga. 
62. Suv nima ta`sirida ildizdan poyaga qarab harakatlanadi ? Ildiz 
bosimi 
63. Qaysi faslda ildiz tukchalarining faoliyati to`xtaydi ? Qish kirishi 
bilan. 
64. Qaysi o`simliklarning ildiz tukchalari qishda faoliyatini to`xtatadi 
? Ko`p yillik o`simliklar. 
65. Ildiz tukchalar qaysi faslda faollashadi ? Bahorda. 
66. Tuproqqa nima uchun o`g`it solinadi ? O`simliklar yaxshi o`sishi , 
mo`l hosil berishi , uzoq yil yashashi uchun. 
67. O`simliklarning gullashi, meva tugishi, mevaning tez yetilishi 
uchun qanday mineral tuzlar zarur ? Kaliyli, fosforli. 
68. O`g`itlar necha xil bo`ladi ? Ikki xil organik, mineral. 
69. Mineral o`g`itlar ishlab chiqaradigan zavodlar O`zbekistonning 
qayerida bor ? Navoiyda, Chirchiqda. 
70. Mineral o`g`itlar necha xil bo`ladi ? Uch xil N, P, K. 
71. Azotli o`g`it ? O`simlikning o`sishini tezlatadi. 
72. Meyoridan ortiq mineral o`g`it solish qaysi o`simlik hosilini tez 
buzadi, odamni zaharlashi mumkin ? Qovun , tarvuz, kartoshka, sabzi. 
73. Ildizmeva ildizning qaysi qismidan hosil bo`ladi ? Asosiy ildizdan. 
74. Agar o`simliklarga zarur mineral tuzlar yetishmasa ularda qanday 
o`zgarishlar sodir bo`ladi ? O`simlikda ichki va tashqi o`zgarishlar 
sodir bo`lishi yoki qurib qolishi mumkin. 
75. Agar tuproqqa mineral o`g`itlar meyoridan ortiqcha solinsa ? 
Tuproqning ekologik holati yomonlashadi, tuproqdagi tirik 
mavjudotlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi, yerda yetishtirilgan hosilni 
buzadi, uni istemol qilgan odam zaharlanishi mumkin 
76. Suv qaroqchisining o`ziga xos belgisi ? Tanasi 20-30 sm 
uzunlikda butun tanasi bilan suvga botgan to`pguli suvdan yuqoriga 
chiqib turadi, O`zbekistonda 2 ta turi bor. 
77. Ildizlar qaysi xususiyatlariga qarab turli shakllarda bo`ladi ?
Bajaradigan vazifalariga qarab turli shakllarda bo`ladi. 
78. 
Ildizlarning 
shakl 
o`zgarishlari 
nima 
deyiladi 

Metamorfozlashgan ildizlar. 
79. Metamorfozlashgan ildizlarga misol bo`ladi ?
Qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg`om. 


27 
80. Ildizi metamorfozlashgan qizil lavlagi qaysi oila vakili ?
Sho`radosh. 
81. Ildiz metamorfozlashgan rediska, turp, sholg`om qaysi oila vakili 
? Karamdoshlar. 
82. Ildiz metamorfozlashgan sabzi, qaysi oila vakili ? Ziradoshlar. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling