O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

4. Hujayra – hayotning asosi. 
1. Tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri ? 
Hujayralardan tuzilganligi. 
2. Tiriklikning barcha xossalarini o`zida mujassamlashtirgan mayda
zarracha ? Hujayra . 


17 
3. Hujayra haqidagi fan ? Sitologiya .
4. Hujayra o`simlikning qaysi organida joylashishiga qarab bir-biridan 
nimasi bilan farqi qiladi ? Shakli, rangi, yirik- maydaligi, ichki 
tuzilishi, funksiyasi. 
5. O`simliklar hujayrali tuzilishiga ko`ra.? Bir va ko`p hujayrali . 
6. Bir hujayrali o`simliklarga? Xlorella, xlamidomonada . 
7. Hujayra terminini kim kiritgan ? R. Guk . 
8. Ikki tomonli qabariq oyna ? Lupa . 
9. Shtativli lupa buyumni necha marta kattalashtiradi ? 10-25 marta . 
10. Dastakli lupa necha marta ? 3-5 marta . 
11. O`simlik hujayrasi uchun xos belgi ? Yadro, sitoplazma, hujayra 
qobig`i, plastida, vakuola . 
12. Hujayralarning ichki tuzilishini, sitoplazmani harakatlarini 
kuzatishda qaysi asbobdan foydalaniladi ? Mikroskopdan . 
13. Mikroskop necha marta kattalashtirib ko`rsatishini bilish uchun ? 
Obyektiv bilan okulyardagi sonlar bir-birga ko`paytiriladi . 
14. Mikroskopning kichik obektivini buyum stolchasining teshigi 
ro`parasiga keltirib necha sm balandlikda tutiladi ? 0,5-1 sm. 
15. Obektiv preparatdan necha mm balandda bo`lishi kerak ? 4-6 mm. 
16. O`simlik hujayrasini qobig`iga mustahkamlik beradi ? Kletchatka . 
17. Hujayra qobig`ining funksiyasi ? Mustahkamlik, tayanch, 
moddalar almashinuvi ,tashqi ta`sirdan himoya qiladi, shaklini saqlab 
turadi . 
18. Hujayrani asosiy tarkibiy qismi ? Sitoplazma . 
19. Hujayrani eng muhim tarkibiy qismi ? Mag`iz . 
20. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri ? Plastida .
21. Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to`lgan bo`shliq ? 
Vakuol. 
22. Hujayralar bo`linishida katta rol o`ynaydigan organ ? Mag`iz . 
23. Qaysi organizmlarda mag`iz shakllanmagan ? Ko`k-yashil 
suvo`tlar, bakteriyalar, ayrim zamburug`lar . 
24. Mag`izning shakli va hajmi ? Hujayraning yirik maydaligiga , 
yoshiga, yashash sharoitiga .
25. Mag`iz kimyoviy tarkibiga ko`ra qaysi hujayra organoidiga yaqin 
turadi ? Sitoplazmaga . 
26. Plastidalar necha xil bo`ladi ? Uch xil . 
27. O`simlik hujayrasidagi xloroplastlar qanday vazifani bajaradi ?
Organik moddani sintezlaydi, yashil rang berib turadi . 


18 
28. Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq ,shilimshiq holda bo`lib doim 
harakatlanib turadigan qismi ? Sitoplazma .
29. Mag`izni kim o`rgangan ? Robert Broun . 
30. Xromoplast o`simliklarning qaysi qismlarida ko`proq uchraydi ?
Yetilgan meva, tojibarglarda . 
31. Xloroplast o`simlikni qaysi qismlarida ko`proq ? Yashil bargli 
novdasida . 
32. Leykoplastlar o`simlikni qaysi qismida ? Tugunak, piyozbosh, 
ildiz.
33. Qaysi o`simliklar barglarni mikroskop ostida butunligicha ko`rish 
mumkin ? Elodeya .
34. O`simlik hujayrasi o`sishi bilan uning qaysi qismi birlashib boradi 
? Vakuola 35. Zarg`aldoq ? Qizg`ish plastida, xromoplast . 
36. Turli shaklda bo`ladigan hujayra organi ? Vakuola . 
37. O`simlikning rangi qaysi plastidalarga bog`liq ? Xloroplast 
xromoplast . 
38. Hujayra shirasi tarkibida ? 70-95% suv unda erigan moddalar, 
oqsil, moy, shakar .
39. Hujayra shirasi tarkibiga ko`ra mevalarning tami ? Shirin, nordon, 
achchiq bo`ladi . 
40. Piyoz hujayrasining asosiy belgisi ? Cho`ziq, zich, joylashgan 
lekoplast
41. Qari hujayraning belgisi ? Qobig`i qalin sitoplazma mag`iz nobud 
bo`lgan vakuolalar soni kamayib yiriklashadi. 
42. Yosh hujayralarning belgisi ? Qobig`i yupqa, vakuolalar soni 
ko`p, sitoplazma va mag`iz tirik . 
43. Chigit tolasi necha sm uzunlikda bo`ladi ? 3-4 sm. 
44. Sitoplazmaning harakatini mikroskop ostida qaysi o`simlik 
bargida aniq ko`rish mumkin ? Elodeya. 
45. O`simliklar hujayralari qanday shaklda bo`ladi ? Ovalsimon
yumaloq, ko`pburchak, naysimon, to`g`ri to`rtburchakli, tuksimon. 
46. Nima uchun elodeya mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy 
sharoitda o`sganidek tirik bo`ladi ? Suvda o`sganligi uchun. 
47. Sitoplazma qanday harakat qiladi ? Bir yo`nalishda, O

oziq 
moddalar yo`nalishida .
48. Hujayralarning hayotiy xususiyatlaridan biri ? Hujayralar ichiga 
tashqaridan turli moddalar kirishi. 
49. Hujayraning biologik xususiyatlaridan biri ? O`sishi, bo`linishi. 


19 
50. Qaysi hujayralarda vakuola sitoplazmaga qaraganda ko`proq 
joyni egallaydi ? Qari hujayrada .
51. Qari hujayralarda sitoplazma va mag`iz butunlay yo`qolib ularning 
o`rnini nima egallaydi ? Suv, havo. 
52. Qaysi hujayralar bo`linadi ? O`sish nuqtasidagi. 
53. Hujayrani yarim o`tkazuvchanlik xususiyati qachongacha 
saqlanadi ? Nobud bo`lguncha .
54. Bo`linadigan hujayralarda dastlab qanday belgi kuzatiladi ? 
Mag`iz yiriklashadi, ikkiga ajraladi, maxsus parda bilan qoplanadi, 
sitoplazmada to`siq paydo bo`lib , ona hujayradan ikkiga ajratadi. 
55. Hujayrasi 3-4 sm bo`lgan o`simlik ? G`o`za tolasi . 
56 Yosh o`tgan sari hujayrada ro`y beradigan o`zgarish ?
Qobiq qalinlashadi, vakuola kattalashadi, sitoplazma va mag`iz 
butunlay yo`qoladi .
57. Chigit tolasi nechta hujayradan iborat ? Bitta . 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling