O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

 



SO`Z BOSHI 
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida botanika fanining o`qitilishi, 
bu fanning o`quvchilar tomonidan o`rganilishi, o`zlashtirilishining 
samara dorligini ta`minlashda o`quv adabiyotlarining ( darslik, 
qo`llanma, yordamchi o`quv- uslubiy ishlar) O`zbekiston 
Respublikasida amal qilayotgan uzviylashtirilgan Davlat ta`lim 
standarti va o`quv dasturi (Toshkent, 2010) talablari asosida 
ishlab chiqilishi, yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Ta`kidlash 
lozimki hozirgi vaqtda mamlakatimiz ta`lim tizimida bu sohada 
ancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ammo davr talabi 
o`quvchilarning 
mustaqil 
bilim 
olishi, 
fikr 
yuritishi 
imkoniyatlarini yana ham kengaytirish va chuqurlashtirishni 
taqozo etmoqda.
Shunga ko`ra Botanika fanidan savol - javob topshiriqlari 
o`quv-uslubiy qo`llanmasi tayyorlandi. Bu qo`llanmada biologiya 
fanining botanika qismi uchun DTSda keltirilgan uzviylikka rioya 
qilib fan doirasidagi mavzular, bo`limlar “oddiydan murakkabga” 
tamoyili asosida joylashtirildi va unga 1768 ta savol - javob 
topshiriqlari kiritildi. Savolarni tuzishda va turli manba`lardan 
tanlanganda mahalliy sharoitga mos keladiganlariga ko`proq 
e`tibor berildi.
O`quv-uslubiy qo`llanmadan biologiya fani o`quvchilari, 
repetitorlar, talabalar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, 
o`rta umumta`lim maktabi o`quvchilari, hamda biologiyaga 
(botanika) qiziquvchilar, abituriyentlar, mustaqil o`rganuvchilar 
ham foydalanishi mumkin.
Botanika bo`yicha nazariy bilimlarni puxta o`zlashtirishda, uni 
amaliy faoliyat bilan bog`lashda, u yoki bu masala bo`yicha 
mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirishda, ta`limga 
kompetensiyaviy yondoshishni kuchaytirishda ushbu o`quv-
uslubiy qo`llanma yordam berishi mumkin.
O`qituvchilar fan bo`limlari, mavzulari bo`yicha tarqatma 
materiallarni qisqa vaqt ichida tayyorlashlari, ulardan dars 
davomida, darsdan, sinfdan, maktabdan tashqari o`tkaziladigan 
tadbirlarda foydalanishlari ham mumkin.




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling