O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


 O`simliklarning hayotiy shakllari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

2. O`simliklarning hayotiy shakllari. 
1. Hayotiy shakl deb nimaga aytiladi ? O`simliklarning tashqi muhitga 
har xil shaklda moslanishiga. 
2. Gulli o`simliklar hayotiy shakllariga ko`ra qanday guruhlarga 
ajraladi ? Daraxt, buta, yarim buta, bir yillik, ikki yillik, ko`p yillik. 
3. Qaysi daraxtning shox-shabbasi sharsimon bo`ladi ?
Sadaqayrag`och, majnuntol, shamshod. 
4. Qaysi oila vakillari orasida daraxtlar uchraydi ? Karamdoshlar, 
ituzumdoshlar, qovoqdoshlar, ziradoshlar, loladoshlar, piyozdoshlar. 
5. Daraxt, buta, ko`p yillik o`tlarni o`z ichiga oladigan oila ?
Ranodoshlar. 


12 
6. Karamdoshlar hayotiy shakliga ko`ra qanday o`simliklarni o`z 
ichiga oladi ? Bir yillik, ikki yillik, ko`p yillik. 
7. Yong`oq o`simligiga xos xususiyat ? Noyob mevali, shox-shabbasi 
yoyiq shoxlanadigan daraxt ,70-100 yil yashaydi, yon ildizlari 
atrofga 20-30 m gacha tarqaladi, yog`ochligi qattiq, poyasining 
yo`g`onligi 4-6 m, bo`yiga va eniga tez o`sadi ,bargi toq patsimon 
murakkab barg, gulining gulqo`rg`oni yo`qolib ketgan yoki 
tangachaga aylangan, 1 jinsli 1 uyli, changchili to`pguli kuchala,
shamol yordamida changlanadi , mag`zida yog` bor. 
8. Daraxt buta ko`p yillik bir yillik, ikki yillik o`tlarni o`z ichiga 
oladigan oila ? Sho`radoshlar. 
9. Asosan o`tlar, qisman butalar, daraxtlar kiradigan oila ?
Gulxayridoshlar. 
10. Hayotiy shakliga ko`ra daraxt butani o`z ichiga oladigan oila ?
Tokdoshlar. 
11. Asosan bir yillik, ko`p yillik o`tlar kiradigan oila ? Qovoqdoshlar. 
12. Hayotiy shakliga ko`ra bir yillik va ko`p yillik o`tlar ustunlik 
qiladigan oila ? Ziradoshlar. 
13. Burchoqdoshlar hayotiy shakliga ko`ra qanday o`simliklarni o`z 
ichiga oladi ? Ko`pchiligi bir ikki, ko`p yillik o`tlar qisman yarim 
buta, buta daraxtlar
14. Bir yillik, ko`p yillik o`tlar qisman yarim butalar yoki butalar 
kiradigan oila ? Ituzumdoshlar. 
15. Daraxtlarning bir-biridan farqi ?- Guli, mevasi, to`pguli, bo`yi, 
poyasining eni, shox-shabbasi, barglari bilan. 
16. Poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko`p yillik 
o`simlik ? Yarim buta. 
17. Tanasi yog`ochlashgan 1ta yo`g`on tanali , baquvvar ildizli keng 
shox-shabbali , baland bo`yli ko`p yillik o`simlik ? Daraxt. 
18. Cho`llarda keng tarqalgan yem-xashak o`simliklari ? Izen, 
keyreuk, teresken, sarsazan, shuvoq. 
19. Shox- shabbasi yoyiq o`simliklar ? Olma, o`rik, yong`oq, shaftoli. 
20. Shox- shabbasi tik, g`uj o`simliklar ? Terak, mamont, qarag`ay. 
21. Ko`p yillik o`simliklarga xos belgi ? Yer usti qismi qishda qurib 
o`sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o`simlik. 
22. Baobab daraxti qayerda o`sadi ? Afrikada. 
23. Buta ? Poyasi yog`ochlashgan , bo`yi 2-3 metrdan oshmaydigan 
bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan ko`p yillik o`simlik. 


13 
24. Baobab necha yil yashashi mumkin ? 4000-5000. 
25. Bir turga mansub bo`lgan tog`larning shimoliy yonbag`rilarida 
o`sadigan daraxtlar janubiy yonbagrlarda o`sadigan daraxtlardan farqi 
? Shox-shabbasining ko`pligi, kengligi, balandligi. 
26. Tog`ning eng balandida o`sadigan archaning bo`yi ? 0,5-1 m. 
27. Tog`ning eng balandida o`sadigan archaning bo`yi past bo`lishiga 
sabab ? Doimiy esib turadigan shamol, qishning sovuqligi, quyosh 
nurining kam tushishi .
28. Saksovulga xos belgi ? Mayda bargli yoki bargsiz jazirama 
cho`llarda o`sadi, martning oxiri aprelning boshlarida o`sa boshlaydi, 
gullaydi 
29. Tog`lar yonbag`rida keng tarqalgan buta ? Irg`ay, singirtak, 
namatak, zirk, bodomcha, uchqat. 
30. Beda, ajriq, g`umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko`t, sallagul, 
qoqio`t, shirinmiya qanday hayotiy shaklga ega ? Ko`p yillik o`t. 
31. Madaniy butalarga ? Anor, limon, qoraqat, ligistrum, nastarin. 
32. Iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, shashir, qanday o`simliklarga 
kiradi ? Ko`p yillik. 
33. Qaysi o`simliklar birinchi yili to`pbarg hosil qiladigan ildizi va 
barglarida oziq moddalar to`playdigan o`simliklar ? Ikki yillik.
34. Ikki yillik begona o`tlarga ? Sigirquyruq, yovvoyi sabzi. 
35. Ikki yillik shakli o`zgargan barg ? Karam . 
36. Qishloq xo`jaligida o`stiriladidan bir yillik o`simliklar ? G`o`za, 
bug`doy, arpa, zig`ir, yeryong`oq, mosh, no`xat, sholi, pomidor, 
qalampir, qovun, tarvuz, rayhon. 
37. Ikki yillik ildizmevali o`simlik ? Sabzi, lavlagi, sholg`om, turp, 
rediska. 
38. O`t - o`simliklariga xos belgilarni toping ? Poyasi yashil
yog`ochlashmagan, gullab meva tukkandan keyin yer ustki qismi 
quriydi, bir, ikki, ko`p yillik o`tlarga bo`linadi. 
39. O`zbekistonda uchraydigan o`simliklarning yarmidan ko`prog`ini 
qaysi o`simliklar tashkil etadi ? Bir yillik. 
40. Ko`p yillik o`simliklardan qaysi o`simlikni ildizidan yo`talga 
qarshi damlama tayyorlanadi ? Dorivor gulxayri .
41. Bir yillik yovvoyi o`simliklarga ? Oq sho`ra, jag`-jag`, machin, 
qora ituzum, baliqko`z. 
42. Zig`ir, rayhon, yeryong`oq, qaysi o`simlilarga kiradi ? Bir yillik .


14 
43. Piskom piyoz , shashir gulsafsar qanday o`simliklarga kiradi ?
Ko`p yillik o`tlarga . 
44. Qoqio`tga xos xususiyat ? Ko`p yillik, poyasi kalta, savatchadagi 
hamma gullar ikki jinsli tilsimon gullardan, mevasi doncha uchida 
o`rnashgan popukchalari bor, dorivor o`simlik. 
45. Shirinmiyaga xos xususiyatlar ? Ko`p yillik, bargi toq patsimon 
ketma-ket joylashgan, bir yoz davomida 500-600 l suv bug`latadi, 
burchoqdoshlarga kiradi, guli qiyshiq. 
46. Yantoq o`simligi uchun xos xususiyatlar ? Chorva mollari uchun 
to`yimli ozuqa, ildizi yerga 30 m gacha kirib boradi, yer osti 
suvlaridan 
foydalanadi, 
bargli 
oddiy 
bandli 
to`rsimon 
tomirlangan,yorug`sevar o`simlik, ildiz bachkisi orqali ko`payadi,
Xorazmdan Amerikaga urug`i beda urug`iga qo`shilib borib qolgan,
gullari qiyshiq. 
47. Sebarga o`simligi uchun xos xususiyatlar ? Chorva mollari uchu 
to`yimli ozuqa, ko`p yillik o`t, ko`tarilib o`suvchi poya, uchta 
bargchali murakkab barg, barglari uzun bandli, gullari mayda 2-3,5 
sm keladigan kallakcha shaklidagi to`pgulda joylashgan, dukkagi bir 
urug`li tuxumsimon uzunligi 1,5-2 mm. 
48. Shox-shabbasi yoyiq shoxlaydigan o`simliklardan oddiy bargli, 
ikki jisnli o`simlik ? Olma, o`rik, shaftoli. 
49. Shox-shabbasi g`uj, tik shoxlaydigan o`simliklardan bir jinsli, bir 
uylisi ? Qarag`ay. 
50. Shox-shabbasi g`uj, tik shoxlaydigan o`simliklardan bir jinsli, ikki 
uylisi ? Terak. 
51. Butalardan bargi qarama-qarshi joylashgani ? Ligustrum, nastarin. 
52. Butalardan uch xil yo`l bilan ko`payadigani ? Qoraqat. 
53. Ko`p yillik o`tlardan qo`shimcha ildiz hosil qiladigani ? Ajriq, 
g`umay, Piskom piyozi, shirinmiya, iloq, lola, qamish, yalpiz. 
54. Ko`p yillik bir urug` pallali o`simliklar ? Ajriq, g`umay, piskom 
piyozi, lola, qamish, gulsafsar. 
55. Ko`p yillik ikki urug` pallali o`simliklar ? Beda, sachratqi, 
qoqio`t, shirinmiya, andiz, kovrak. 
56. Ko`p yillik oddiy bargli o`simliklar ? Ajriq, g`umay, sachratqi, 
piskom piyozi, qoqio`t, lola, qamish, andiz, kovrak. 
57. Bir yillik murakkab bargli o`simliklar ? Yeryong`oq, mosh, 
no`xat. 
58. Ko`p yillik mevasi cho`ziq ? Zira. 


15 
59. Archa-sarv necha yil yashashi mumkin ? 1000. 
60. Soxta kashtan necha yil yashashi mumkin ? 2000. 
69. Chinor necha yil yashashi mumkin ? 800. 
70. O`rik yong`oq necha yil yashashi mumkin ? 70-100. 
71. Shox-shabbasi yoyiq shoxlaydigan o`simliklardan murakkab 
bargli, bir jinsli o`simlik ? Yong`oq. 
72. Bir yillik doni cho`ziq o`simlik ? Bug`doy . 
73. Bir yillik dukkagi cho`ziq o`simlik ? Yeryong`oq . 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling