O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

5. O`simlik to`qimalari. 
1. To`qima tushunchasini kim fanga kiritgan ? N.Gryu. 
2. Oddiy to`qimalarga ? Hosil qiluvchi, asosiy, jamg`aruvchi. 
3. Hosil qiluvchi to`qimaning hujayralari ? Yupqa, 
elastik,xususiyatga ega tirik hujayradan iborat. 
4. Hosil qiluvchi to`qima asosan necha xil bo`ladi ? Uchki- yon. 
5. Uchki hosil qiluvchi to`qima qayerda joylashgan ? Ildiz , kurtak, 
novdaning uchida. 
6. Kambiy qavati qaysi qavatlar oralig`ida joylashgan ? Yog`ochlik va 
lub qavatlari oralig`ida. 
7. Asosiy to`qimaning asosiy vazifasi ? Fotosintez. 
8. Asosiy to`qimaning hujayralari ? Bir xildagi yupqa devorli, 
xloroplastlarga boy, tirik parenxima hujayralardan. 
9. Chiqib kelishiga qarab qaysi to`qima uchga bo`linadi ? Qoplovchi. 
10. Havo ildizlarida epidermaning etli qavatda joylashgan to`qima? 
Asosiy .
11. O`simliklarda turli jarayonlar natijasida hosil bo`lgan yoki 
tashqaridan qabul qilingan moddalar to`plovchi to`qima ? 
Jamg`aruvchi .
12. Jamg`aruvchi to`qimalar qanday hujayralardan tashkil topgan ?
Tirik parenxima. 


20 
13. Asosiy to`qima o`simlikning qaysi qismida bo`ladi ? Yashil 
barglarda, yosh novdalarda, gul, meva, havo, ildizlarda, epidermaning 
ostidagi etli qavatda .
14. Jamg`aruvchi to`qimaga ? Urug`, meva, ildizmeva, tugunak, 
piyoz. 
15. Qaysi o`simliklarning urug`ida kraxmal, oqsillar, mayda, qattiq 
donachalar shaklida saqlanadi ? Bug`doy,suli,arpa,loviya,no`xat . 
16. Qaysi o`simliklarning mevasida shakar erigan holda bo`ladi ?
Lavlagi, sabzi, uzum, qovun, tarvuz. 
17. Bir-biri bilan zich joylashgan bir qavat tirik hujayralardan tuzilgan 
to`qima ? Epiderma. 
18 . O`simliklarning bargi va yosh novdalarini qoplab turadigan 
to`qima ? Epiderma .
19. Epidermada o`simlikni tashqi muhit bilan bog`lab turuvchi nima 
bo`ladi ? Og`izcha. 
20. Qaysi to`qimaning qobig`i suberin moddasi bilan shimilgan ?
Po`kak . 
21. Po`kak suberin bilan shimilgani uchun nimani o`tkazmaydi ? Gaz 
va suvni . 
22. Po`kakning asosiy vazifasi ? O`simlikni yozda yuqori haroratdan, 
qishda sovuqdan va kasallik tug`diruvchi mikroorganizmlardan 
himoya qiladi. 
23. Po`kaka xos xususiyatlar ? Tashqi qavati o`lik hujayradan 
suberin bilan shimilgan suv va gazlarni o`tkazmaydi, o`simlikni yozda 
yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug`diruvchi 
mikroorganizmlardan himoya qiladi. 
24. Qaysi to`qima bir necha sm gacha bo`ladi ? Po`kak . 
25. O`simlikning tana , eski shoxlari va ildizlarini tashqi tomondan 
o`rab turadigan to`qima ? Po`stloq . 
26. Po`kakdan tashqari boshqa to`qimalarning o`lik hujayralari 
qavatini o`z ichiga oladigan to`qima ? Po`stloq . 
27. Po`stloqning sirti qanday bo`ladi ? Yorilgan, g`adir-budir. 
28. Po`stloqning turlicha qalinlikda bo`lishi nimaga bog`liq ?
O`simlik turiga, yoshiga .
29. O`simlikka tayanch, uning organlariga mustahkamlik beruvchi 
to`qima ? Mexanik. 
30. Qoplovchi, mexanik o`tkazuvchi to`qimalar qanday to`qimaga 
kiradi ? Murakkab .


21 
31. Daraxtlar qaysi to`qima hisobiga bo`yiga va eniga o`sadi ? Hosil 
qiluvchi. 
32. Qaysi to`qima daraxt shox-shabbalariga mustahkamlik beradi ?
Mexanik.
33. Mexanik to`qimaga nima kiradi ? Poyalarning va ildizning 
po`stloq va yog`ochlik tolalari. 
34. Kollenxima ? Mexanik to`qimaning tirik hujayralari. 
35. Sklerinxima ? Mexanik to`qimaning o`lik hujayralari . 
36. Qaysi to`qima orqali moddalar ikki tomonlama harakat qiladi ? 
O`tkazuvchi
37. Ildizdan bargga, gul mevaga qanday moddalar harakat qiladi ? 
Anorganik .
38. Nay hujayralarining o`ziga xos xususiyati ? Tik joylashgan, qalin 
qobiqli cho`ziq , o`lik hujayralardan, naylar orqali suv, mineral tuzlar 
harakatlanadi. 
39. Organik moddalar qanday naylar orqali harakat qiladi ?
Elaksimon naylar
40 .Naylar qayerda bo`ladi ? Yog`ochlikda. 
41. Elaksimon naylar qayerda bo`ladi ? Lub tolalarida. 
42. Qaysi to`qima hujayralaridan boshqa turdagi to`qimalar hosil 
bo`ladi ? Hosil qiluvchi .
43. Daraxt tanasidagi yillik halqalarni hosil qiluvchi to`qima ? 
Kambiy hosil qiluvchi. 
44. O`simlikdagi tolalar qaysi to`qimaga kiradi ? Mexanik. 
45. O`simlik organi ? Bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi uning bir 
qismi
46. O`simlik to`qimasi haqidagi dastlabki ma`lumot nechanchi asrda 
qaysi olimlarning asarlarida bayon etilgan ? 17-asrda Malpigi va 
Gryu. 
47. Morfo-biologik belgi va xususiyatlariga qarab o`simliklarda 
qanday to`qimalar bor.? Hosil qiluvchi, qoplovchi, asosiy, ajratuvchi, 
o`tkazuvchi . 
48. Hosil qiluvchi, qoplovchi, ajratuvchi, asosiy, o`tkazuvchi 
to`qimalarga 
qo`shib 
o`rganiladigan 
to`qimalar 
?
Assimilyatsiyalovchi, g`amlovchi, mexanik. 
49. Hosil qiluvchi to`qimaning ikkinchi nomi.? Meristema. 
50. O`simlik hayoti bilan uzviy bog`liq to`qima ? Hosil qiluvchi 
(meristema). 


22 
51. O`simliklarda moddalar almashinuvini amalga oshiradigan 
to`qima.? Asosiy. 
52. 
Asosiy 
to`qima 
tarkibiga 
qaysi 
to`qimalar 
kiradi.?
Assimilyatsiyalovchi, suv saqlovchi, g`amlovchi. 
53. Asosiy to`qima xlorofill donachlaridan iborat bo`lgani uchun yana 
qanday yuritiladi ? Xlorofilli parenxima yoki xlorenxima. 
54. Yunoncha xlorenxima qanday ma`noni anglatadi ? “ Xloros-
yashil, enxima-to`ldirilgan”. 
55. Qaysi to`qimada fotosintez jarayonida hosil bo`lgan oziq 
moddalar, kraxmal, oqsil, karbon suvlar, vitamin, yog`lar to`planadi 
va uzoq muddat saqlanadi ? G`amlovchi. 
56. O`simlikning turli qismlarida joylashgan to`qima.? Hosil qiluvchi. 
57. O`simlikning deyarli barcha organlarida bo`ladigan to`qima ?
G`amlovchi. 
58. Urug`larda to`plangan moddalar nimaga sarflanadi ? Murtak 
rivojlanishi uchun. 
59. Cho`ldagi qaysi o`simliklarda shiraga boy hujayralar bo`lib, ularda 
asosan suv saqlanadi ? Sarsarzan, buzoqbosh, qizil sho`ra, baliqko`z. 
60. Suv saqlovchi hujayralar o`simliklarning qaysi qismlarida bo`ladi 
? Barg va novdalarida. 
61. Qoplovchi to`qimani chiqib kelishi qachon boshlangan ? 
O`simliklarning suvli muhitdan quruqlikka moslashishidan. 
62. Qoplovchi to`qimaning vazifasi ? Organlarning qurib qolishdan, 
tashqi muhitni noqulay sharoitlaridan, mexanik shikastlanishlardan
saqlaydi. 
63. Qoplovchi to`qima qanday vujudga keladi ? Ontogenez davrida 
meristema to`qimadan. 
64. Qoplovchi to`qima xillari ? Epiderma, periderma, po`stloq. 
65. Epidermaning vazifalari.? Gazlar almashinishida, kasal 
hujayralarning sog` to`qimaga kirmasligi, o`simlikni tashqi muhitdan 
saqlashda. 
66. Kollenxima hujayralari qanday vujudga keladi ? Kollenxima 
hujayralari bo`yiga cho`zilib o`sish vaqtida epiderma ostida 
joylashgan birlamchi po`stloqni parenxima hujayrasida yuzaga keladi. 
67. Kollenxima necha xil bo`ladi ? Uch xil burchaksimon
plastinkasimon, g`ovaksimon 
68. Sklerenximani kollenximadan farqi ? Tuzilishi. 
69. Kambiydan hosil bo`lgan sklerenxima nima deyiladi ? Libriform. 


23 
70. Sklerenxima necha xil bo`ladi ? Ikki xil ,lub tolalari, sklereid 
ya`ni tosh hujayralar. 
71. Tuzilishi va ixtisoslashgan tarkibi har xil bo`lgan hujayralardan 
hosil bo`lgan to`qima ? Ajratuvchi. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling