O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

1. Gulli o`simliklar 
1. Botanika so`zi qanday ma`noni bildiradi ? Yunoncha ,,botane’’ 
ko`kat, o`t, o`simlik degani. 
2. Botanika fani nimani o`rganadi ? O`simliklarning paydo bo`lishi,
hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi,
tabiat bilan bog`liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni 
muhofaza qilish usullarini o`rganadi. 
3. So`nggi yillarda ayniqsa qaysi o`simliklarga bo`lgan talab yanada 
orta boshladi ?
Xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor o`simliklarga. 
4. Zubturumga xos xususiyat ? Dorivor o`simlik, kuz oylarida ham 
gullayveradi, bargi oddiy bandli, gullari oddiy boshoq to`pgulda, 
mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi, mevasidan dori-
darmon tayyorlashda foydalaniladi, mevalari suv o`tkazmaydigan 
qobiqqa ega bo`lganligi tufayli suv orqali tarqaladi. 
5. Rovoch o`simligiga xos xususiyat ? Istemol qilinadigan o`simlik,
bargining uzunligi 50-70 sm dan bir metrgacha yetadi, bargi oddiy 
bandli patsimon, panjasimon tomirlangan, gullari murakkab shingil 
ro`vak to`pgulda joylashgan. 
6. Do`lana o`simligiga xos xususiyat ? Istemol qilinadigan o`simlik, 
o`q ildizli, ikki urug`pallali, bo`yiga nisbatan sekin o`sadigan daraxt
,bargli poya, barglari novdada navbat bilan joylashadi, tanasining 
yuqori qismi qurib qolib pastidan yangitdan o`sib chiqadi. 
7. Isiriq, chakanda, zubturum qanday o`simlik ? Dorivor o`simlik. 
8. Rovoch, do`lana qanday o`simlik ? Is`temol qilinadigan o`simlik. 
9. Shuvoq, sebarga, burchoq qanday o`simlik ? Yovvoyi yem-xashak 
o`simligi. 
10. Hozirgi vaqtda o`simliklar qanday guruhlarga bo`lib o`rganiladi ?
Tuban va yuksak. 
11. Organik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan o`simlik ?
Tuban o`simliklar. 
12. Tuban o`simliklar qayerda yashashga moslashgan? Suvli muhitda 
yoki sernam joylarda.
13. Tuban o`simliklarga nimalar kiradi ? Suv o`tlari. 
14. Bir hujayrali tuban o`simlik? Xlorella, xlamidomonada. 
15. Ko`p hujayrali tuban o`simlik? Ulotriks, spirogira, ulva, nitella, 
xara, kladofora nemalion. 



16. Tuban o`simliklarni tuban deyilishiga sabab nima ? Tanasi 
to`qima organlarga ajralmagan, tanasi ildiz, poya, barg, bo`linmagan, 
ko`p hujayralilarni tanasi qattana yoki tallom deb ataladi, erkaklik va 
urg`ochilik jinsiy organi bir hujayrali. 
17. Evolutsion jihatdan ancha yosh hisoblanadigan o`simlik qaysi ?
Yuksak o`simlik. 
18. Yuksak o`simliklarning ikkinchi nomi ? Poyabargli o`simliklar. 
19.Yuksak o`simliklar qaysi o`simliklar bo`limini o`z ichiga oladi? 
Yo`sinlar, qirqbo`g`im, qirqquloq, ochiq urug`li, yopiq urug`li. 
20. Mamont daraxti, yo`sin, plaun, qirqquloq qanday o`simlik? Poya 
bargli gullamaydigan o`simliklar. 
21. O`zbekiston Respublikasining o`simliklar haqidagi qizil kitobining 
birinchi nashri qachon chop etilgan ? 1984 yilda . 
22. O`zbekiston Respublikasining o`simliklar haqidagi Qizil 
kitobining ikkinchi nashri qachon chop etilgan ? 1998 yilda . 
23. O`zbekiston Respublikasining O`simliklar dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish to`g`risidagi qarori qachon tasdiqlangan ? 
1997 yili 26 dekabrda. 
24. O`simliklarning tabiatdagi ahamiyati ? Tirik mavjudotlar uchun 
hayot manbayi, tabiatni O
2
bilan boyitib CO
2
tozalaydi, tuproqning 
unumdorligini oshiradi uni yemrilishdan saqlaydi, iqlimga tasir etadi . 
25. Ayniqsa qaysi dorivor o`simliklarga talab ortmoqda ? Isiriq, 
chakanda, zubturum. 
26. Bevosita istemol qilinadigan o`simliklar ? Rovoch , do`lana.
27. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblangan o`simliklar ?
Shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar. 
28. O`zbekistonda, tabiiy holda qancha o`simlik o`sadi ? 4500. 
29. Asosan tog` etaklaridagi tekisliklarda , qir va cho`llarda o`sadi , 
respublikamizda 4 ta turi tarqalgan , mollar uchun to`yimli oziq 
bo`lgan o`simlik ? Yantoq. 
30. Xolmon, shirach, sallagul qanday o`simlik? Qizil kitobga 
kiritilgan
31. Seyshel palmasining mevasi ? Yong`oq 25 kg. 
32. Tanasida 200 l suv saqlovchi o`simlik ? Meksika kaktuslari. 
33. Jazirama issiqqa bardosh berib qum uyumlarda o`sadigan , 
barglari arang ko`rinadigan o`simlik ? Saksovul, qandim. 
34. Nilufarga xos xususiyat ? Guli suv yuzasida ochiladi, tanasi suv 
ostida, mevalari suv o`tkazmaydigan qobiqqa ega bo`lganligi tufayli 



suv orqali tarqaladi, suv ostidagi barglari lansetniksimon, suv ustidagi 
barglari voronkasimon. 
35. 6000 yilgacha umr ko`radigan daraxt ? Kanar orollaridagi ajdar 
36. Gulli o`simliklarning o`ziga xos xususiyati ? Ildiz ,poya, barg, gul, 
urug`, mevaga bo`linganligi. 
37. Nepentez, drosera, suvqaroqchisi qanday o`simlik ? Hashorotlar 
bilan oziqlanadigan. 
38. Raffleziya qayerda o`sadi, unga xos xususiyatlar ? Sumatra 
orolida , gulining diametri 1 m ga yetadigan ulkan gul, gul tojbarglari 
5 sm qalinlikda, poyasi, bargi yo`q, qo`lansa hidli, bu o`simlik boshqa 
o`simliklarning po`stlog`i orasiga kirib uning shirasi hisobiga 
yashaydi.
39. Tabiat ko`rki bo`lgan o`simliklar ? Jumagul, ko`zagul, sallagul, 
chinnigul, qizil lola. 
40. Tabobatimiz gavhari hisoblanadi ? Suv qalampir, isiriq, chakanda, 
namatak. 
41. Gulli o`simliklarning xilma-xilligi ? Ekologik sharoitning 
o`zgarishi. 
42. Gulli o`simliklarning asosiy organlarini aniqlang ? Ildiz, poya, 
barg, gul, urug`, meva. 
43. Noyob mevali o`simliklar ? Yong`oq, pista, bodom, safsan. 
44. Introduksiya ? Iqlimlashtirish. 
45. Paleobotanika ? Qazilma holdagi o`simliklar. 
46. Morfologiya ? O`simliklarning tashqi tuzilishi. 
47. Anatomiya ? O`simliklarning ichki tuzilishi. 
48. Geobotanika ? O`simliklarning yer yuzida tarqalishini. 
49. Sistematika ? O`simliklarning kelib chiqishi, tarixiy rivojlanishi 
o`xshashlik darajasiga qarab sistemaga solish. 
50. O`zbekiston respublikasining qizil kitobi ta`sis etilgan ? 1979-yil. 
51. O`simliklarning odam hayotidagi ahamiyati ? Oziq-ovqat, kiyim-
kechak, qurilish materiallari, uy-ro`zg`or buyumlari. 
52. Yovvoyi yem-xashak o`simliklari orasida 3 bargchali o`simlik ?
Beda, sebarga .
53. Yovvoyi yem-xashak o`simliklari orasida toq bargchalar o`rniga 
gajaklar hosil qiladigan o`simlik ? Burchoq. 
54. Yer yuzidagi gulli o`simliklarning qancha oila , turkum, turi bor ? 
533, 13000, 250000 .



55. Mevasi o`n yillar mobaynida pishib yetiladigan o`simlik ? Seyshel 
palmasi. 
56. Gullarining diametri 1 m ga yetadigan o`simlik ? Sumatra 
orolidagi rafleziya .
57. Kuvachaning ikkinchi nomi ? Nepentes. 
58. Xolmonning ikkinchi nomi ? Jumagul. 
59. Gulli o`simliklar bundan necha million yil avval kelib chiqqan ? 
140 million , urug`li qirqquloqlardan. 
60. Tabiatda o`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklar ? Rovoch, 
qulupnay, malina, ukrop, do`lana, tut, olxo`ri. 
61 Diyorimizda o`sadigan juda ko`p dorivor o`simliklar haqida 
ma`lumotlar beradigan asar ? Abu Rayhon Beruniyning tabobatga 
bag`ishlangan ‘’Kitob as-Saydana fit-tibb’’
62. O`rta Osiyoda o`sadigan ko`pgina dorivor o`simliklarni aniq 
tasvirlab, ularning shifobaxshlik xususiyatlarini to`liq ko`rsatgan asar 
? Abu Ali ibn Sinoning ‘’Tib qonunlari’’, ‘’Kitob ush-shifo’’ asarlari. 
63. Qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o`simlik 
turlari haqida qimmatli ma`lumotlar berilgan asar ? XI-asrda 
yashagan Mahmud Qoshg`ariyning‘’Devonu lug`otit turk’’ asari. 
64. O`zbekistonning tabiatdagi o`simliklarni har tomonlama o`rganish 
ishida qaysi institut xodimlari tomonidan nazariy va amaliy 
ahamiyatga ega ilmiy izlanishlar olib borilgan va ularning natijalarini 
aks ettiruvchi ko`p tomli asarlar qaysi institutda nashr etilgan ? 
O`zR.F.A. Botanika instituti (hozirgi o`simlik va hayvonot olami 
genofondi instituti)
65. O`zbekistonni tabiatdagi o`simliklarni har tomonlama o`rganish 
ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda darslik va boshqa asarlar yozishda 
o`zlarining katta hissalarini qo`shgan Akademiklar ? Q.Z.Zokirov, 
A.M.Muzaffarov, Y.P.Korovin, I.I.Granitov, F.N.Rusanov. 
66. O`simliklar dunyosi million yillar davomida qanday sharoitlarga 
moslashib
Shakllangan ? Turlicha iqlim sharoitiga, tuproqqa, namlikka. 
67. O`simlik dunyosi million yillar davomida odamlarni o`ziga qaysi 
belgilari bilan jalb qilib kelmoqda ? Hayotiy shakllari, yirik guli va 
mevasi, ildizi, salobatli shox-shabbasi, umrboqiyligi, ayrim mayday 
jonzotlar bilan oziqlanishi, kelgusi naslni o`z bag`rida voyaga 
yetkazib, mustaqil hayotga yo`llanma berishi kabi irsiy belgilari. 


10 
68. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan bargi 
murakkab bo`lganlari ? Qulupnay, malina. 
69. O`zi va mevasi iste`mol qilinadiganlardan hayotiy shakli o`t ? 
Rovoch, qulupnay, ukrop. 
70. O`zi va mevasi iste`mol qilinadiganlardan hayotiy shakli buta ? 
Malina, 
71. O`zi va mevasi iste`mol qilinadiganlardan hayotiy shakli daraxt … 
bu ? Do`lana, tut, olxo`ri. 
72. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan novdasi 
egiluvchan pishiq bo`lgani ? Tut. 
73.O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan yuqori qismi 
qurib pastidan yangi o`simlik hosil qiladigan ? Do`lana. 
74. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan barg yaprog`i 
50-70 sm -1 metrga yetdigani ? Rovoch, 
75. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan urug`i 1-3 sm 
chuqurlikda ekiladigani ? Ukrop. 
76. 
O`zi 
va 
mevasi 
iste`mol 
qilinadigan 
o`simliklardan 
ra`noguldoshlar oilasi vakili ? Qulupnay, malina, do`lana, olxo`ri. 
77. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan yozda qulay 
sharoitda jingalakdagi kurtaklardan barg va ildizchali kichik o`simlik 
tupi rivojlanadigani ? Qulupnay. 
78. Qizil Kitobga kiritilgan o`simliklardan bargi halqa hosil qilib 
joylashgan ? Xolmon. 
79. Qizil Kitobga kiritilgan o`simliklardan bargi ildiz bo`g`izida 
joylashgan ? Shirach. 
80. Qizil Kitobga kiritilgan o`simliklardan ikki xil hayotiy shaklga ega 
bo`lgan ? Sallagul. 
81. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan burchoqdoshlar oilasi vakillari ? Yantoq, beda, 
sebarga . 
82. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan sho`radoshlar oilasi vakillari ? Izen, keyreuk, saksovul.
83. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan murakkabguldoshlar oilasi vakili ? Shuvoq . 
84. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan bug`doydoshlar oilasi vakili ? Javdar. 
85. O`zbekistonning tabiatdagi o`simliklarni har tomonlama o`rganish 
ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda darslik va boshqa asarlar yozishda 


11 
o`zlarining 
katta 
hissalarini 
qo`shgan 
professorlar 
?
M.M.Orifxonova, S.S.Saxobiddinov, O`.P.Pratov . 
86. O`zbekistonda yo`qolish xavfi ostidagi o`simliklar ? O`zbekiston 
Respublikasining Qizil Kitobiga kiritilgan. 
87. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan bargi murakkab ? Beda, sebarga 
88. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan bargi oddiy ? Shuvoq, yantoq, izen, keyreuk, saksovul, 
javdar 
89. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan gullari qiyshiq ? Yantoq, beda, sebarga . 
90. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklarnidan popuk ildiz sistemasiga ega ? Javdar. 
91. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan hayotiy shakli o`t, ? Yantoq, beda, sebarga, javdar. 
92. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan hayotiy shakli daraxt ? Saksovul. 
93. 
Chorva 
mollari 
uchun 
to`yimli 
ozuqa 
hisoblanadigan 
o`simliklardan hayotiy shakli yarim buta ? Shuvoq, izen, keyreuk.
94. O`zbekiston Respublikasining o`simliklar haqidagi qizil kitobining 
birinchi nashriga nechta o`simlik kiritilgan ? 163 ta . 
95. O`zbekiston Respublikasining o`simliklar haqidagi Qizil 
kitobining ikkinchi nashriga nechta o`simlik kiritilgan ? 301 ta . 
96. O`rta Osiyoda tabiiy holda qancha o`simlik o`sadi ? 8000. 
97. Yer yuzida tabiiy holda qancha o`simlik o`sadi ? 500000. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling