O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


 O`zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob

10. O`zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi. 
1. Abu Rayxon Beruniyning tabobatga bag`ishlangan asari ? ’’Kitob 
As-Saydana fit tibb’’ 
2. Abu Ali ibn Sinoning tabobatga bag`ishlangan asari ? ’’Kitob al 
qonun fit tibb’’, ’’Kitob ush-shifo’’ 
3. Turkistonda o`sadigan ko`pgina dorivor o`simliklarni tavsiflab, 
ularning shifobaxshlik xususiyatlarini ko`rsatadigan asar ?
’’Kitob As-Saydona fit tibb’’, ’’Kitob al qonun fit tibb’’, ’’Kitob 
ush-shifo’’ 
4.” Turkiston florasining ro`yxati” deb nomlangan kitobni chop etgan 
olimlar ? B. F. Fedchenki onasi O. A. Fedchenko. 
5.” Turkiston florasining ro`yxati “nechanchi yillarda chop etilgan ? 
1906-1916 yillarda. 
6. O`rta Osiyo hududida o`sadigan o`simliklarni har taraflama ilmiy 
asosda o`rganish O`rta Osiyoda, jumladan O`zbekistonda qachon 
boshlandi ? XX -asrning 20 - yillaridan. 
7. O`rta Osiyo Davlat universiteti va O`zbekiston Fanlar Akademiyasi 
va uning tarkibidagi Botanika instituti qachon tashkil topdi ?
O`rta Osiyo Davlat universiteti XX -asrning 20 - yillarda, 
O`zbekiston Fanlar Akademiyasi uning tarkibidagi Botanika instituti 
40 -yillarda. 
8. O`zbekiston markaziy gerbariysi qancha nusxada ? Bir milliondan 
ortiq nusxada. 
9. O`zbekiston markaziy gerbariysida qancha o`simlik turlari 
saqlanadi.? 10000 dan ortiq. 
10. O`zbekiston florasi nechanchi yillarda chop etildi ? 1941-1962 
yillarda. 


40 
11. O`zbekiston florasi qaysi olim rahbarligida yaratilgan ? A. I. 
Vvedenskiy. 
12. O`zbekiston florasida qancha o`simlik turi haqida to`liq ma`lumot 
berilgan ? 138 oilaga oid 4230 ta. 
13. 10 jildli O`rta Osiyo o`simliklar aniqlagichi nechanchi yillarda 
yaratildi.? 1963-1993 yillarda. 
14. O`rta Osiyo o`simliklari aniqlagichi qancha o`simlik turini o`z 
ichiga oladi.? Tabiiy holda o`sadigan 125 oila, 1151 turkumga 
mansub 8094 turni. 
15. Vatanimizdagi o`simliklar dunyosini aks ettiruvchi monografiya ?
O`zbekistonda o`simliklar qoplami.
16. O`zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga hissa qo`shgan 
akademiklar ?
Q. Z. Zokirov, Y.P. Korovin, A. M. Muzaffarov, J. K. Saidov. 
17. O`zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga hissa qo`shgan 
professorlardan ? 
M. G. Popov, I. I. Granitov, M. M. Orifxonova, A. U. Usmonov,
S. S. Sahobiddinov, P. Q. Zokirov. 
18. O`zbekistonda qadimgi geologik davrlarda o`sib so`ng toshga 
aylangan o`simliklarning yog`ochi, meva, urug` va changlari asosida 
nashr etilgan asar ? ’’O`zbekiston paleobotanikasi’’ 
19. F.N.Rusanov nomidagi botanika bog`ida chet ellardan turli yo`llar 
bilan olib kelingan bir necha ming tur o`simlikning O`zbekiston 
sharoitida o`sishi va moslashishiga oid ilmiy ishlar haqida ma`lumot 
beradigan asar ? ’’O`zbekiston dendrologiyasi’’ 
20. 2010 yilda chop etilgan O`zbekiston Respublikasining ’’Qizil 
Kitob’’iga nechta o`simlik kiritilgan ? 322 ta. 
21. O`rta Osiyo, shu jumladan, hozirgi O`zbekiston o`simliklariga oid 
ma`lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan qaysi 
olimlar asarlarida uchratamiz ?
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg`ariy. 
22. O`rta Osiyo, shu jumladan, hozirgi O`zbekiston o`simliklariga oid 
ma`lumotlarni qaysi asarlarda uchratamiz ?
‘’Kitob as-Saydana fit-tibb’’, Kitob al-qonun fit - tibb’’, ‘’Kitob ush-
shifo’’, ‘’Devonu lug`atit turk’’, Turkiston florasi, O`zbekiston florasi, 
O`rta Osiyo o`simliklar aniqlagichi, O`zbekiston paleobotanikasi
Cho`l osimliklari ekologiyasi, O`zbekiston dendrologiyasi



41 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling