O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/39
Sana31.01.2024
Hajmi0.68 Mb.
#1829017
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
5-6 savol javob polna kitob


partenotsissus. 
55. Yotib o`suvchi buta ? Terakbargli liftok. 
56. Palak yoyib o`suvchi poya ? Qovoq, qovun, tarvuz, bodring, 
temirtikan. 
57. Yer yuzasida qo`shimcha ildizlar chiqarib o`sadigan o`simliklar ?
Qulupnay, g`ozpanja, ajriq. 
58. Qulupnay, g`ozpanja, ajriq qanday poya hosil qiladi ?
O`rmalovchi. 
59. Poyalarning yo`g`onligiga ko`ra xillari ? Ipsimon, yo`g`on. 
60. Ipsimon poya ? Pechak. 
61. Poyasining eni 8-10 metrga yetadigan o`simlik ? Chinor. 
62. Poyalar ko`ndalang kesimiga ko`ra qanday xillarga bo`linadi ?
Yumaloq, uch qirrali, to`rt qirrali, qanotli,
63. Uch qirrali poya ? Hilol, salomalaykum. 
64. To`rt qirrali poya ? Rayhon . 
65. Yumaloq poya ? Bug`doy. 
66. Poyalar yuzasiga qarab qanday xillarga bo`linadi ? Silliq, tukli. 


30 
67. Ma`lum bir maydonda ko`p sondagi o`simlik turlariga o`sish 
imkonini beradi ? Poyalarning xilma-xil ko`rinishlari. 
68. Qaysi o`simliklarning poyasi tuklar bilan qoplangan ? Jag`-jag`,
g`o`za, qovoq. 
69. Poyani yuzasi nima bilan qoplangan ? Bir qavat hujayralardan 
tashkil topgan epiderma bilan. 
70. Poyaning epiderma qavati ostida nima joylashgan ? Ko`p qavatli 
tirik hujayralar hosil bo`lgan po`st parenximasi. 
71. Po`st parenximasining ikkinchi nomi ? Asosiy to`qima. 
72. Po`st parenximasi ostida joylashgan qavat ? Lub. 
73. Poyaning lub qavati qanday nomlanadi ? Floema, oq po`st. 
74. Poyaning lub qavatidan ichkarida qaysi qavat bo`ladi ? Kambiy. 
75. Kambiy qavatidan ichkarida joylashgan qavat ? Ksilema. 
76. Yog`ochlik qanday nomlanadi ? Ksilema. 
77. Poyadagi yasmiqchalar qanday vazifani bajaradi ? Nafas olish. 
78. Poyani o`rtasida joylashgan qavat ? O`zak. 
79. Po`st asta-sekin po`kaklasha boradi va nimani hosil qiladi ? 
Po`stloq. 
80. Po`kak qalinlashgan sari po`stloqdagi qaysi hujayralar kamayadi ? 
Tirik hujayralar. 
81. Po`stloq qavati qayerlarda qalin bo`ladi ? Tanada, eski shoxlarda. 
82. Qaysi o`simlik novdasining po`stlog`i egiluvchan , pishiq bo`ladi 
? Tut. 
83. Tut novdasining pishiq egiluvchan bo`lishi nimaga bog`liq ? Lub 
tolalariga. 
84. Novdaning ichki tuzilishi ? Epiderma, po`st parenximasi, lub,
kambiy, kselema, o`zak. 
85. Qaysi daraxtda lub tolalari ko`p ? Tut. 
86. Lub tolalari ko`p bo`lgan o`simliklarga ? Kanop, zig`ir. 
87. Lubda qanday naylar bo`ladi, ular orqali qanday moddalar 
harakatlanadi ? Elaksimon naylar bo`ladi, organik moddalar 
harakatlanadi. 
88. Yog`ochligi qattiq o`simliklar ? Qayrog`och, zarang, saksovul, 
yulg`un, yong`oq, eman, o`rik. 
89. Yog`ochligi yumshoq o`simliklarga ? Tol, terak, jiyda, aylant. 
90. To`rsimon naychalarning tuzilishi ? Teshikli to`siqlar bilan 
bo`lingan, cho`ziq, ingichka naychalar, ular orqali organik moddalar 
harakat qiladi. 


31 
91. Poyaning qaysi qavatida to`rsimon naylar bo`ladi ? Lub qavatida. 
92. Tut daraxtining shoxlarining pishiq hamda egiluvchan bo`lishi 
poyaning qaysi qismiga bog`liq ? Lub tolalariga. 
93. Po`stloq va yog`ochlik kambiydan hosil bo`lar ekan, nima uchun 
yog`ochlik nisbatan yo`g`on, po`stloq esa nisbatan yupqa bo`ladi ?
Kambiyda bo`lingan hujayralarning ko`p qismi yog`ochlikka aylanadi. 
94. Yog`ochlikning nay tolali bog`lamlarini nima hosil qiladi ? 
Lubning to`rsimon naychalari, ularni o`rab turgan tolalar , yog`ochlik 
naylari, yog`ochlik tolalari bilan birgalikda nay tolali bog`lamlarni 
hosil qiladi. 
95. Soya, qorong`u joyda o`sgan poyalar qanday belgilarga ega 
bo`ladi ? Nozik, zaif bo`lib, o`zi uchun zarur oziq moddalar hosil qila 
olmasligi tufayli tezda qarib qoladi. 
96. Poyaning uchki qismini chilpish qaysi o`simlikda qo`llaniladi ? 
G`o`zada 
97. Besh yoshli archaning bo`yi ? 10-15 sm yetadi. 
98. Qaysi o`simlik bir yozda 10 m gacha o`sadi ? Tok. 
99. O`zbekistonda tez o`sadigan daraxtlarga ? Tol, terak, chinor, 
yong`oq, gilos,
100. O`zbekistonda sekin o`sadigan daraxtlarga ? Nok, do`lana, 
qatrong`i, pista. 
101. Gigant daraxtlarga ? Avstraliya evkalipti, Sekvoyadendron. 
102. Pastki qismining yo`g`onligi 46 m ga teng bo`lgan daraxt ?
Sekvoyadendron . 
103. Bahorda oziq moddalar ko`proq poyaning qaysi qismiga oqib 
keladi ? Kambiyga. 
104. Poyadagi yillik halqalarga qarab qaysi o`simlikning yoshini 
aniqlab bo`lmaydi ? Saksovul. 
105. Tanasi eniga va bo`yiga sekin o`sadigan daraxtlarga ? Nok, 
shamshod, archa. 
106. Bo`lingan hujayralarning ko`p qismi kambiydan ichki tomonga 
qarab o`sib qaysi hujayralarga aylanadi ? Yog`ochlik. 
107. Bo`lingan hujayralarning kam qismi kambiydan tashqariga qarab 
o`sadi ? Lub hujayralarga aylanadi. 
108. Bahorda kambiyga suv va oziq moddalar ko`p borganidan uning 
bo`lingan hujayralari qanday bo`ladi ? Yirik. 
109. Yozda kambiyda bo`lingan hujayralar mayda bo`lishiga sabab ?
Oziq moddalar va suv kamaya boradi. 


32 
110. Kambiy hujayralar qachon bo`linishdan to`xtaydi ? Kuzda. 
111. Yog`ochlikning bir yil davomida hosil bo`lgan qavati ? Yillik 
halqa deyiladi. 
112. Yozda kambiy hujayralarning bo`linishi natijasida hosil bo`lgan 
hujayralar bahorgisidan nima bilan farq qiladi? Hujayralarni 
maydaroq bo`lishi bilan. 
113. Yog`ochlikdagi yillik halqalar poyaning qaysi qismi hisobiga 
hosil bo`ladi? Kambiy. 
114. Suv va unda erugan mineral tuzlar poyaning qaysi qismi orqali 
harakatlanadi? Yog`ochlik naylar. 
115. Mittigina urug`dan unib chiqib bitta qubbasida 200 tagacha urug` 
bo`ladigan o`simlik ? Sekvoyadendron. 
116. Halqalarning soniga va enli yoki ensizligiga qarab nimani 
aniqlash mumkin ? Daraxtlarning yoshini , qanday sharoitda 
o`sganligini, qutb tomonlarini. 
117. Yoz quruq kelib suv va oziq moddalar kam bo`lsa, halqalar 
qanday bo`ladi ? Halqalar ensiz. 
118. Daraxtlar tanasidagi halqalar janubga qaragan tomoni ? Enli. 
119. Daraxtlar tanasidagi halqalar shimolga qaragan tomoni ? Ensiz. 
120. O`zbekistonda qaysi daraxtlar 500-700 hatto 1000 yil yashaydi? 
Chinor va archa. 
121. Qaysi daraxtlarning tanasi tez yo`g`onlashadi ? Tol, terak, 
chinor, yong`oq, shotut. 
122. O`simliklarning eniga tez va sekin o`sishi qaysi qavat 
hujayralarining faoliyatiga bog`liq ? Kambiy. 
123. 196 ming urug` bir kg ni tashkil etadigan o`simlik ? 
Sekvoyadendron. 
124. O`simliklarning turlicha umr ko`rishi nimaga bog`liq ? 
O`simliklarning hayotiy shakli, o`ziga xos xususiyatlarga. 
125. Cho`lda keng tarqalgan qaysi oilaning ko`pchilik vakillari aprel 
oyidan dekabr oyigacha qurimasdan o`sib turaveradi ? Sho`radoshlar . 
126. Sekvoyadendron – ajdar daraxti necha yil yashaydi ? 4000-6000 
yil. 
127. G`o`zani chilpish orqali organik moddalarni barglardan qayerga 
yo`naltirish mumkin ? Gul, mevalarga . 
128. Shakli o`zgargan yer osti poyalarning biologik ahamiyati 
nimadan iborat ? O`simliklarni noqulay tashqi sharoitdan saqlaydi, 
oziq moddalar to`plash, vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi . 


33 
129. Shakli o`zgargan yer osti novdalar qayerda shakllanadi ? Tuproq 
orasida . 
130. Shakli o`zgargan yer osti novdalarning qanday xili bor ? Piyozli, 
tugunakli, ildiz poyali. 
131. Qanday o`simliklar piyoz boshli o`simliklar deyiladi ? Tuproq 
orasida piyoz hosil qiladigan. 
132. Piyoz boshli o`simliklarga qaysi o`simliklar kiradi? Bosh piyoz
sarimsoq piyoz, anzur piyoz, lola, boychechak. 
133. Piyoz tashqi tomondan nima bilan o`ralgan ? Quruq qobiq bilan
134. Piyozning poyasi ? Kalta poya. 
135. Piyozning bargi ? Shakli o`zgargan barg, o`zida oziq modda 
to`playdi. 
136. Piyozning tubidan pastga qarab ? Qo`shimcha ildizlar . 
137. Piyozning tubidan yuqoriga qarab ? Seret barglar o`sadi . 
138. Piyozning seret barglari o`rtasida nima joylashgan ? Kurtaklar. 
139. Piyozning o`rtasidan, ya`ni piyoz tubidan nima o`sib chiqadi ?
Bargchalar, gulband. 
140. Piyoz tarkibida nima bo`ladi ? Shakar, darmondori, mikroblarni 
qiruvchi moddalar . 
142. Lola, boychechak, nargis qanday o`simlik ? Piyozboshli . 
143. Tugunakli o`simliklar ? Kartoshka, shoyigul, batat, zira, 
begoniya. 
144. Tugunakli o`simliklarning keng tarqalgani ? Kartoshka . 
145. Kartoshkaning o`ziga xos belgisi ? Tugunagi yumaloq shaklda 
bo`lib o`zida ko`p miqdorda oziq moddalar saqlaydi, ichki tuzilishi 
jihatidan novdaga o`xshaydi. 
146. Tugunaklarning boshqa yer osti novdalardan farqi ? 
Tugunaklardagi chuqurchalarda ko`zchalarida kurtaklar 
joylashganligi bilan. 
147. Tugunaklar qanday sharoitda tez ko`karadi ? Issiq, sernam . 
148. Tugunakdagi kurtaklardan nima o`sadi ? Yangi novda. 
149. Kartoshka tugunagiga kuchsiz yod eritmasi tomizilsa ? U 
kraxmal borligi uchun ko`karadi. 
150. Bahorda kartoshka tugunaklari yerga ekilganda ularning 
kurtaklari nima bilan oziqlanadi va o`sadi ? Shakar eritmasi bilan. 
151. Ildizpoyali dorivor o`simlik ? Shirinmiya. 
152. Ildizpoyaning tuzilishi ? Qo`shimcha ildiz, shakli o`zgargan 
barg, kurtak. 


34 
153. Ildizpoyalarda nima to`planadi ? Kraxmal, boshqa oziq 
moddalar. 
154. So`nggi yillarda kartoshkani qaysi qismidan ko`paytirish yo`lga 
qo`yilgan ? Ko`zchalaridan. 
155. Ildizpoyali begona o`tlarga ? G`umay, bug`doyiq, qamish, ajriq, 
salomalaykum. 
156. Ildizpoyali , efir moyli o`simlik ? Yalpiz. 
157. Ildizpoyali, manzarali o`simlik ? Binafsha, gulsafsar . 
158. Ildizpoyali, tugunakli o`simlik ? Salomalaykum, kartoshkagul. 
159. G`umayga xos xususiyatlar ? Ko`p yillik yo`g`on ildizpoyali 
o`simlik, bo`yi 50-150 sm, bargi qalami nashtarsimon ildizpoyasi 
urug`idan ko`payadi. 
160. G`umayga qarshi qanday kurashish mimkin ? Yerni chuqur 
haydash, ildizpoyani terib tashlash. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling