O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Ochiq urug`li o`simliklar ( Qarag`aytoifa) bo`limi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
21. Ochiq urug`li o`simliklar ( Qarag`aytoifa) bo`limi.
1. Ochiq urug`lilarning erkak qubbalarida nima hosil bo`ladi ? Chang 2. Ochiq urug`li o`simliklarning ochiq urug`li deyilishiga sabab ? Ochiq urug`li o`simliklarning urug`i maxsus qubbalarda ochiq holda yetishgani uchun. 4. Archani barglari ? Juda mayda, yashil rangli, tangachasimon. 5. Tog`larning 3500-4500 m balandlikdagi yonbag`irlarida sovuq ,doimiy shamol ta`sirida qanday turlari uchraydi ? Yer bag`irlab o`sishga moslashgan turlari. 6. Archaning bargi qaysi paytda to`kiladi ? Yil davomida. 7. Urug`lanishdan so`ng urug`chi qubbada qanday o`zgarishlar kuzatiladi ? Urug`chi qubbani tashkil qilgan tangachalar tezda o`sadi, yo`g`onlashadi, o`zlaridan ajralib chiqqan smola orqali bir-birlari bilan qo`shilib qubbani o`rab turuvchi etdor yumshoq po`stga aylanadi. 8. Ochiq urug`lilar qanday ko`payadi ? Urug`idan 9. Archaning urg`chi qubbasi xalq orasida ? Qubbameva yoki archa meva deyiladi. 10. Archani daraxt bo`lib yetilishi uchun qancha vaqt kerak ? 100 yildan ortiq. 11. Archada tuxum hujayra qayerda yetiladi ? Urug`kurtakdagi arxedoniy ichida 12. Archaning urug`chi qubbalari urug`langandan keyin necha yilda pishadi ? Ikki yoki uchinch yilda . 13. Archa o`ziga xos o`rmonlar- archazorlar hosil qiladi ? Tog`ning yuqori qismidagi toshloq va tuproqli yonbag`irlarda suv ayirg`ichlar , dalalar ichida . 14. O`rta Osiyoda archaning nechta yovvoyi turi o`sadi ? 7 ta . 15. O`zbekiston tog`larida katta-kichik archazorlar hosil qiladi ? Zarafshon archasi, Turkiston archasi, saur archasi. 16. Virgin archasining vatani ? Shimoliy Amerika. 69 17. Virgin archasi manzarali daraxt sifatida ekiladi ? Shahar ko`chalarida, maydonlarida, xiyobonlarda, istirohat bog`larida. 18. Archadoshlar oilasiga mansub daraxtlardan biri ? Sharq saur 19. Sharq sauri qaysi belgisi bilan archaga o`xshaydi ? Tana bargining tuzilishi bilan. 20. Sharq Sauri qaysi belgisi bilan archadan farq qiladi ? Yosh novdalarning o`ziga xos shoxlanishi , pishgan qubbalarning notekis choklar orqali ochilishi bilan. 21. Archa nega ikki uyli o`simlik deb ataladi ? Changchi qubbasi bitta archada , urugchi qubbasi ikkinchi-archada yetilgani uchun . 22. Qarag`ay qaysi oilaga mansub ? Qarag`aydoshlar. 23. Yer yuzida qarag`ay turkumining qancha turi bor ? 100 ga yaqin. 24. Qarag`ay turkumi vakillari qayerlarda tarqalgan ? Shimoliy yarimsharda. 25. Qayerlarda katta-katta qarag`ay o`rmonlari mavjud ? Yevropa, Osiyo, Amerikada. 26. Qarag`aylar qayerda tabiiy holda o`smaydi ? O`zbekistonda. 27. Xushmanzara, yog`ochbop o`simlik sifatida ekib o`stiriladigan o`simlik ? Qarag`ay. 28. Oddiy qarag`ayning belgilari ? Bir uyli yorug`sevar, doimiy yashil tanasi qizg`ish-qo`ng`ir barglar novdalarda ikkitadan bo`lib o`rnashgan , uzunligi 5-7 sm. 29. Virgin archasining archadan farqi ? Virgin archasi tez o`sadi. 30. Archazorlar tabiatda qanday ahamiyatga ega ? Qorni tez eritadi , ko`chishiga yo`l qo`ymaydi, tuproq hosil qiladi, suvni tuproqqa ko`p shimishiga yordam beradi. 31. Bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning uchida paydo bo`ladigan qarag`ay qubbasi ? Urug`chilik qubbalari. 32. Urug`chi qubbaning o`rtasidagi urug`chi tanachalarda nechta urug`kurtak bo`ladi ? 2 ta urug`kurtak. 33. Qarag`ayning qubbasi necha yilda yetiladi ? 2 yilda. 34. Qarag`ay o`rta hisobda necha yil yashaydi ? 200-400. 35. Qarag`ayning xususiyatlari ? Yog`ochbop, dorivorlik, oily nav qog`oz, texnik spirt olinadi. 36. Archa necha uyli o`simlik ? Ikki uyli. 37. Archaning yosh novdalaridagi boshoqchalarida nima yetiladi ? Chang 70 38. Archaning qaysi qubbasi 0,5-1 sm keladi, sharsimon bo`ladi ? Urug`chili qubbasi. 39. Ochiq urug`li o`simliklarning urug`kurtagida nima yetiladi ? Arxedoniy unda tuxum hujayra . 40. Yer yuzida ochiq urug`li o`simliklarning qancha turi bor ? 700. 41. Ochiq urug`li o`simliklarga qaysi o`simliklar kiradi ? Archa, virgin archasi, saur qarag`ay, qora qarag`ay. 42. Qaysi yuksak o`simliklar bo`limi daraxt butalardan tashkil topgan ? Ochiq urug`li . 43. O`zbekistonda ochiq urug`lilarning qancha turkumi bor ? 18 . 44. O`zbekistonda ochiq urug`lilarning qancha turi bor ? 40 . Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling