O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
27. Ituzumdoshlar oilasi.
1. Ituzumdoshlarning gul formulasi ? Gk (5) Gt (5) Ch 5 U 1. 2. Ituzumdoshlarning yer yuzida qancha turi va turkumi bor ? 3000 tur, 80 turkum. 3. Ituzumdoshlarning O`zbekistonda qancha tur, turkumi bor ? 11 turkum, 36 tur. 4. Ituzumdoshlarga qanday hayotiy shakldagi o`simliklar kiradi ? Bir yillik va ko`p yillik o`tlar, qisman yarim butalar yoki butalar. 5. Ituzumdoshlarning poyasi ? Tik, yonboshlab yotib o`suvchi, shakli o`zgargan, yer osti novda. 6. Ituzumdoshlarning bargi ? Oddiy, butun yoki bo`lingan. 7. Ituzumdoshlarning gullari ? To`g`ri, qiyshiq, ikki jinsli, yakka- yakka barglar qo`ltig`ida yoki poyashoxlar uchidagi gajak to`pgulda joylashgan. 8. Ituzumdoshlarni 5 ta changchilari qayerda o`rnashgan ? Gultojbargning qo`shilishidan hosil bo`lgan nayda. 9. Qaysi oilalarning mevasi rezavor meva yoki ko`sakcha ? Ituzumdoshlar, loladoshlar . 10. Qora ituzumga xos xususiyat ? Bir yillik o`t, bo`yi 25-50 sm, bargi oddiy uzunchoq tuxumsimon, gullari oqish shoxlari uchidagi gajak to`pgullarda 3 tadan 10 tagacha joylashgan, iyun oyi oxiridan to tupini sovuq urguncha gullayveradi, sharsimon rezavor mevasi avgustning oxirida qorayib pishadi, mevalari C darmondoriga boy, 11. Ituzum turkumiga oid sabzavot ekinlariga ? Kartoshka, baqlajon, 12. Qo`lansa hidli, o`ta zaharli shu bilan bir qatorda dorivor o`simlik ? Mingdevona, bangidevona. 13. Ituzumdoshlarga qaysi o`simliklar kiradi ? Ituzum, kartoshka, baqlajon, mingdevona, bangidevona , pomidor, garmdori ( qalampir) chilim tamakisi, maxorka tamakisi. 14. Tamaki barglari qayerda ishlatiladi ? Maxorka, papiros, sigara, zararli hashorotlarni nobut qiluvchi preparatlar va dorilar tayyorlashda. 15. Tamaki barglari tarkibidagi zaharli modda nikotin qaysi sistemaga zararli ta`sir qiladi ? Asab, qon tomir. 16. Ituzumdoshlardan Qizil Kitob ga kiritilgan tur ? Oloy xiyoli. 17. Oloy xiyoli qayerda o`sadi ? Shohimardon va So`x daryolari vohalari, Farg`ona viloyatida. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling