O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari fanidan amaliy mashg`ulotlarni
Download 1.47 Mb.
|
Usubiy (amaliy)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`llanma va anjomlar
- Umumiy ma`lumotlar
Ishdan maqsad: Korxonada andaza turlari va ularni ko`paytirish usullarini o`rganishdan iborat
Ishning mazmuni: 1. O`rta razmer va bo`ydagi tikuv buyumining andazalari 2. Gradasiya o’lcham va bo’ylar guruhiga andaza ishlab chiqish jarayoni 3. Konstruksiyalarni o’rnashuv sifatini ta’minlash Qo`llanma va anjomlar: Laboratoriya jihozlari, Davlat standartlari va o`quv qurollari. Foydalanilgan adabyotlar Rasulova M.K., Isroilova B.G., Asadullayeva M.Sh Kiyim ishlab chiqarish texnologiyasi O`quv qo`llanma. TTYeSI 2014 y-361 b М. Ш. Жабборова «Тикувчилик технологияси», Олий ўқув юртлари учун дарслик .Тошкент «Ўзбекистон» 1994 й. -414 b. Umumiy ma`lumotlar Ishlab chiqarish sharoitida model detallarinig dastlabki, ya`ni original andazalari model tavsiya qilingan razmerlar va to`lalik guruhining faqat bitta o`rta bo`y va razmeriga tayyorlanadi. Andazalarning qolgan razmer va bo`ylari esa dastlabki bo`y va razmerdagi andazalarni proporsional ravishda rasmiy qoidalarga ko`ra, kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali olinadi. O`rta razmer va bo`ydagi tikuv buyumining andazalari asosida model tavsiya qilingan qator razmer va bo`ydagi andazalar komplektlarini loyihalash jarayoni andazalar gradatsiyasi deyiladi. Bir xil razmer va bo`ydagi tipaviy qomatlar tanasining tuzilishi har xil to`lalik guruhida farqlanadi, shu bois gradatsiya bir to`lalik guruhi ichida razmer va bo`ylar bo`yicha alohida-alohida ishlanadi, lekin to`lalik guruhlari bo`yicha andazalar ko`paytirilmaydi. Andazalar gradatsiyasi tipoviy qomatlar o`lchamlarining o`zgaruvchanligi bilan bog`langan bo`ylararo va razmerlararo ortirmalar yordamida amalgam oshiriladi. Andazalar gradatsiyasi dastlabki andazalar komplektidan tashqari, andazalar nomerlarini olish jarayonini osonlashtiradi va tezlatadi. Lekin, ayni holda noto`g`riliklar yuz berishi tufayli, chetdagi razmerlar konstruktsiyasida qomatda kiyim o`rnashuvining sifati pasayishi mumkin. Shu bois gradatsiya paytida konturi o`zgartirilgan barcha bo`y, razmerdagi andazalar silueti va praportsiyasining bazaviy razmer va bo`y bo`yicha etalonga mosligi, asosiy talablardan biri hisoblanadi. Andazalar konturi o`zgartirilganda asosiy konstruktiv nuqtalar razmerlararo yoki bo`ylararo ortirmalar qiymatiga suriladi. Ushbu nuqtalarni birlashtiradigan chiziqlar ham ularga mos ravishda ko`chiriladi. Gradatsiya jarayoni qator omillar ta`siri ostida o`tadi. Gradatsiya nazariyasi ta`sir etuvchi omillarni va ularning o`zgaruvchanlik qonunyatlarini o`rganishga asoslangan. Andazalar gradatsiyasining jarayoniga ta`sir etuvchi e`tiborli omillar qatoriga o`lchamlar o`zgaruvchanligi, konstruktsiyani hisoblash formulalarining tuzilishi, andazalar gradatsiyasida dastlabki o`qlarga nisbatan konstruktiv nuqtalarning surilish qiymatini hisoblash usuli, buyumning bichimi va materialining xususiyati kiradi. Andazalarni tеhnik ko’paytirishdan maqsad bazaviy tipavoy figuralarga tayyorlangan modеl konstruksiyasi dеtallarining andazalari bo’yicha yosh va to’lalik guruhining chеgarasida hamma o’lcham va bo’ylararolarining andazalar komplеktini tuzishdan iborat. O’rta o’lcham – bo’y asosida kiyim andazalari komplеktini turli o’lchamlar va bo’ylarga loyihalash jarayoni – andazalarni gradasiyalash dеyiladi. Tipaviy qomatlarni guruhlashga mos ravishda o’lcham (razmer) va bo’y bo’yicha gradasiya bajariladi. To’lalik guruhiga ko’ra odatda gradasiya o’tkazilmaydi, chunki har xil bo’y- bastlikdagilar turli xil to’lalik guruhiga mansub bo’lishi mumkin. Zero stabil assortimentdagi konstruksiyasini ishlab chiqish va yuqori darajada unifikasiyalashtirishda to’lalikka qarab ham gradasiyani bajarishga yo’l qo’yiladi. Gradasiya o’lcham va bo’ylar guruhiga andaza ishlab chiqish jarayonini soddalashtiradi, hamda tezlashtiradi. Ammo gradasiya chizmasida noaniqlikdan foydalanilsa so’ngi razmer (bo’y) konstruksiyasida noto’g’rilik xavfi kelib chiqadi, natijada iste’molchining gavdasida kiyim o’rnashuvining sifatini pasayishiga olib keladi. Sanoat uchun ishlab chiqarish sharoitida gradasiya sifati katta razmerning tayyor bo’lishi, hamda tipaviy qomatga yaqin bo’lgan jussada kiyim o’rnashuvini tеkshirish bilan baholanadi. Buyumning qomatga mos kelmasligi yoki gradasiya chizmasidagi bazaviy o’lcham modelining tashqi ko’rinishi to’g’ri kelmasligi natijasida andazalar gradasiya shеmalariga tahrir kiritish kerak bo’ladi. Konstruksiyalarni o’rnashuv sifatini ta’minlash uchun har qanday andaza gradasiyasi: iste’molchilarning tipaviy qomatlariga mos keluvchi turli hil o’lcham va bo’ydagi buyumlarning mosligi; bazaviy o’lchamdagi buyumlarning siluet va mutonosibligini saqlash; buyum dеtallarining biriktirish chiziqlari bo’yicha solqi m’yorlarini (yeng o’mizi va qiyamasi, yoqa va bo’yin o’mizi), tеhnologik qo’shimchalar kattaligini (kirishtirish, ishlov bеrish, choklar va h.k) miqdorini e’tiborga olish; turli o’lchamdagi dеtallarda tanda ipi yo’nalishini saqlash; konstruktiyalash formulasiga binoan qurilgan va gradasiyalash usulida olingan konstruksiyaning mosligi; EHMni qo’llash mumkinligi; erkak, ayol va bolalar konstruksiyalarining gradasiyalariga yagona yondashuv; turli bo’y va o’lchamdagi qomat shakli va o’lchamlarning dinamikada o’zgaruvchanligi bilan kiyimlarning o’zoro ta’sir shart-shoroitlarini saqlashni ta’minlash lozim. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling