O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari fanidan amaliy mashg`ulotlarni


Download 1.47 Mb.
bet14/16
Sana10.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1086812
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Usubiy (amaliy)

10-AMALIY MASHG`ULOT


Mavzu: Korxonada gazlamalardan ratsiоnal fоydalanish yo`llarini o`rganish


Ishdan maqsad: Korxonada gazlamalardan ratsiоnal fоydalanish yo`llarini o`rganishdan iborat


Ishning mazmuni:



  1. Gazlamani rasional sarflashni hisoblash

  2. Tikishbop konstruksiyali kiyimning detallari



Qo`llanma va anjomlar: Laboratoriya jihozlari, Davlat standartlari va o`quv qurollari.
Foydalanilgan adabyotlar

  1. Rasulova M.K., Isroilova B.G., Asadullayeva M.Sh Kiyim ishlab chiqarish texnologiyasi O`quv qo`llanma. TTYeSI 2014 y-361 b

  2. М. Ш. Жабборова «Тикувчилик технологияси», Олий ўқув юртлари учун дарслик .Тошкент «Ўзбекистон» 1994 й. -414 b.



Umumiy ma`lumotlar
Gazlamani rasional sarflashni hisoblash osonroq bo`lishi uchun uzunligi har xil bir nechta bo`rlama tayyorlangani maqul. Xuddi shu maqsadda kattalar kiyimi andazalarini bolalar kiyimi andazalari bilan birga joylashtirsa xam bo`ladi, lekin bunda ikkala kiyim artikuli bir xil gazlamadan tikiladigan bo`lishi shart.
Gazlama yalang qavat to`shalsa, uning sarf bo`lishi buklab to`shalgandagiga qaraganda 1-1,5% kamayadi. Lekin bunda ham o`ngini o`ngiga qaratib yalang qavat to`shalsa, o`ngini faqat pastga qaratib to`shalganiga nisbatan kamroq gazlama sarflanadi.
Tikishbop konstruksiyali kiyimning detallari keyingi ish jarayonida qo`shimcha qirqish, tekislash talab etilmaydigan qilib aniq-aniq bichilgan bo`lishi kerak. Buning uchun andazalarni joylashtirganda, yenglar qiyamasi, old qism bilan ort qismning yelka qirqimi, old yoqa o`mizi bilan boshqa detallar orasida 0,5 sm oraliq qoldirilishi kerak. Asosiy detallar konturi yaqinida qoldiriladigan bu oraliq, vertikal pichoqli mashinada detallarni aniq bichish uchun kerak. Bunda gazlamaning sarflanishi ortmaydi, chunki kengaytirmay tayyorlanganda andazalarning yuzasi kichrayadi. O`rish ipiga nisbatan detallarning yo`l qoyilishi mumkin bo`lgan chetga chiqishi eng kam bo`lishi kerak (chetga chiqish umuman bo`lmagani yaxshi). Andazalar joylashtirilayotganda kiyim astarida hech qanday uloq bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi. Ostki yoqa faqat ikki qismdan iborat bo`lishi kerak, chunki uloqlar ko`p bo`lsa, ularni qirqib tekislash zarur bo`lib qoladi. Kiyim avrasi old qismi va ort qismi detallarining andazalari o`rish iplari bo`ylab nixoyatda aniq bo`lishi kerak. Bort qotirmasi va yoqa qotirmasi detallarining andazalari o`rish ipiga nisbatan joylashtirilishi 11-rasmda ko`rsatilgan.
Tikishbop konstruksiyali shimlarni bichisha belbogi, gulfigi, tugma joyi va yon cho`ntak mag`izi shimning o`zi bilan yaxlit bichiladi. Bunda fasat shim og`iga uloq berish mumkin. Hozirda shimning yon choki yo`q konstruksiyasi ishlanmoqda.
Bolalarning tikishbop konstruksiyali ust kiyimlarini (palto, plash) bichishda o`rta va yon choklarsiz, yelka qirqimidagi vitachkasiz qilib, adipni esa old bo`lak bilan yaxlit qilib bichish mumkin.





a b
11-rasm. a). Bort qotirmasi va yoqa qaytarmasi detallari andazalarining o`rish ipiga nisbatan joylashtirilishi;
b). Eni 79 smli gazlamadan o`g`il bolalarga tikishbop konstruktsiyali ko`ylak bichish uchun andazalarni joylashtirish



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling