O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari fanidan amaliy mashg`ulotlarni


Download 1.47 Mb.
bet15/16
Sana10.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1086812
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Usubiy (amaliy)

11-AMALIY MASHG`ULOT


Mavzu: Mahsulotni yorliqlash va qadoqlashni o`rganish


Ishdan maqsad: Mahsulotni yorliqlash va qadoqlashni o`rganishdan iborat


Qo`llanma va anjomlar: Laboratoriya jihozlari, Davlat standartlari va o`quv qurollari.
Foydalanilgan adabyotlar

  1. Rasulova M.K., Isroilova B.G., Asadullayeva M.Sh Kiyim ishlab chiqarish texnologiyasi O`quv qo`llanma. TTYeSI 2014 y-361 b

  2. М. Ш. Жабборова «Тикувчилик технологияси», Олий ўқув юртлари учун дарслик .Тошкент «Ўзбекистон» 1994 й. -414 b.

Tayyor kiyimlar sifati quyidagi davlat standartlariga rioya qilib tekshiriladi: 4103-82 "Tikuvchilik buyumlari. Sifatni nazorat qilish usullari"; 223948-80 "Tikuvchilik buyumlari. Qabul qilish qoidalari".


Kiyimni manekenda va stolda tashqi ko`rib chiqish yo`li bilan, muayyan ketma-ketlikda tekshiriladi. Kiyim manekenga kiydiriladi, uning badiiy-estetik ko`rsatkichlari tekshiriladi. Ayni vaqtda manekenda qanday turishi nazorat qilinadi va detallarning ulanish sifati tekshiriladi. Keyin kiyimni manekendan olib, stolda kiyim detallari o`lchamlarining o`lchamlar tabeliga qanchalik to`g`ri kelishi tekshiriladi. Shundan keyin ishlov berish sifatini tekshirishga kirishiladi so`ngra, kiyimning avrasi va astarini ko`zdan kechirib, bo`r bilan nuqsonlar belgilanadi (2-jadval). Oldin kiyimning o`ngi tomonini yuqoridan pastki tomon tekshirib, yoqa, old bo`laklar, ort bo`laklar, yenglar va bezak detallari ko`zdan kechiriladi.
Tayyor kiyimdagi nuqsonlaring shartli belgilari
2-jadval



Nuqson

Shartli belgining tavsifi

Shartli belgisi

1

Puxta, baxyaqatoq yo`q yoki izmalarda bort qotirmasi ko`rinib qolgan

Kesishgan ikki chiziq



2

Chokning cheti, baxyaqator yoki gul qiyshayib qolgan

Qiyshaygan chet bo`ylab to`lqinsimon chiziq

~

3

Detal kalta bo`lib qolgan

Detal chetidan kaltalik miqdoricha oraliqda chizilib, ustidan chiziqlar tortib o`chirilgan to`g`ri chiziq



4

Detal uzun bo`lib qolgan

Detal chetidan uzunlik miqdoricha oraliqda chizilgan to`g`ri chiziq



5

Detallarning (cho`ntak qopqoqlarning, listochkalarning) eni, izmalar o`rtasidagi oraliq, mag`iz kengligi v.h.k. bir xil emas

To`g`ri va to`lqinsimon chiziqlar


~


6

Kiyim avrasi (adip qaytarmasidagi, yoqadagi) tortilib qolgan

Tortilish chizig`i yo`nalishifagi strelka





7

Astar tortilib qolgan

Tortilish chizig`i bo`ylab ikki yoqlama strelka



8

Kiyim avrasi tomonda astar ko`rinib qolgan

Detal pastining chetiga uzinasiga bir necha qisqa to`g`ri chiziq tortiladi

‖‖‖‖‖


9

Dog`, kuyik joy yoki to`qimachilik nuqsoni

Kattaligi nuqson o`lchamiga bog`liq bo`lgan aylana





10

Qiyshaygan joylar

Qiyalama parallel qisqa to`g`ri chiziqlar

/ / / /

11

Xalqasimon baxyaqator

Shtrix chiziq

------

12

Baxyaqatordagi tashlab ketilgan joylar

Uchburchak



13

Bir old bo`lak bilan ikkinchisining orqasi ochilib qolishi yoki bir old bo`lakning ikkinchisi ustiga ortiqcha o`tishi, ort bo`lak kesimining bir qismi ikkinchisi ustiga o`tib turishi

Detallar orasining ochilib qolishi uchun yuqoriga qaragan burchak bilan belgilanadi.
Detallar bir-biri ustiga o`tishi uchun pastga qaragan burchak bilan belgilanadi.

˄
˅


14

Vitochkalar uchi, cho`ntaklar uchi v.h.k

Bir necha yoysimon parallel chiziqlar



Kiyim sifatini tekshirilayotganda yuqoridagi ko`rsatkichlar nazorat qilinadi:



  • shakllarning va juft detallar joylanishining simmetrikligi;

  • detallar to`g`ri joylanganligi;

  • detallar ziyining tekisligi;

  • ag`darma chokli detallar mag`iziga ishlov berish sifati;

  • cho`ntaklar ramkasiga ishlov berish sifati;

  • kiyim detallarida gullar yo`nalishining to`g`riligi, juft detallarda gullarning to`g`ri kelganligi va simmetrikligi;

  • baxyalar, baxyaqatorlar va choklar sifati;

  • detallar ichki puxtalanishining pishiqligi;

  • yelim bilan yopishtirilgan joylar sifati;

  • taqilmalar, berilgan ishlovning furnituralar chatilishining va puxtalamalarning to`g`riligi;

  • paxta qotirmalarning qavilish sifati;

  • ichki qotirmalar mavjudligi;

  • bichilayotganda tikish haqlarito`g`ri qoldirilganligi;

  • qirqimlarga berilgan ishlov sifati;

  • gazlamalarda tashqi-bir joydagi va keng tarqalgan (yoyilgan)-nuqsonlar borligi;

  • namlab isitib ishlob berish sifati;

  • mo`yna bezaklar sifati;

  • kiyimlarning to`g`ri tang`alanganligi va to`g`ri o`ralganligi


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling