O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sehrli qopcha”
O‘yin qoidasi: 4 xil: yaqin, yaqinroq, uzoqroq, uzoq masofada savatchalar
tayyorlab qo‘yiladi. Bolalar ikki qator bo‘lib ikki tomonga saflanadilar. Tarbiyachi aytgan masofaga har bir qatordan bir bola kelib turadi va koptokni tarbiyachi aytgan masofadagi savatchaga uloqtirib tushirishi kerak. Koptok qaysi masofaga tushsa, bolalar o‘sha masofani yaqin, uzoq, yaqinroq, uzoqroq deb aytadilar va navbatni keyingi bolaga beradilar. O‘yin shu tarzda davom etib, 2-3 marotaba takrorlanishi mumkin. Mashq natijasida bola “yaqin” va “uzoq” so‘zlarini tushunadi va nutqda to‘g‘ri qo‘llaydi. Tarbiyachi: Bolalar, hozir sizlar yoningizdagi qutichadan doira shaklini olinglar. Bu shaklni o‘zingizga nisbatan uzoq joylashtiring (stol ustiga). Endi kvadrat shaklini o‘zingizga nisbatan yaqin joyga joylashtiring. Uchburchak shaklini olib o‘zingizga nisbatan yaqinroq joyga qo‘yinglar. To‘g‘ri to‘rtburchak 89 shaklini uzoqroqqa joylashtiringlar. Tarbiyachi bolalar ishini kuzatib “Doira sizdan uzoqdami yaqindami?”, “Uchburchak sizdan uzoqroqmi , yaqinroqmi?” deb so‘raydi. “Sehrli qopcha” o‘yini. Bolalar doira bo‘lib turadilar, tarbiyachi doira o‘rtasida turadi, tarbiyachining qo‘lida “sehrli qopcha”, qopchada turli qalinlikda va uzunlikdagi matolar, qalamlar bo‘ladi. Bolalar bittadan kelib qopchadan bir narsani ushlab uning nimaligini va qandayligini aytadilar, hamda qopchadan chiqarab rangini ham aytadilar. Bolalar to‘g‘ri topgan buyumlar olib qo‘yiladi. “Yaqin” va “uzoq” so‘zlarini tushunadi va nutqda to‘g‘ri qo‘llaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning narsalarning katta-kichikligi haqidagi tushunchani o’zlashtirib olishlari imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy tekshirishlar natijasida ochib berish bolalar bog’chasidagi har bir yosh gruppasi uchun dasturda berilgan bo’lim bo’yicha kerak bo’lgan zarur bilim va malakalar hajmini aniqlashga imkon beradi. Atrofdagi hamma narsani miqdor jihatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning o‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi. Ta’limiy faoliyatlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-mashqlardan keng foydlaniladi. Ta’limiy faoliyatlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Ta’limiy faoliyatlarda bolalarning faol faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni hamda ilgari o‘tilgan materialni takrorlashni birga to‘g‘ri qo‘shib olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan, ya’ni ta’limiy faoliyat tuzilmasi bilan ta’minlanadi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling