O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning 
o‘rni. 
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Ovalni top”. 
Bolalar doira shaklida turadilar.
Kartondan qirqilgan doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va oval 
shakllaridan 8 tasi aralashtirib qo‘yiladi.


92 
4 ta bola doira ichiga chaqirilib, ko‘zlari ro‘mol bilan bog‘lanadi. Bolalar 
ko‘zlari bog‘liq holatda shakllar ichidan oval shaklini topib olishlari kerak. Qaysi 
bola ko‘proq oval shaklini to‘plasa, unga yulduzcha shaklidagi medalon mukofot 
sifatida beriladi. Bolalar navbat bilan 4 tadan bo‘lib almashib o‘yinni davom 
ettiradilar. 
O‘yin: “Shakl yasa”. 
Tarbiyachi bolalarni 4 guruhga bo‘lib 4 joyga joylashtiradi. 1-guruhga 10 ta 
tayoqcha, 2-guruhga 8 ta tayoqcha, 3-guruhga 6 ta tayoqcha, 4-guruhga 4 ta 
tayoqcha beradi. Har bir guruh tarbiyachining topshirig`idan so‘ng oldidagi 
tayoqchalardan kvadrat shaklini yasaydi. Natijada to‘rt xil katta-kichik shakllar 
paydo bo‘ladi. Bolalarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarganliklari tekshirib chiqiladi. 
Guruhlar o‘rni o‘zgartirilib o‘yin yana shu shart bilan davom etadi. 
 “Postlar qo‘yish” o‘yini
Maqsad: O‘yin bolalarni tinchlantiradi va uyushqoqlikni ta’minlaydi. 
Bolalarning geometrik shakllar to‘g‘risidagi tasavvurlarini mustahkamlaydi. 
O‘yinning borishi: Bolalar ketma-ket turib marsh qilib yuradi. Boshlovchi 
oldinga boradi. Boshlovchi qarsak chalib signal berganda oxirida ketayotgan bola 
to‘xtab qimirlamay postda turadi, qolganlari yurishda davom etadi. Mana shunday 
qilib boshlovchi hamma bolalarni o‘zi belgilangan tartibga postga qo‘yib chiqadi, 
natijada biror geometrik shakl hosil bo‘ladi ( katta va kichik kvadrat, uchburchak, 
doira va hakozo), so‘ng bolalardan ular qanday shakl yasaganlari so‘raladi. Oldin 
boshlovchi saylanadi va har bir bola boshlovchi bo‘lgunicha o‘yin davom etadi. 5-
6 yoshli bolalar, odatda, albatta qo‘l bilan ushlab ko‘radi. Demak, shunday xulosa 
qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik figuralar shaklini qo‘liga ushlab ko‘rib, 
eshitib, ko‘zlari bilan ko‘rib, to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz kerak.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling