O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar.
Nazorat uchun savollar:
1. Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslashda qanday didaktik o‘yinlardan foydalaniladi? 2. Bolalarnii shartli o‘lchov birliklari bilan qanday tanishtiriladi? Topshiriqlar: Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun«Bo‘laklarni top» 90 metodikasini o‘tkazing. Natijalarni tahlil qiling. Adabiyotlar: 1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: Ilm ziyo, 2006. 2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: Ўқитувчи, 1995 й. 3.Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург, 2008. HAR BIR YOSH GURUHIDAGI BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI Tayanch so‘z va iboralar: geometrik figuralar, geometrik etalonlar, oval, konus, to‘g‘ri to‘tburchak, doira, uchburchak. Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Tug‘ilgan bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar. Masalan, bir nechta turli butilkalarni bolaning oldiga terib qo‘ysak, bola ovqat yeydigan butilkasini ko‘zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi. Bola biroz ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. Masalan: Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu tarvuzga o‘xshaydi, ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o‘xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. Shakl xuddi o‘lchamga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. 91 Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo‘lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko‘ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol katta. 2-3 yashar bolalar geometrik figuralarni oddiy o‘yinchoq deb his etadilar. Masalan: silindr – stakan, stolba; konus – stakan, stolba; konus – minora. Shuning uchun geometrik figuralar bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega (doira, kvadrat, uchburchak). Bolalar maishiy xizmat qiluvchi predmetlarni etalon (ko‘rgazma deb hisoblangan geometrik figuralarni his eta boshlashadi. Shaklni ko‘rish va his qilish orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. Kichkintoylar predmetlarni faqat ko‘z bilan ko‘ribgina qolmasdan, balki qo‘liga oladi va og‘ziga solib ko‘radi. Keyinchalik esa so‘zlashga harakat qiladi. Bolalarga uchburchak, doira va kvadrat shakllari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi va quyidagicha topshiriq beriladi: Rasmdagi uchburchak shakllarini birlashtirib chiqing. Bolalar uchburchak shakllarini qalam yordamida birlashtirib chiqadilar. Tarbiyachi bilan bolalar gilam ustida doira qurib o`tiradilar. Gilamda katta klyonka ustida plakat va geometrik shakllar (doira, uchburchak, kvadrat) to‘plami. Tarbiyachi boshchiligida geometrik shakllardan turli narsalarni applikatsiya usulida yopishtiradilar. Buning uchun g`oyani bolalardan so`rash mumkin. Masalan: «Bolajonlar, mana shu geometrik shakllardan turli narsalarni yasash mumkin, hozirgi nimalar yasashni xohlashingizni aytasizlar. Men yozib olaman va birgalikda yasaymiz. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling