O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi ta’minlash


Download 1.77 Mb.
bet145/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi ta’minlash – bu davlatning ichki extiyojini oziq-ovqatning barcha turlari hamda alohida maxsulot turlari bilan ham ta’minlash, qoplash qobiliyatidir.
Oziq-ovqat mustaqilligi- bu aholini o’rnatilganovqatlanish me’yorlari bo’yicha oziq-ovqatlar bilan ta’minlash uchun energiya, yer resurslari, qishloq xo’jaligi mashinalari, moddiy resurslarning strategik zaxiralari mavjudligini taqozo qiladi. Uni amalga oshirish uchun agrosanoat majmui aholining asosiy oziq-ovqat maxsulotlari turlariga bo’lgan talabini zaruriy miqdorda va assortimentda mustaqil ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va ta’minlashga qodir bo’lishi kerak.
Oziq-ovqat xavfsizligi–mamlakatni mavjud salohiyatlar, resurslar bilan ta’minlash va aholini ichki va tashqi sharoitlarga bog’liq bo’lmagan holda, ilmiy jihatdan asoslangan tibbiy me’yorlar darajasida oziq-ovqat mahsulotlariga kafolatlash demakdir. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash potensial xavfning aniq va istiqboldagi holati, shuningdek aholini oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlashning samarali sistemasini yaratish to’g’risidagi bilimlarni yuzaga keltiradi.
Oziq-ovqat qaramliligi - mamlakatda oziq-ovqat qaramliligi shunday holatda vujudga keladiki, unda jamiyat o’z oziq-ovqat xavfsizligini o’zi mustaqil hal qilish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. U qishloq xo’jaligi, sanoat va transport kabi tarmoqlar majmuining buzilishiga, shuningdek zaruriy oziq-ovqat maxsulotlari importiga mamlakat iqtisodiyotining to’lovqobiliyatli emasligiga asosiy sabab bo’ladi. Oziq-ovqat qaramliligining paydo bo’lishi uchun asosiy sharoit davlatning xususiy ishlab chikaruvchilarni qo’llab quvvatlamasligi va oziq-ovqat maxsulotlari importining haddan tashqari ko’payib ketishi bo’lib hisoblanadi.
Ozuqa birligi — yem-xashak ekin maydonlari yoki ozuqa ekinlarining o’z to’yimliligi jihatidan 1 kg suli doniga teng keladigan unumdorligining o’lchov birligi;
Pichanzorlar – bu sistemali ravishda pichan o’rish uchun foydalaniladigan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardir. Ularning bir qancha turlari bo’lib, ular tabiiy, sug’oriladigan, suvsiz vodiydagi o’tloq, botqoqli, qamish va butalar orasidagi, tosh va do’ngliklardagi, sof, tubdan yaxshilangan.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling