O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49

Oliy va o‘rta 

maxsus ta’lim

      Sovetlarning xalq ta’limi sohasida yurit  gan 

siyosati ning muhim yo‘nalish laridan biri, bu oliy 

va o‘rta maxsus ta’lim tizimi 

ni shakllan 

 tirish 


ham da rivojlantirish edi. 

Turkistonda oliy ta’limni tashkil etish g‘oyasini, dastavval, o‘lka-

ning ilg‘or jadid namoyandalari ilgari surganlar. Xususan, ular 

ta shabbusi bilan 1918-yil may oyida Toshkentda ilk bor Milliy uni-



versitet ochilib, u ilmga chanqoq ko‘plab mahalliy yoshlarni o‘z bag‘-

riga olgan edi. Biroq har narsa  da o‘zini ko‘rsatishga intilgan so vet-

lar yurtparvar jadidlar tashabbusini bo‘g‘ib, 1920-yil sentabrida Tosh-

kentda Turkiston Davlat uni ver sitetini  tashkil et dilar. Keyinchalik, 

O‘rta Osiyo universiteti maqo 

mini olgan bu oliy goh o‘lkada oliy 

ta’limni rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash 

o‘chog‘i bo‘ldi. Biroq bu o‘quv dargohi professor-o‘qituvchilarining 

mutlaq tarki bi yevropalik millat vakillaridan iborat edi. Shu bois, 

unda o‘qi tish rus tilida olib borilardi. Bu esa mahalliy millat yoshla-

riga jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirardi. Shuning uchun ham univer sitet 

talabalari safida ularning salmog‘i juda ozchilikni tashkil etardi. 

30-yillarda bu bosh oliy o‘quv yurti negizida ko‘plab turli xil yo‘-

nalishlardagi oliy o‘quv yurtlari, jumladan, politexnika, moliya-iqti-



sod, tibbiyot, qishloq xo‘jalik, to‘qimachilik institutlari

Samar qand 

277

Davlat universiteti va boshqalar tashkil etildi. Shuningdek, bu davr-

da yuqori mala kali pedagogik kadrlarga talab o‘sib borgan li gi dan, 

Buxoro, Samar qand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Far g‘ona 

va Namangan singari shaharlarda pedagogika va o‘qituv chilar tay-



yorlash institutlari tashkil etildi. Natijada, 1932-yilga kelib respub-

likadagi jami oliy o‘quv yurtlari soni 31 taga yetdi. Ulardagi talaba-

lar soni 12,2 ming nafarni tashkil etdi. Talaba lar ning soni 1937-yilda 

15,5 mingga, 1941-yilda esa 18 ming taga yetdi.

O‘zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida o‘rta maxsus ta’lim 

o‘quv yurt lari faoliyati ham alohida o‘rin egallaydi. 20-yil lar da res-

pub likada 6 ta qishloq xo‘jalik texnikumi, 1 ta tibbiyot tex niku mi, 

16 ta hunar-texnika maktabi tashkil qilindi. Ularda 6 800 nafar yosh-

lar o‘qidi. Shuningdek, shu vaqtda 5 ta pedagogika tex ni ku mi, 2 ta 

pedagogika bilim yurti, bitta xotin-qizlar bilim yurti mavjud bo‘lib, 

ularda ko‘plab bilimli, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi. XX asr-

ning 40-yillari boshlariga kelib O‘zbekistonda maxsus bilim yurtla-



ri soni 92 taga yetgan bo‘lib, ularda 12,6 ming nafar yoshlar ta’lim 

oldi. 


Fan. Respublikada ilm-fan han birmuncha ravnaq topdi. Yurt-

ning ko‘plab iqtidorli, zakovatli yoshlari o‘zlarini ilm-fanga bag‘ish-

lab, asta-sekin uning cho‘qqilariga ko‘tarilib bordilar. 30-yil lar   ga 

ke lib o‘zbek fanining turli yo‘nalishlarida o‘z yuksak salo hiya ti-

ni namo yon etib, o‘z ilmiy maktabiga asos solgan Qori Niyo ziy, 

Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy, Yahyo G‘ulomov, Po‘lat 

Soliyev, Toshmuhammad Sarimsoqov, Xalil Rahmatullin, Habib 

Abdullayev, Sobir Yunusov singari fan allomalari yetishib chiqdi. 

Ayni zamonda, respublikada ko‘plab ilmiy tadqiqot institut 

lari, 


markazlari tash kil etilib, fanning turli dolzarb muammolari usti-

da izlanish lar olib bordilar. Bular jumlasiga Butun ittifoq Paxta-

chilik ilmiy tadqiqot instituti (СоюзНИХИ), Madaniy qurilish va 

Huquq-tad qiqot insitutlari, Gidrometrologiya instituti, Astrono-

miya obser va toriyasi va boshqalarni nisbat berish mumkin. Mazkur 

institutlar va ilmiy markazlarga jalb etilgan fan fidoyi lari Ittifoq va 

Respublika ahamiyatiga molik ko‘plab hayotiy muam mo lar, masa-

la lar ning yechi mini topishda jiddiy tadqiqotlar olib bor dilar. Ayniq-

sa, paxta chilik, uning tezpishar, sifatli navlarini yara tish sohasida 

muhim yangiliklar qilindi. Geolog olimlar sa’y-harakat lari bilan 

yan gi kon lar, turli xil ma’dan topilmalari kashf etildi. 1927-yilda 

Farg‘ona vodiysida Sho‘rsuv neft koni ochildi. Se ment ishlab chi-



278

qa  rish uchun xomashyo qidirib topildi. Mis, oltin, ku mush, qalay, 

marmar kon lari topilib, ishga tushirildi.

Respublikada ijtimoiy fanlar, shu jumladan, tarix va arxeolo-

giya sohalarida ham ancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Yirik 

ar xeo log olim lar: Ya. G‘ulomov, S. Tolstov Xorazmda, M.Y. Masson 

Buxoroda va Sa mar qandda, V.A. Shishkin, O. Nabiyev, A.T. Oklad-

ni   kov  lar Ohangaron vodiysi va Ter miz atrofida katta hajmdagi qa zil-

ma ish larini olib bordilar. Boysunda eng qadim gi ajdodlarimiz nas-

liga oid neandertal odami qoldiqlari topilishi fanda muhim yangi-

lik bo‘ldi. 

1940-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Xalq Komissarlar Soveti (XKS) 

huzuridagi Fan Qo‘mitasi negizida SSSR fanlar Akademiyasi ning 

O‘zbekiston filiali ta’sis etildi. O‘sha kezlarda uning tarkibida 75 ta 

ilmiy tadqiqot institutlari va muas sasalari mavjud edi. Ular 3024 na far 

ilmiy xodimlarni o‘z safi ga birlashtirgandi. Bularning 109 nafari fan 

dok tor lari, 510 nafari fan nomzodlari edilar. 1943-yil 4-noyabr da 

O‘z be kiston fanlar Akademiyasi tashkil etildi, uning birin chi prezi-

denti etib taniqli olim T.N. Qoriniyoziy saylandi.



«Hujum» harakati. XX asrning 20-yillarida o‘z mohiyati bilan 

o‘z bek xotin-qizlarini tutqinlikdan ozod qilishga qaratilgan harakat 

bosh lanadi. Ma’lumki, Turkiston xotin-qizlari hayoti asrlar davo mi-

da musul mon chilik qonun-qoidalari va an’analari asosida kechgan va 

o‘zi ga xos xusu siyat larga ega bo‘lgan. Jumladan, ular aksariyat hol-

lar da uy-ro‘zg‘or ish lari va farzand tarbiyasi bilan shug‘ul lanishgan. 

Sovet hukumati esa bun day turmush tarziga diniy xurofot sifatida 

qa ra di. Shu bilan birga, ayol lar ning erkaklar bilan teng huquqliligi, 

ular ning tor oila muhitidan ozod bo‘lib, keng ijtimoiy-siyosiy hayot-

ga tortilishi g‘oyasi ilgari surildi.

Tabiiyki, jamiyat rivojlanib borar ekan, odamlarning ongi ham 

o‘zgarib boradi.Turmush tarzi yangilanadi, u zamonga moslashadi. 

Shu ma’no da o‘zbek ayollarini paranjidan ozod qilish yangi tuzum 

oldidagi mu him vazifalardan ekanligi tabiiy. Biroq bu masalani, eng 

avvalo, jamiyat fuqaro lari orasida keng ko‘lamli tushuntirish, ma’ri-

fiy yo‘llar orqali hal qilish mumkin edi. Jadidlar rahbarlari M. Beh-

budiy, F. Xo‘jayev, A. Fitrat, A. Cho‘lpon, A. Avloniylar ham bu ma -

sala ni hal etishni o‘z oldilariga mu him vazifa qilib qo‘ygan edi lar. 

Shu maqsadda tashkil etilgan respub lika, vilo yat, tuman, sha har so -

vet tashkilotlari qoshidagi xotin-qizlar bo‘lim larida dastlab umu man 

to‘g‘ri ish olib borilgandi.


279

Buning natijasida xotin-qizlar ijtimoiy foydali mehnatga, jamoat-

chilik ishlariga faol tortila boshlandi. Uni o‘zbek xotin-qizlari xur-

sandchilik bilan kutib oldi. Chunki, ochiq yurish, ilm olish, erkaklar 

bilan teng huquqli bo‘lish ularning ham asriy orzusi edi.

Biroq VKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining 1926-yil sentabr da-

gi maxsus qarori asosida bu harakatni sun’iy ravishda tezlash tirish-

ga kirishildi. Oqibatda bu majburiy harakat 



«Hujum» nomini oldi. 

Biroq bu harakat, afsuski, shoshma-shosharlik, ma’muriyat 

chilik 

yo‘li bilan mahal liy shart-sharoitlarni, xalq udumlari, urf-odat lari ni 



e’ti  borga olmasdan jadal lashtirildi. Bunga hattoki, erkak kom mu nist -

lar ham tayyor emas edilar.

Xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish harakati dastlab ancha 

sezilarli yutuqlarga erishib bordi. 1927-yil bahoriga kelib 100 ming 

nafar ayol paranji tashladi. Ming-minglab ayollar korxonalarga, tur-

li yumushlarga jalb etiladi. Ular orasidan ko‘plab traktorchilar, bri-

gadirlar, kolxoz raislari, klub va kutubxona mudirlari tayyorlandi. 

Jumladan, 1927–1929-yillarda sudlarning xalq maslahatchilari ora-

sida o‘zbek ayollari 563 kishiga yetdi. 1926-yilda birgina Toshkent 

va Farg‘ona viloyatlari «Qo‘shchi» uyushmalarining 4900 nafar ayol 

a’zolari bor edi. 1927-yil davomida 7169 nafar ayol kasaba uyushma-

lariga a’zo bo‘lib kirdi. 5916 ayol matlubot kooperatsiyalariga a’zo 

bo‘ldi. 2343 nafar xotin-qizlar davlat organlariga saylandi.

1927–1928-yillarda «Hujum» harakati yanada keng quloch yozdi. 

Paranji tashlagan ayollar uchun 32 ta savodsizlikni tugatish maktab-

lari tashkil qilindi. 1927-yilda birgina Qo‘qon okrugida bun    day mak-

tablar soni 75 taga yetkazildi. Toshkentning Eski shahar qis 

 mi da 


1409 o‘quvchini qamrab olgan 35 ta ayollar maktabi fao li yat ko‘rsa-

tdi. Biroq bu borada qo‘llanilgan zo‘rlash, majburlash yo‘li va usul-

lari o‘zining salbiy natijalarini bermasdan qolmadi. Joy lar da xo tin-

qiz larni o‘ldirish hollari ro‘y berdi. 1927–1928-yillarda 2,5 ming  -

dan ortiq faol ayollar yovuz kuchlar qurboni bo‘ldi. Ammo «Hujum» 

harakati qiyinchiliklar, chekinishlar bilan bo‘l   sa-da, hayotga tatbiq 

etib borildi. Buning natijasida, o‘zbek ayoli ijtimoiy ishlab chiqarish-

ga, hatto eng og‘ir mehnat talab qi ladi  gan ishlarga ham tortildi.

«Hujum» harakatining o‘sib borishi davomida 1937-yilga kelib 

273 637 nafar o‘zbek xotin-qizlari savodsizlikni tugatish kurslarini 

mu vaffa qiyatli bitirdilar. Ayol ishchilar va xizmatchilar soni 1940-

yilda 232 ming kishiga yetdi. Bu esa butun respublikadagi ish chilar-

ning 40,7 foiziga teng edi.



280

Shu bilan birga, bu mavsumiy harakat ko‘pgina salbiy oqibat lar-

ning yuz berishiga ham sabab bo‘ldi. «Hujum» harakatida faol ish ti -

rok etib, butun ongli hayoti, faoliyatini sotsializm ishiga, uning so x-

ta g‘oyalari chin li giga ishongan qancha-qancha ilg‘or xotin-qiz lar 

keyinchalik qatag‘on qurboni bo‘ldilar. 



Ma’naviy-

madaniy hayot

      Bu yillarda o‘zbek xalqining olis asr  lar ga bo -

rib qadaluvchi moddiy va ma’naviy-madaniyati 

dur donalari, osori-atiqalari, mas 

jid-u mad 

ra -


salar, maqbaralar ko‘rini shidagi noyob me’ mo riy obidalariga zo‘r 

be rib hujum uyush ti rildi. Bi no  barin, bu mas  kan larning bora-bora 

qarovsiz, xarob ahvolga kel gan ligi tasodifiy emas. Ayniqsa, bunda 

xalqimizning dilidan chuqur joy ol gan uzoq asrlik islomiy qadriyat-

lari zavol topganligi achinar lidir. Hat to bu razil maqsadga erishish 

uchun joylarda «Xudosizlar ja mi yat lari» tuzilib, diniy tasavvurlarga, 

uning peshvolariga qarshi hujumkor ateistik kurash avj oldirildi. 

Buning oqiba ti da, yurt ziyo lilari sanal gan qanchadan qancha ruho-

niylar, ulamoyu fuzalolar ayov  siz ta’qib-u quvg‘inlarga duchor etildi.

 

Shunga qaramay, o‘z 

bek xal 

qi ning ko‘p 

lab yurtparvar ziyolilari 

fi doyi lik namunalarini ko‘r sa tib, barcha qiyinchiliklarga dosh berib 

respublika madaniy hayoti da faol qat nashdilar.

1929-yilda O‘zbek musiqali teatriga asos solindi. 1933-yilga ke lib 



Hamza nomidagi Akademik drama teatri ish boshladi. Har qanday 

maf ku raviy tazyiqlarga qaramasdan milliy ruh ustuvor bo‘lib qolaver-

di. Xalqimiz orasidan Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Ota G‘iyos Ab du -

g‘a niyev, Madrahim Sheroziy, Domla Halim Ibodov, Abror Hi   do  ya-

tov, Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, Shorahim Shoumarov, So ra -

xonim, Tamara xonim, Lutfixonim, Mukarramaxonim singari nom  -

dor san’atkorlar yetishib chiqdi. 1936-yilda Toshkentda kon se rva -

toriya ochilishi madaniy ha yot   da katta voqea bo‘ldi. O‘zbek musiqa 

madaniyatining zabar dast vakillari – Yunus Rajabiy, Muxtor Ashra-

fiy, Tolibjon Sodiqov, To‘xtasin Jalilov singari san’atkorlar ijodi xalq 

dilidan chuqur joy oldi.

1937-yili Moskvada o‘tkazilgan birinchi o‘zbek san’ati va ada-

bi  yoti dekadasida «Gulsara», «Layli va Majnun» operalari, «Far hod 

va Shirin» mu si qali dramasi va boshqa sahna asarlari katta mahorat 

bilan namoyish etildi.

30-yillarda O‘zbekistonda kino san’ati shakllandi

. Uning yor qin 

ifodasi sifatida shu davrda yaratilib ekranlarga chiqarilgan «As al», 



281

«Qasam», «Ravot qashqirlari», «Azamat» singari filmlarni til ga olib 

o‘tish joiz. Ularni yaratishda Komil Yormatov, Nabi G‘a 

ni yev, 


Su lay mon Xo‘ja yev, Yo‘ldosh A’zamov, Rahim Pirmu ham  edov sin-

ga ri ajoyib o‘zbek kino ustalarining xizmatlari be na zir dir.

20–30-yillarda respublikada ko‘plab madaniy inshootlar quril di. 

1932-yilda respublikada 707 ta kutubxona, 3087 ta klub, 409 ta ki no 

qurilma, 32 ta teatr, 13 ta muzey mavjud edi.

1937–1940-yillarda O‘zbekiston shahar va qishloqlari radio lash-

tirildi. Yangidan 264 ta ko‘chma va doimiy kino qurilmalari o‘r na-

tilib, ularning soni 797 taga yetkazildi. 1941-yilda kitob nashr qi lish 

4375 nomga yetka zildi va 48 mln nusxani tashkil etdi. 40 - yillar bosh-

lariga kelib kutubxona, klub, badiiy havaskorlik jamoalari soni 2 

baravar ko‘paydi.

Adabiyot. Bu davrda o‘zbek adabiyoti ham jiddiy hayotiy sinov -

larni boshdan kechirdi. O‘zining boy tarixiy an’analariga ega bo‘l gan 

bu adabiyot xalq ruhining ko‘zgusi sifatida uning ma’naviy hayotida 

muhim rol o‘ynadi. Biroq bu muhim soha faoliyati sovet larning doi-

miy nazorati ostida kechdi. Ularning nazarida adabi yot kuchli mafku-

raviy qurol sifatida yangi tuzumni mustah kamlashga xizmat qilishi, 

millionlar ommasini shun ga da’vat etmo g‘i kerak edi. Bu, albatta, 

har bir ijodkor zimmasiga jiddiy mas’u liyat yuklardi. Negaki, har bir 

shoir yoki adib sovet mafkurasi talab lari dan chet lash  gu day bo‘lsa, o‘z 

xalqining boy tarixiy o‘tmishi yo xud ulug‘ aj dod lari hayotidan asar 

yozguday bo‘lsa, uning og‘ir ja zo ga duchor bo‘lishi hech gap emas 

edi, biroq har qanday, tazyiq-u ta’qiblarga qaramay, o‘zbek adabi-

yoti bu yillarda muayyan yutuqlarga erishdi. H.H. Niyoziy, S. Ayniy, 

A. Qo diriy, A. Cho‘ lpon, A. Fitrat singari kat ta avloq namoyandala-

ri izidan G‘. G‘ulom, A. Qahhor, M. Oy bek, H. Olimjon, U. Nosir, 

K. Yashin,  R. Uyg‘un,  Mirte mir, G‘ay ratiy, Oydin, S. Abdulla sin-

gari qa lam ahli adabiy jara yonga kirib kel  di. Ular o‘zlarining serqir-

ra ijodlari bilan o‘zbek adabi yoti xazina sini boyitishga muno sib hissa 

qo‘shdilar. Bu o‘rinda, A. Qodir iyning «O‘tkan kunlar», «Mehrob dan 

chayon», A. Cho‘l ponning «Kecha va kun duz», S. Ayniyning «Odi-

na», «Sud xo‘r ning o‘limi», A. Fitrat ning «Abdul fayzxon», «Hind say-

yohi ba yonoti», Oybekning «Qutlug‘ qon», «Navoiy», A. Qah hor ning 

«Sarob», G‘. G‘ulomning «Ko‘kan», «Yodgor» singari badiiy g‘oyasi 

yuk sak asarlarini alohida qayd et ish lozim. 



282

5. Sobiq Ittifoqda ma’muriy-buyruqbozlik totalitar tizimning

qaror topishi, qatag‘on siyosati va oqibatlari

Totalitar tizimning qaror topishi. Partiya va davlat boshqaru-

vi murvat larini o‘z qo‘liga olgan I.V. Stalin o‘zining yakka hokimli-

gi ni batamom qaror toptirish harakatida bo‘ldi. Shu maqsadga eri-

shish yo‘lida u o‘z atrofiga bir guruh xusho mad go‘y, labbaychi kadr-

larni to‘plab, ularni ishga solib, partiyaning ko‘p  lab tajribali, siyo-

siy jihatdan yetuk, ar bob larini obro‘siz lantirishga intildi. 20-yillarda 

«partiyaviy tozalashlar» bahonasida mam  la kat hayoti ning u yoki bu 

muhim masalasida sog‘lom, xolis fikr bildirgan kadrlar egallab tur-

gan yuqori vazifalaridan chetlash tirildi. 

1920-yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan ilgari surilgan «so tsia  -

lizm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shun-

chalik kuchayib boradi», degan soxta g‘oya butun mam la kat uchun 

halo katli oqibatlarga olib keldi. Shu tariqa, sobiq Ittifoq da 1917-yil-

dan boshlab shakllana bosh lagan totalitar siyosiy rejim 20-yillarning 

oxiri 30-yillarning bosh larida to‘liq qaror topdi. Totalitar rejimning 

mazmun-mohiyati, bel gilari quyida gilardan iborat bo‘ladi:

– ko‘ppartiyaviylilik tugatildi, bitta partiya (VKP(b)) butun mam-

lakatda yagona hukmron partiyaga aylandi, uning qarorlari, ko‘rsat-

malari barcha hokimiyat organlari tomonidan so‘zsiz bajari lishi maj-

buriy bo‘ldi;

– davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan ma’muriy- 

buyruqbozlik tarzida amalga oshirildi, mahalliy hokimiyat organlari 

amal  da qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldi;

– ijtimoiy munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, jismoniy 

zo‘ra v onlik asosida tartibga solindi, xususiy mulkni milliylashtirish 

orqali shaxsning iqtisodiy erkinligi tugatildi, rejali iqtisodiyot qaror 

topdi;

– oshkoralik, turli xil fikr bildirish, muxolifatchilik harakatlari 



qat’iyan man etildi;

– ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi, ijodiy uyushmalar 

or qali targ‘ibot-tashviqot ishlari kuchaytirilib, aholi rasmiy (kom mu-

nistik) maf ku ra nuqtayi nazaridan qayta ishlandi, ular ongiga maf-

kuraviy aqidalar singdirildi;

– siyosiy qatag‘on shaxsning ongi va xatti-harakatlarini nazorat 

ostiga olish, mavjud tuzumga nisbatan xayrixohlik, sodiqlik, qo‘l lab- 

quvvatlash tuyg‘usini singdirishning asosiy vositasiga aylandi;



283

– rasmiy mafkuraga mos bo‘lmagan barcha nashriy mah su lot lar-

ni yo‘q qilishga, intellektual va ijodiy faoliyatni bo‘g‘ishga yo‘nalti-

rilgan senzura organi faoliyat yuritdi;

– siyosiy qatag‘onni amalga oshirish uchun maxsus hokimiyat 

organ   lari, mehnat va axloq tuzatish lagerlari tarmog‘i tuzildi va fao-

liyat yuritdi, birga ishlovchi, qo‘ni-qo‘shnilardan kuzatuvchi, ig‘vo-

gar cha qim chilar yollandi, aholi qo‘rquv ostiga olindi.



Respublika huquqlarining cheklanisli. Mamlakatda totalitar tizim -

ning qaror topishi, shubhasiz, milliy sovet respublikalari hayoti ga 

ham daxl qi lib, ularning butun inon-ixtiyorini Markaz tasarrufiga 

bog‘lab qo‘y di. Bu O‘zbekiston timsolida ham yaq qol ko‘zga tashlan-

di. Avvalo, respublika hokimiyati bosh qaru vining hamma bo‘g‘inla-

ri to‘liq ravishda, SSR Ittifoqi organlariga bo‘ysun dirildi. Shunin-

gdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot – O‘zbe kis ton Kompar-

tiyasi ham VKP(b)ning viloyat bo‘li mi maqo‘ mida faoliyat yurtitadi. 

Respublikaning Kasaba uyush malari, Yosh lar tashkiloti (komsomol) 

va bosh qa jamoat tashkilotlari ham Mar kaz ning shu xildagi tashki-

lotlari andozasiga ko‘ra tuzilgan bo‘lib, ular ga to‘liq bo‘ysungan hol-

da faoliyat yuritildi. 

O‘zbekiston mustaqilligining nechog‘lik rasmiy va yuzaki maz-

mu nga ega bo‘lganligi uning yuksak qonuniy hujjatlarida ham o‘z 

aksi ni topgan edi. Jumladan, O‘zbekistonning 1937-yilda qabul qi -

lin   gan Konstitutsiyasi ham mohiyat e’tibori bilan asosan, 1936-yil 

5-dekabrda kuchga kirgan SSSR Konstitutsiyasining aynan nusxasi 

edi. Unda respublika mustaqilligi, fuqaro larining huquq-erkinliklari 

ak sini topsa-da, biroq ular amaliyotda nechog‘lik soxta, quruq safsa-

ta bo‘lib chiqqanligi hammaga ayon.



Qatag‘on siyosati, uning oqibatlari. Mustabid tuzum markaz-

da va joy larda o‘z mutlaq hokimiyatini shakllantirib, mustahkamlab 

bo  rar ekan, bunda u o‘ziga sodiq muayyan siyosiy va ijtimoiy kuch-

larga tayanib ish yurit mog‘i kerak edi. Shu maqsadda, Markaz huku-

mati yangi sotsialistik jamiyat qurilishi davomida O‘zbekistonga o‘zi-

ning ko‘p sonli sadoqatli xodi mlari, vakillarini rah bariy lavo zim larga 

yuborib turganligi bejiz emas. Markaz o‘zbekistonlik milliy kadrlar-

ning kundalik ishlariga «ko‘z-quloq» bo‘lish, ular faoliyatini tekshi-

rish, taftish qilish barobarida sotsializm qurilishi yo‘ li da sadoqat bil-

dirganlarni tanlash, ularni yuqori mansablarga ko‘tarishni o‘z e’tibo-

ridan chetda qoldirmadi.

Markaz ishonchini qozonib, uning nufuzli namoyandalari bilan 



284

yaqin dan hamkorlik qilgan, kerak bo‘lganda o‘z xalqining manfaati, 

qiziqi shlarini ko‘zlab ish yuritgan mahalliy bilimdon kadrlar soni 

ham ko‘payib borgan. Ammo Stalin yakkahokimligi kuchayib, tota-

litar tuzum bedodligi avj olib borgan sari bunday kadrlarni arzi mas 

sabab va bahonalar bilan qiynoq-qistovga olish, vazifalaridan chetla-

tish odatiy tusga kirib bordi.

Rahbar kadrlar, ayniqsa, o‘z xalqi, yurtining milliy manfaat larini 

himo ya qilib, uning istiqbolini ko‘zlab, o‘zida kuch, iroda topib, bor 

haqi qatni aytishga jur’at qilgan millat vakillari birinchi navbatda, 

hukmron markaz uyushtirgan qatag‘onga duchor bo‘ldi. Buning yor-

qin ifodasini sovet mafkurachilari tomonidan o‘zbek milliy kadrlari 

sha’nini bulg‘ashga qaratilgan, atayin to‘qib chiqarilgan «18 lar guru-

hi», «inog‘omovchilar», «qosimovchilar» gu ruhlari misolida ko‘rish 

mumkin. Ularning faoliyatiga oid tarixiy hujjatlarni ko‘zdan kechi-

rar ekanmiz, bu insonlar faoliyatida ularni ayblashga asos bo‘ladigan 

yetarli ashyoviy dalillar bo‘lmaganligiga to‘la amin bo‘lamiz. Ular-

ning yagona «gunohi» – bu o‘z millati dardi, tashvishi va manfaatini 

ko‘z lab ayrim muhim mu am molarni ko‘targanligi va ularni hal etish-

ga yuqorining e’tibo rini jalb etganligi xolos.

Xo‘sh, bu guruhlar tarkibi kimlardan iborat bo‘lgan? Ular sovet 

mutasaddilari oldida qanday gunoh qilgan edilar?

Respublikaning taniqli arboblaridan iborat «18 lar  guru-



hi» (I. 

Xi 


diraliyev, M. 

Saidjonov, O‘. 

Ashurov, R. 

Rahimboboyev, 

N. Esho nov)ga «yer-suv islohotiga qarshi chiqqan, boy-quloq va yer 

ega lari ning manfaatini himoya qilgan, mahalliychilik va millatchilik 

g‘oyalarini ilgari surgan», degan soxta aybnoma qo‘yildi. Aslida esa, 

ular hukmron markazning ulug‘ davlatchilik va shovinistik siyosati-

ga, milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydligiga qarshi chiqib, 

adolat va haqqoniylik tamoyillarini himoya qilganlar. Shu bois, ras-

miy partiya organlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralndi va 

uning a’zolari turli jazolarga giriftor etildi.



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling