O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov
O‘zbekiston sanoati va qisbloq xo‘jaligi front xizmatida
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16 ta stanok
- Bekobodda metallurgiya zavo- di
- Zavod qurilishida 30 mingdan ko‘proq
- 1943-yilda 12 ta yog‘
- 280 ta yangi sanoat
- Ikkin chidan
- Zirabuloq, Krasnogvar- deysk, Qo‘qon, Yangiyo‘l qand zavodlari qurildi.
- 3. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat Fan.
- O‘zbek xalqining badarg‘a qilingan xalqlarga g‘amxo ‘rligi
- 4. O‘zbekistonlik jangchilarning fashizmni tor-mor etishdagi jasoratlari
- O‘zbekistonliklar Moskva uchun janglarda
2. O‘zbekiston sanoati va qisbloq xo‘jaligi front xizmatida Sanoat. Respublika sanoati urush manfaatlariga moslashtirilgan holda jadal rivojlantirildi, yangi tarmoqlar yaratildi. 1941-yil oxirlari- da O‘zbekistonning 300 sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi. Respublika sanoat korxonalari quvvatining kengayishi, yangidan qurilgan zavodlarning ishga tushirilishi elektr energiyasi va yoqilg‘i ish lab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi. O‘zbekiston partiya va hukumati Ittifoq hukumatiga xat yo‘llab bu muammoni hal etish- da ko‘mak so‘radi. Tez orada 1942-yil 10-noyabrda VKP(b) MQ va SSSR Xalq Komissarlari Soveti «O‘zbekiston SSRda beshta gidro- elektrostansiya qurilishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. O‘zbekistonda meta l lur giya zavodi qurish, ko‘mir va neft qazib olishni ko‘paytirish tadbirlari ham belgilandi. 1943-yilda O‘zbekistonda eng yirik gidroelektrostansiya – Beko- bodda Far hod GESi
va ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Farhod GESi qurilishi umumxalq qurilishiga aylandi, binokorlik ishlari hashar yo‘li bilan bajarildi. 10 oylik fidoko rona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi. Urush yillarida Bo‘zsuv daryosi o‘zanlarida Tovoqsoy, Oqqovoq, Sa lar, Quyi Bo‘zsuv, Oqtepa, Qibray GESlari, shaharlar va yirik korxonalar yonida kichik GESlar ishga tushirildi. O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 baravariga, ya’ni 1940- yilgi 462 mln kilovatt soatdan 1945-yilda 1187 mln kilovatt soat- ga ko‘ pay di. Urush davrida «Angrenugol» ko‘mir konida yana uchta 295 shaxta va ochiq usulda ko‘mir qazib olinadigan karyer bunyod etildi. O‘z be kis ton va Qirg‘iziston chegarasida Qizilqiya ko‘mir koni foyda- lanishga topshirildi. 1940-yilda O‘zbekistonda atigi 3,4 mln tonna ko‘mir qazib olin- gan bo‘lsa, 1945-yili 103 mln tonna, ya’ni 30 marta ko‘proq ko‘mir qa zib olindi.
ri ko‘rildi. Neft-geologiya qidiruv tresti, neft tarmog‘i qurilish-mon- taj tresti, neft qazib oluvchi 2 ta trest, neft qazib chiqarish asbob- uskunalarini ta’mirlash zavodi, neft mashinasozligi zavodi barpo etildi. Farg‘ona vodiysida ishlab turgan «Andijon», «Polvontosh», «Changartosh», «Chimyon» neft konlarida mahsulot ishlab chiqarish kuchaytirildi. Yangi neft konlari, neftni haydash zavodi ishga tushi- rildi. Urush yillarida respublikada neft ishlab chiqarish 4 marta ko‘ - pa ydi va 1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi. G‘arbdan ko‘chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta stanok- sozlik, to‘qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Res- publikamizdagi urushdan oldin qurilgan ko‘pgina zavodlar ham turli harbiy asbob-uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqa- rishga moslab qayta qurildi. O‘z SSR XKS 1942-yil 17-iyunda Bekobodda metallurgiya zavo-
butun respublika mehnatkashlarining zarbdor ishiga aylandi. Sanoat korxonalari zarur mutaxassislar bilan, kolxoz va sovxozlar ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Zavod qurilishida 30 mingdan ko‘proq ki shilar ishtirok etdilar. O‘zbekistonning birinchi metal lurgiya zavo- di 1944-yil 5-mart kuni dastlabki metall mahsulotlarini bera bosh- la di va tez kunlarda zavodning birinchi navbati, 1945-yil fevraldan ikkinchi navbati ishga tushirildi. Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko‘plab qora va rangli metall kon lari ochildi. Urush yillaridayoq Langar, Ingichka, Qo‘ytosh, Qoratepa, Olmaliq rangli metall konlari, Oqtosh boksit koni o‘z- lash tirildi. Ulardan qazib olingan volfram, molibden, mis, alyu- min va bosh qa mahsulotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq korxona- lar qurildi. Kimyo, qurilish materiallari sanoati, to‘qimachilik va poyabzal sanoa ti, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivoj lan tirish tadbirlari amalga oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog‘ za vo di, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva za vod- lari qurilib ishga tushirildi. 296 Shu yillarida, O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 280 ta yangi sanoat kor xonalari qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari – aviatsiya, stanoksozlik, og‘ir mashinasozlik, qora va rangli metallur- giya va boshqa tarmoqlari vujudga keldi. Sanoatchilarimizning fidokorona mehnati tufayli O‘zbekis- ton So vet Armiyasining qurol-aslahaxonasiga aylandi. O‘zbekiston front ga 2 090 samolyot, 17 342 aviamotor, 2 318 ming aviabomba, 1,7 ming dan ortiq minomyot, 22 mln mina, 560 ming snaryad, million- ta cha granata, 330 ming parashyut, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming km dan ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabellari va bosh- qa mahsulotlar yetkazib berdi. Bu o‘zbekistonliklarning fashist bos- qinchilarini tor-mor etishga qo‘shgan ulkan hissasi sifatida jahon tarixidan munosib o‘rin oldi. Transport va aloqa. Respublikamizda transport va aloqa vosita- larining to‘xtovsiz va samarali ishlashini ta’minlashga e’tibor berildi. 1943-yil 25-yanvarda «Toshkent temiryo‘li ishi to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Temiryo‘l harbiy holatga o‘tkazildi, unda ishlov- chilar safarbar etilgan, deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qat- tiq intizomga rioya etish majbur qilib qo‘yildi. 1941–1945-yillarda temiryo‘llar 2 barobar uzaydi. Toshkent– Angrenugol, Boysun–Otquloq–Turangli, Toshkent tovar stansiya- si temir yo‘llari qurilib ishga tushirildi. Respublika avtotransportida tashilgan yuklar hajmi 1945-yilda 1940-yilga nisbatan 2,5 barobar o‘sib, 2 116 ming km tonnadan 5 139 ming km tonnaga yetdi. Aloqa, telefon, telegraf xodimlari ham urush talablariga mos la shib ishladilar. Aloqa xodimlari O‘zbekistonni Markaz bilan, Res publika rah bariyatini viloyat, shahar, tumanlar, yuzlab sanoat korxonalari bilan aloqasini yo‘lga qo‘ydilar. Toshkent–Samarqand–Ashxabod, Toshkent–Samarqand–Boku, Toshkent–Samarqand–Krasno vodsk, Tosh kent–Samarqand–Buxoro telefon aloqa yo‘llari qurildi. 1943- yilda qu rib ishga tushirilgan 500 kilometrlik telefon yo‘li Res pub lika poy taxti ni Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston bilan bog‘ladi. Yirik korxonalarning o‘zlarida ham 50–100 o‘rinli telefon stan- siyalari qurildi. Natijada xo‘jaliklarga rahbarlik qilish, ularga o‘z vaq- ti da ko‘maklashish ishlari yaxshilandi. Qishloq xo ‘jaligi. Urush respublika qishloq xo‘jalik xodimlarini qattiq sinovdan o‘tkazdi. Ular oldida sanoatni xomashyo bilan, aho- lini oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan, mu rak kab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat 297 ediki,
birinchidan, respublika qishloq xo‘jaligi asosan paxta yetish- tirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari Ittifoq fondi- dan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqat keltirish to‘xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlar topish zarur bo‘lib qoldi. Ikkin chidan, ko‘ chi rilib keltirilgan aholi hisobiga shaharlar aholisi- ning ko‘payishi, oziq-ovqatga bo‘lgan talabni yanada oshirdi. Uchin- chidan, kuch-quv vatga to‘lgan dehqonlar frontga va harbiy sanoatda ishlashga safarbar etilgan, dehqonchilikning mashaqqatli ishlari kek- salar, ayollar, o‘smirlar zimmasiga tushgan edi.
va sov xoz lar ga G‘arbdan yangi traktorlar, qishloq xo‘jalik mashina- lari va ularga ehtiyot qismlar keltirish to‘xtab qoldi. Bugina emas, xo‘jaliklardagi traktorlar, otlarning bir qismi Qizil Armiya ehtiyojlari uchun frontga olib ketildi. Urush yillarida respublika dehqonchiligining tarkibiy tuzilishi kes kin o‘zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan holda, don, qand lavlagi, kanop, pilla, sabzavot-poliz mahsulotlari yetish tirishni ko‘paytirish tadbirlari ko‘rildi. Birinchi navbatda, ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish, irrigatsiya quvvatlarini oshirish tadbirlari ko‘rildi. O‘zKP(b) MQning birinchi kotibi Usmon Yusupov 1941-yil de kabr- da bo‘lgan MQning V plenumida O‘zbekistonda g‘alla masa la si ni hal qilish, o‘zimizni-o‘zimiz un-non bilan ta’minlashimiz kerak, degan vazi fani ilgari surdi. Don ekiladigan, sug‘oriladigan yer may donlari kengaytirildi. Zarang yerlar, qo‘riqlar, lalmikor yerlardan ham foy- dalanildi. 1942-yilda 1408,1 ming gektar, 1943-yilda 2090,2 ming gektar yerga g‘alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada, don mah- su lotlarini yetishtirish ko‘payib, 1941-yilgi 4,8 mln sentner o‘rniga 1943-yilda 5,3 mln sentner don olindi. Qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston uchun yangi tarmoq – qand lav- la gi yetish tirish yo‘lga qo‘yildi. Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Qash qa daryo viloyatlari lavlagi yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtiri- lib, 1942-yil dayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektar- dan ortiqroq hosildor yerlarga qand lavlagi ekildi. Respublika bo‘yi- cha 1944-yilda davlatga 1 mln 373 ming sentner, 1945-yilda esa 1 mln 646 ming sentner qand lavlagi topshirildi. Qand lavlagini qayta ish lash, shakar-qand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, Krasnogvar-
O‘zbekiston butun Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to‘rtdan bir qismini berdi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi xodimlari urush yil-
298 larida davlatga 4 mln 806 ming tonna paxta xomashyosi, 1282 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sab- zavot, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna go‘sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar. Urush yillarida ishchi va dehqonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, yor dam yanada mustahkamlandi. Ular mustahkam jipslashib, front ni moddiy jihatdan ta’minlash orqali dushman ustidan qozonilgan g‘ala- baga salmoqli hissa qo‘shdilar. O‘zbekiston qishloq xo‘jalik xodimla- ri urush yillarida dushmandan ozod etilgan viloyat, shahar, tuman, xo‘ja liklarini qayta tiklashga ham ko‘maklashdilar. Rossiya G‘arbiy vilo yatlari, Ukraina, Belorussiyada ko‘plab korxonalar, temiryo‘llar, kol xoz va sovxozlarni tiklashga moddiy jihatdan ham, mutaxassislar- ni safarbar etish yo‘li bilan ham yordam berildi. 3. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat Fan. Urushning dastlabki kunlaridayoq SSSR fanlar Akade- miyasining O‘zbekiston filiali, respublikada ishlab turgan 75 ta ilmiy muas sa sa lar, shu jumladan, 25 ta ilmiy tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy stansiya va boshqalar, barcha olimlar xo‘jalikni harbiy izga so lish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb etildi. Ularning zavodlar, fabrikalar, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari, transport kor- xona lari bilan bevosita aloqalari o‘rnatildi. O‘zbekistonlik olimlar Rossiyadan ko‘chib kelgan yirik olimlar bilan yaqin alo qa bog‘ladilar. Respublikamizda mavjud bo‘lgan va ko‘chirilib keltirilgan ilmiy muassasalarning tadqiqot yo‘nalishi qay- ta ko‘rib chiqildi, urush talablariga moslab o‘zgartirildi. Geolog olimlar tadqiqotlari natijasida qalay, volfram, molib- den, o‘tga chidamli metal lar, nodir metallar va boshqa turdagi xom- ashyo kon lari topildi va o‘z lash tirildi. A.S. Uklonskiy boshchiligidagi geolog lar guruhining Turangli temir konini topish, o‘zbek metallur- giya kombinati quruli shini loyihalashtirish va ularni foydalanishga top shirishdagi xizmatlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. D.M. Bogdanov va muhandis G.S. Chikrizovlar Angrenda qidiruv ishlariga boshchilik qildilar va ko‘mir konining boy resurslarini topib yangi shaxtalar qurishga ko‘maklashdilar. Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlar natijasida aholi ehtiyoj lari uchun zarur bo‘lgan turli xil dori-darmonlar ishlab chiqa- rish yo‘lga qo‘yildi. Toshkentda farmatsevtika zavodi qurilib ishga tushirildi. 299 Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivojlandi. Tosh kent- ga ko‘ chib kelgan yirik tarixchi, arxeolog, huquqshunos, sharqshu- nos, adabiyotshunos olimlar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan O‘zbe- kiston xalqlari tarixi, madaniyati va adabiyotining muhim masala- larini ishlab chiqdilar. V.V. Struve, V.A. Shishkin, I.K. Dodonov, V.Yu. Zohidov, X.Sh. Inoyatov, A.Yu. Yakubovskiy, M.E. Masson, S.P. Tolstov, Ya.G‘. G‘ulomov va boshqalar O‘zbekistonning eng qa dimgi va o‘rta asr lar tarixi, moddiy madaniyati va ma’naviyati, O‘rta Osiyo xalq larining etnogenezi bo‘yicha qator asarlar tayyorla- dilar. Ikki tomlik «O‘zbekis ton SSR tarixi»ning yaratilishi tarix fani- ning katta yutug‘i bo‘ldi. Yozuvchi Aleksey Tolstoy rahbarligida rus va o‘zbek olimlari bir- galikda «O‘zbekiston adabiyoti tarixi» asarini yaratdilar. 1942-yil 27-sentabrda SSSR hukumati O‘zbekistonda fanlar Aka- demiyasini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. 1943-yil 4-no yabr- da O‘zbekiston fanlar Akademiyasi ochildi, uning birinchi prezi denti etib taniqli olim T.N.Qoriniyozov saylandi. Mahalliy millat vakillari- dan fan doktori va nomzodlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1944-yilda O‘zFA Prezidiumida aspirantura bo‘limi tashkil etildi. Ta’lim. Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan O‘zbekistonga ko‘chirilib keltirilgan 31 oliy o‘quv yurti va 7 har biy akademiya qabul qilib olindi. Ularning ba’zi- lari o‘zaro yoki O‘zbekis ton oliy o‘quv yurtlari bilan birlashdilar. 1945-yilda oliy o‘quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan 3 taga ko‘pa ydi. Ular 33 tani tashkil etdi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urush yillarida hammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘p roq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlandi. Xalq maorifi tizimida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Ko‘plab maktablarning binolari gospitallar, yotoqxonalar, harbiy o‘quv yurt- lariga berildi. Maktablar birlashtirildi, ko‘p smenali o‘qish joriy qilin- di. Respublika maktablarida ishlayotgan o‘qituvchilarning 74,6 foi- zini erkaklar tashkil etardi. Ular frontga, ishlab chiqarish ishlariga safarbar etildi. Darsliklar, uskunalar, daftarlar yetishmas edi. O‘zbe- kiston hukumati umumta’lim to‘g‘risidagi qonunni bajarish, yoshlar- ni o‘qitish va tarbiyalash ishlari bilan muntazam shug‘ullandi. Qisqa muddatli o‘qishlar tashkil etilib, boshlang‘ich sinflar uchun o‘qituv- chilar tayyorlandi. Maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv- 300 chilar bilimini baholashning besh balli tartibi, boshlang‘ich va yet- ti yillik maktablarni tamomlovchilar uchun bitiruv imtihonlari, o‘rta maktabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati – guvohnomasi uchun imtihonlar topshirish majburiyati, maktab o‘quv dasturlarini a’lo o‘z lash tirgan va a’lo xulqli o‘quvchilarni oltin va kumush medal- lar bilan taqdirlash joriy etildi. Bu dars mashg‘ulotlari saviyasini ko‘ ta rish ga, o‘quvchilar intizomini yaxshilashga olib keldi. Ko‘chirilib keltirilgan muassasalar o‘z joylariga qaytib keta bosh- la gach, maktab binolari ham bo‘shatila boshladi, boshqa ishga o‘tgan o‘qituvchilar, armiya safidagi o‘qituvchilar maktabga qay ta ril di, o‘quv chilar o‘z maktablari bag‘riga qaytib, o‘qishni davom ettir dilar. 1940–1941-o‘quv yilida 5 504 umumta’lim maktablarida 1 368,9
ming o‘quv chi o‘qigan bo‘lsa, 1945–46-o‘quv yilida 4 976 umumta’- lim mak tab larida 989,2 ming o‘qituvchi ta’lim oldi. Adabiyot va san’at. O‘zbekiston madaniyati va san’ati xodimlari o‘zlari ning qaynoq ijodi bilan xalqni mardonavor jang qilishga, fido- korona mehnatga ruhlantirib g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar. O‘zbekistonga vaqtincha ko‘chirib keltirilgan rus, ukrain, belo- rus, mol da van va boshqa millatlarga mansub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotida faol qatnashdilar. O‘zbekistonlik ham- kasb lari bilan hamkorlik qildilar. «Biz yengamiz» degan almanaxlar, «O‘zbekiston shoirlari frontga!» degan antologiya ana shunday ham- ko r lik mevasi bo‘ldi. Hamid Olimjon, Uyg‘un, Sobir Abdulla, Niko- lay Pogodinlar birgalikda «O‘zbekiston qilichi» musiqali dramasini yarat dilar. Urush yillarida yaratilgan Oybekning «Navoiy» va «Qutlug‘ qon» ro man lari, Abdulla Qahhorning «Oltin yulduz» qissasi jamoatchi- likning yuksak bahosiga sazovor bo‘ldi. She’riyatda ulkan yuksalish bo‘ldi. Hamid Olimjonning «Qo‘ling- ga qurol ol», «Sharqdan G‘arbga ketayotgan do‘stga», «Jang chi Tur- sun» va «Roksananing ko‘z yoshlari», G‘afur G‘ulomning «Sen yetim emassan», «Men – yahudiyman», «Men seni kutaman, o‘g‘- lim» va «Biz ning ko‘chamizda ham bayram bo‘lajak», Uyg‘unning «Qa sam», «Bir qadam orqaga chekinilmasin» va «Maktub», Maqsud Shayx zodaning «Ona kuzatmoqda» va «Kapitan Gastello» she’rlari fa shizm kirdikorlarini fosh etib, g‘alaba qozonishga chuqur ishonch- ni kuylab, xalqning jangovar ruhini ko‘tardilar. Urush yillarida sahna san’ati ham rivojlandi. Toshkentda va An di- jon da yangi teatrlar ochildi, respublikamizda hammasi bo‘lib 36 ta
301 teatr ishlab turdi. Teatrlarda urush mavzusiga bag‘ishlangan «Davron ota», «Shera li», «O‘zbekiston qilichi» musiqali dramalari, «Ulug‘bek» va «Mah
mud Torobiy» operalari, K. Yashinning «Bosqinchilarga o‘lim», M. Shayxzodaning «Jaloliddin» pyesalari ko‘rsatildi. Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko‘chib kelgan yirik kinomatograflar bilan hamkorlikda «Ikki jangchi», «Nasridddin Bu- xoroda», «Vatanga sovg‘a» nomli kinofilmlarni yaratdilar. O‘zbekiston san’ati xodimlari mehnatkash xalqqa, jangchilarga xizmat qilib, ularning ruhini ko‘tarib turdilar. San’atkorlardan tuzil- gan 30 dan ortiq brigadalar frontdagi jangovar harbiy qismlarning askar va zobitlari uchun 400 martadan ko‘proq konsert berdilar. Res- publika hududida joylashgan harbiy qismlarda 15 ming marta, gos- pitallarda 10 ming marta konsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakor- lar huzurida doimo xiz matda bo‘ldilar. Bu tadbirlarda faol qatnash- gan atoqli san’at korlar – Halima Nosirova, Tamaraxonim, Abror Hidoyatov, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto‘rayeva, Abbos Bakirov va bosh qalar xalq hurmatiga sazovor bo‘ldilar. O‘zbek xalqining badarg‘a qilingan xalqlarga g‘amxo‘rligi Stalin va uning atrofidagi yugur daklari tomo ni dan urush yillarida ham kam sonli xalq lar, etnik guruhlarga nisbatan ado lat - siz lik qilindi. Urushning dastlabki yil lari- dayoq Volgabo‘yi nemislari Avto nom respublikasi tugatildi. Uning 300 mingdan ortiq aholisi, «bosqinchilar ulardan yordam olishi mum kin», degan gumon bilan yashab turgan joylaridan Sibir va Qozo g‘is ton viloyatlariga ko‘chirib yuborildi. 1943-yil oxiri, 1944-yil boshlarida qalmoqlar, qorachoylar, che- chen lar, ingushlar, bolqorlar, 1944-yil iyunda qrim-tatarlari, grek- lar, keyinroq mesxeti turklari yashab turgan joylaridan O‘rta Osiyo va Sibirga badarg‘a qilindi. Ular fashistlar bilan «hamkorlik» qilishda ayblanib, ommaviy qatag‘on qilindi, yashirin va shoshilinch ravishda ko‘chirildi. Ko‘pchilik odamlar, bolalar yo‘lda halok bo‘ldil ar. O‘zbekistonga 175 mingdan ortiq chechenlar, 157 ming ingush- lar, 150 mingdan ortiqroq qrim-tatarlari, 4 500 bolqorlar, o‘n ming- lab mesxeti turklari, greklar ko‘chirilib keltirildi. O‘zbek xalqi ularni beg‘araz kutib oldi, ta’na toshi otmadi, ularni joylashtirishga, oziq- ovqat bilan ta’minlashga ko‘maklashdi. O‘zbek xalqi urush yillarida Vatanidan badarg‘a qilingan xalqlarga moddiy va ma’naviy madad ber di. Respublika mahalliy hokimiyati ularga hosildor yerlardan to morqa yer, uy qurish va xo‘jalik yuritish uchun kredit mablag‘lari
302 ajratdi. Ko‘chirib keltirilganlar ming mashaqqatlar bilan yangi joy- larga asta-sekin moslashdilar.
Urushning dastlabki kunlaridayoq G‘arbiy chegaralardagi har- biy qo‘shilmalar tarkibida xizmat qilayotgan o‘zbekistonliklar fashist bos qin chilarga qarshi jangga kirdilar. Chegarada joylashgan Brest qal’asining 50 dan ortiqroq millatga mansub jangchilari orasida o‘z bek lardan Doniyor Abdullayev, Bobo Xalil Kashanov, Ahmad Aliyev, Nurum Siddiqov, Uzoq O‘tayev va boshqalar bor edi. Ular qal’a hi moyachilari bilan yelkama-yelka turib, dushmanning katta kuch lari ga qarshi qariyb bir oy davomida so‘nggi nafaslarigacha jang qildilar. O‘zbekistonlik jangchilar qatnashgan Brest, Smolensk, Kiyev, Odes sa, Sevastopol va Leningradning qahramonona himoyasi fashist- lar Germaniyasining «Yashindek tez urush» qilish rejasiga dastlabki zarba bo‘ldi. O‘zbekistonliklar Moskva uchun janglarda 1941-yil kuz-qish oylarida Moskva osto na larida hayot-mamot janglari bo‘l- di. Moskva ostonalaridagi ana shu dah- shatli janglarda o‘zbekistonlik jangchilar ham sabot-mato nat, yuksak harbiy mahorat ko‘rsatdilar. Janubi-g‘arbiy front tarkibidagi 353- tog‘-o‘qchi polki jangchisi Qo‘chqor Turdiyev katta jasorat ko‘rsatdi. U 1941-yil 25-oktabrda safdoshlari bilan razvedka ga, so‘ngra «til» olib kelishga yuborildi. Otishmada barcha qurol dosh lari halok bo‘lgan Qo‘chqor Turdiyevning bir o‘zi dush man ning bir DZOTini va 9 as kar va zobitini yo‘q qilib, 3 tasini asirga olib keldi. Bu jasorati uchun Qo‘chqor Turdiyev o‘zbekistonlik jang chi lar orasida birinchi bo‘lib Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi. Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan general I.V. Panfilov Almati shahrida turkistonliklardan diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarki- bida Toshkent piyoda bilim yurti va O‘rta Osiyo harbiy okrugi ning harbiy-siyosiy bilim yurtida ta’lim olgan 180 zobit bor edi. General I.V.Panfilov diviziyasi Moskva ostonalaridagi Volokolamsk yo‘na- lishi da qattiq janglar qildi. Diviziya jang maydonida dushman ning 114 tankini, 26 ming askar va zobitlarini, 5 samolyot va boshqa ko‘p- lab texnikasini yo‘q qildi.
303 O‘zbekistonda tuzilgan 258-o‘qchi diviziyasi askarlari Moskva ostonalaridagi janglarda 9 000 dan ko‘proq dushmanning askar va zo bit larini yer tishlatib, 137 aholi yashaydigan punktlarni ozod qilib, birinchilardan bo‘lib Oka daryosiga chiqib oladi, ko‘plab jangovar texnikani qo‘lga tushiradilar. Moskva himoyachilari orasida o‘zbek qizi Zebo G‘aniyeva ham bor edi. 1942-yil 21-may kunigacha 23 fashistni yer tishlatdi. 16 mar ta razvedkaga borib, dushman to‘g‘risida qimmatli ma’lumot- lar olib keldi. Zebo G‘aniyeva jasorati uchun «Qizil Bayroq» ordeni bilan mukofotlandi. Moskva ostonalarida o‘zbekistonlik merganlar – Is’hoqov 354 fa s his tni, Abubekov 229, Yusupov 132, Madaminov 123 fashist askar va zobit larini yer tishlatdilar. 1753 nafar o‘zbekistonlik jangchilar «Moskva mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandilar.
Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling