O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi


O’rta asrlar va Uyg’onish davrida Ovrupa mamlakatlarida


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana09.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1695654
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
etika n.r.ochilova

3.1.O’rta asrlar va Uyg’onish davrida Ovrupa mamlakatlarida
vujudga kelgan axloqiy ta‘limotlar. 
O’rta asr Yevropa falsafasi, axloqshunosligida asosiy e‘tibor xristian dini, cherkovga bo’lgan 
munosabat bilan harakterlanadi. Axloqshunoslik oldida nasroniylik ta‘limotini ratsional tarzda 
umumlashtirish vazifasi turadi. Cherkov talabi – Xudo olamning yaratuvchisi, unga jon baxsh etadigan 
mohiyatdir, deb tushntiriladi.
Inson gunohkor zot, u faqat Xudo yordamidagina gunohlardan qutulishi mumkin. (Iso – insonning 
Xudo bilan birlashuviga faqat u orqali amalga oshuvi mumkin).
O’rta asrlar Ovrupa axloqshunosligining yirik vakillari Avreliy Avgustin – ilohiy Avgustin bo’lib, 
(354-430 Shim.Afrika) u xristian ilohiyotchisi, filosof, patriastikaning nufuzli vakilidir. O’zining 
“Tazarru” hamda “Ezgulik”, “ixtiyor erkinligi haqida» degan asarlarida patriastitikani himoya qiladi. 
Uning axloqshunosligida asosiy e‘tibor dinga, ayniqsa xristian dinga qaratiladi. «Diniy e‘tiqodsiz bilim 
yo’q, haqiqat yo’q», degan printsipiga bo’ysunib, Xudo barcha go’zalliklar manbai va eng oliy 
go’zallikdir, degan aqidani ilgari suradi.
Xudoning irodasi ezgulik, ne‘mat, yagona oliy ne‘mat. Hamma narsa, Xudodan bo’lgani uchun – 
ezgu, nimaiki bor ekan, hammasi ezgu: borliq – qadriyatlarning tartibli bosqichlaridan iborat. Borliq 
ichidagi eng muhim farq Xudo bilan olam, Yaratgan bilan yaratilishi orasidagi farqdir, yagona shu farq 
axloqning asosi hisoblanadi. Ikki xil munosabatni farqlamoq kerak, lazzat va foydaga intilish kerak. 
lazzat – faqat birgina Xudodan qolgan hamma narsalar foydalanish obe`ktidir. Xudo insonni – Odam 
Atoni erkin, gunoh qilmaslik imkoniyatiga ega zot qilib yaratdi. U ixtiyor erkinligining yo’nalishini 
belgilab beradi. Xudo ko’rsatmalaridan chekinish gunohdir.
Italiyalik axloqshunos Nikkolo Makiavelli (1469-1527). Uning «Hukmdor» (1513) asarida 
saxiylik, tejamkorlik, shafqat va shafqatsizlik, muhabbat va nafrat kabi tushunchalari haqida batafsil 
to’xtaladi. Hukmdorlarining shafqatsizlarcha olib borayotgan faoliyatini, siyosatini tahlil qilib beradi. U 
hukmdor o’z fuqarolarining ko’proq mehr-muhabbat emas, qurquvga erishishi keraqligini aytadi. 
Makivelli «Hukmdor» risolasining XVIII bobida: «Shuni bilish kerakki, dushmanga qarshi ikki yo’l bilan 
kurashish mumkin: biri – qonun yo’li, ikkinchisi – kuch ishlatish. Birinchisi – insonga, ikkinchisi-
yirtqichga xos. Ammo birinchisi yetarli natija bermaganligi uchun ko’pincha ikkinchi yo’lga murojaat 
qilishga to’g’ri keladi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, hukmdor ham, inson ham yirtqich tabiatini 
o’zida mujassam etmog’i kerak». 
Yirtqichlar orasida hukmdor ikki narsaga o’xshash uchun harakat qilmogi zarur: bularning biri-
arslon, ikkinchisi-tulki…» 
Makiavellining Ona Vatan Italiyani ozod va birlashgan holda kurashishni istaydi. Yangi davlat 
hukmdori talabchan va qattiqqul bo’lishi kerak, yangi milliy davlat tuzish uchun, hukmdor axloqini tahlil 
qilib, uning nimalarga e‘tibor berishi keraqligini ko’rsatadi. Bunday ijobiy fikrlar Italiyada shakllanib 
kelayotgan burjua davlatiga zarurligini ko’rsatdi.
Makiavelli ozodlik, ozod Italiya, ozod jamiyat, shaxs erkinligi, faoliyat erkinligi kabi 
tushunchalarini falsafiy-axloqshunoslikda fan nuqtai-nazardan tushuntiradi. U davlat rahbarining axloqiy 
fazilatlari nimalardan iborat bo’lishi keraqligini ko’rsatdi.


21 
O’rta asrlar Ovrupa axloqshunosligida Fransiyalik Mishel Eykem De Monten ning axloqiy 
qarashlari mavjud. Montenning tanqidiy-naturalistik falsafasi ijtimoiy-axloqiy xarakterga ega ekanligi 
bilan ajralib turadi. Uning e’tirof etishicha, inson hayotdan lazzat olishni, yashashnio’rganmogi lozim. 
«Hayot o’z mohiyatiga ko’ra nf ezgulik, na yovuzlikdan iborat,u ham ezgulik, ham ovuzlikning 
makonidir».
1
Mishel Monten har bir kishi hayotda ma’lum axloqiy qoidalarga amal qilishi, tabiat bilan uzviy 
aloqadorlikda yashashi, aql-zakovat hukmiga bo’ so’nishi zarur ekanligini ta’kidlaydi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling