O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
O„simlik er ustki qismining mikroskopiyasi
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
O„simlik er ustki qismining mikroskopiyasi. O‗simlik er ustki qismini
tahlil qilishda asosan, bargdan mikropreparat tayyorlanadi. Buning uchun bargni ishqor eritmasida qaynatib, skalьpelь yordamida epidermisi ajaritib olinadi va tashqi ko‗rinishi mikroskopda ko‗riladi. Poyadan ko‗ndalang kesim tayyorlash uchun uni xuddi bargdagi kabi xo‗llaniladi va marjondarxt poyasi o‗zagi yoki probka yordamida yupqa kesim tayyorlab, suv, glitserin yoki xloralgidrat eritmasida ko‗riladi. Qirqilgan mahsulotni tekshirishda, yirik poya bo‗lagi yumshaguncha qadar 3-5% li ishqor eritmasida qaynatilaib, suv bilan yuvilib, buyum oynachasidagi glitserin yoki xloralgidart eritmasiga joylashtiriladi va qoplagich oynacha bilan berkitib, havoni haydash uchun qisman qizdiriladi va bosib qo‗yilib mikroskopda ko‗riladi. Bunda ko‗ringan mikroskopik tuzilishi poyaning uzunasiga tuzilishii eslatadi. Poyadan tayyorlangan preparatda epidermis xujayrasining shakli, ustьitsalar xiliga, trixomalarning (tuklar, bezlar) bor yoki yo‗qligiga, ularning tuzilishiga e‘tibor beriladi. Undan tashqari mexanik to‗qimalarning, kristallarning, joylarning, sekretor kanallar, sut naylari va boshqalarning bor yoki yo‗qligiga e‘tibor beriladi. Poyadan tayyorlangan ko‗ndalang kesim prepartda o‗tkazuvchi to‗qima to‗plamining joylanishi, tuzilishi va boshqa xarakterli belgilarga e‘tibor berish ham lozimdir. O‗simlik er ustki qismining kukunidan mikropreparat barg kukunidagi pepart kabi tayyorlanadi. Bunda asosan barg elementlariga e‘tibor qaratiladi. O‗simlik er ustki qismi kukunining mikroskopiyasi barg poroshogidan farqi, unda barg elementalridan tashqari poya, gul, qisman meva elementalri bo‗lishi bilan farqlanadi. Poya uchun eng xarakterli belgi burchakli yoki to‗g‗ri burchakli, uzunachiga cho‗zilgan epidermis xujayralari, to‗g‗ri va yirik suv naylari bo‗lakchalari (bargnikida esa o‗tkazuvchan to‗qimalari shoxlangan) va mexanik tolalari bo‗lishidir. Poroshokda gulga xos belgi otalik changi, gulkosacha va tojbarglarning epidermisidir. Meva uchun eng xarakterli belgi – meva epidermisining shakli hisoblanadi. Agar pishgan meva bo‗lsa, uning urug‗ini po‗stloq qavatlaridan aniqlanadi. Mevada yog‗ saqlovchi endospermaning bo‗laklari ham bo‗ladi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling