O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meva va urug„lar mikroskopiyasi.
Gullar mikroskopiyasi. Gulto‗plamidan, gul va gul bo‗laklaridan
mikroprepart tayyorlash uchun tekshirilayotgan mahsulotni 2-3 daqiqa davomida suv yoki natriy ishqorining 1-2% li eritmasida qaynatilib, suvda yuviladi. Keyin gulni yoki gul bo‗lagini buyum oynachasidagi suv, glitserin yoki xloralgidrat eritmasiga joylashtirilib, preparal nina bilan tekislanadi va qoplagich oynacha bilan berkitib, qolgan havoni chiqarish uchun qisman qizdiriladi. Mikroskopda asosan tashqi preparatlar ko‗riladi. Gullari mikroskop ostida ko‗rilganda diagnostika uchun gultoji va kosachabarglarining ichki va tashqi tomonidagi epidermisi, gulo‗rni xo‗jayralari va o‗rama barglar, xar xil tuklar, oksalat kalьsiy kristallari, efir maylari saqlovchi bezlar, otalik changi va boshqalar asosiy belgi bo‗lib xizmat qiladi. 130 Gul kukunini mikroskop ostida ko‗rilganda kristall saqlovchi to‗qimalar, gultoji bargining epidermisi, ularning mexanik to‗qimlari, tuklari va otalik changining o‗lchami va shakli o‗ziga xos elgi hisoblanadi. Meva va urug„lar mikroskopiyasi. Meva urug‗larni mikroskop ostida tekshirish uchun ularni nam kamerada yumshatib, so‗ngra meva urug‗ning o‗rta qismidan ko‗ndalang kesim tayyorlanadi. Meva va urug‗ning umumiy ko‗rinishini o‗rganish uchun qalin kesim, unig tuzilishini mukammal o‗rganish uchun yupqa kesim tayyorlanadi. Mayda meva va urug‗lardan kesim tayyorlash uchun ularni parafin ichiga joylashtiriladi. Buning uchun 1-1,5 sm kattalikda kubik shaklida parafin tayyorlanadi va uning bir tomonining o‗rtasini qizdirilgan perparal ninasi eritib, hosil bo‗lgan chuqurlikka tekshirilayotgan meva urug‗ni tik yoki gorizontal holatda joylashtiriladi. 4. Dorivor o„simliklar xom-ashyosini mikrokimyoviy taxlil qilish Dorivor o‗simlik mahsulotining haqiqiyligini aniqlashda gistokimyoviy raeksiyalar qo‗shimcha ma‘lumot beradi. Ulardan tashqari gistokimyoviy reaksiyalar yordamida kimyoviy moddalarning xujayra va to‗qimalarda to‗planish joylarini aniqlash mumkin. Bu esa o‗simlik mahsulotlarini ishlatishga oid amaliy masallarni hal qilishda ahamiyatlidir. Gistokimyoviy reaksiyalar juda kam miqdordagi moddalarni ham aniqlashga yordam berishi tufayli, bu ishni olib borilganda ehtiyotkorlikka va toza ishlashga amal kilish kerak. Gistokimyoviy reaksiyalar o‗ziga xos bo‗lgani uchun tekshirilayotgan ob‘ektdan shu reaksiyani beruvchi boshqa moddalar oldindan ajratib olingan bo‗ladi. Gistokimyoviy reaksiya uchun tayyorrlanayotgan kesim juda yupqa bo‗lishi shart emas, 2-3 xujayra qalinligida bo‗lishi kerak. YAna shuni qayd etish kerakki, kam miqdorda aniqlanayotgan moddaga juda oz miqdorda reaktiv ta‘sir ettirish kerak. Gistokimyoviy reaksiyalarda ishlatiladigan ko‗p reaksiyalar tug‗un bo‗lmaganni uchun ular yangi tayyorlanishi va alohida saqlanishi lozim. Gistokimyoviy reaksiyalar xo‗l va maxsus usul bilan saqlangan o‗simlik kesimida olib boraladi. Agar reaksiya natijasida biror moddaning to‗planish joyini emas, faqat uning borligini aniqlash kerak bo‗lsa, u holda reaksiya maydalangan quruq o‗simlikda (qirindi, kukun) olib boriladi va reaksiyani mikrokimyoviy reaksiya deb ataladi. Reaktivning xarakteri va ta‘siri etish vaqtiga qarab reaksiyasi buyum oynachasida, soat oynasida yoki byuksda olib boriladi. Uning natijasida mikroskop ostida oldin kichik, keyin katta ob‘ektivda ko‗riladi. Ko‗pgina gistokimyoviy reaksiyalarni tezlikda olib borish va kuzatish lozim bo‗ladi, aks holda o‗simlik to‗qimalari reaktiv tasirida parchalanib ketishi mumkin. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling