O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- 11-Amaliy mashg„ulotlar Xom-ashyoni tovarshunoslik usuli bilan analiz qilish Darsning maqsadi
- Kerakli jixozlar
- 4.Iste‟mol qiymatini o„zgartiruvchi omillar ―Tovarshunoslik‖ atamasi ikkita so‗zdan tarkib topgan: ―tovarshunoslik‖ (lot. Veda – bilim), ya‘ni tovarlar haqidagi bilim.
Smolalarga reaksiya. Smolalar ham yog‗, efir kabi Sudan III yoki boshqa
reaktivlar bilan bo‗yalib reaksiya berishi mumkin. Lekin bu reaksiyalar xarakterili emas. Ularni quyidagi reaksiya bilan aniqlash mumkin. Mis atsetati bilan reaksiya. Tekshirilayotgan mahsulot bo‗lagi mis atsetatining konsentrlangan eritmasiga bir necha kunga solib qo‗yiladi. Keyin undan kesim tayyorlab, buyum oynachasiga kesmga joylashtiriladi va qoplagich oyna bilan berkitilib mikroskopda ko‗riladi. Bunda smolalar yashil rangga bo‗yalgan holda ko‗riladi. Topshiriqlar: 1. Dorivor o‗simliklarni qabul qilishda namuna olish tartibi. 2. Dorivor o‗simlik mahsulotlarini aniqlashda taxlil qilish 3. Dorivor o‗simlik mahsulotlarini aniqlashda mikroskopik taxlil qilish 4. Mikrokimyoviy taxlil qilish tartibi. 11-Amaliy mashg„ulotlar Xom-ashyoni tovarshunoslik usuli bilan analiz qilish Darsning maqsadi: Dorivor o‗simliklar hom-ashyosini analiz qilish usullari. 1.Tovarshunoslik analiz: a) GOST talabiga javob berishi. b) Tovarning shifri v). Tovarning nomi. g). Hom-ashyoni qisqacha xarakteristikasi. D) Texnik so‗rovi e). Qadoqlash, markirovkalash va yaroqliligi. Farmakologik analiz haqida umumiy tushincha bo‗yicha ko‗nikmalarga ega bo‗lish. Kerakli jixozlar: O‗simlik namunalari, etiketkalar, namuna olish tartibi ko‗rsatilgan FS, GOST, SOP, qo‗lqop, qisqich elektron torozi, 133 Reja: 1.Tovarlar sifatiga ta‟sir qiluvchi omillar 2.Dastlabki materiallarning asosiy xossalari 3.Dastlabki materiallarning kimyoviy xossalari 4.Iste‟mol qiymatini o„zgartiruvchi omillar ―Tovarshunoslik‖ atamasi ikkita so‗zdan tarkib topgan: ―tovarshunoslik‖ (lot. Veda – bilim), ya‘ni tovarlar haqidagi bilim. ―Tovarshunoslik‖ atamasining ta‘rif-tavsiflari behisob. Ulardan eng maqbuli : ―Tovarlarning iste‘mol qiymatlari alohida fan sohasi predmeti – tovarshunoslikni tashkil etadi.‖ Tovarshunoslikning tamoyillari quyidagilar: xavfsizlik samaradorlik mutanosiblik o‗zaro almashinuv tizimlash Xavfsizlik – inson haѐti, sog‗lig‗iga ziѐn etkazishga bog‗liq bo‗lgan, bunga yo‗l qo‗yilmaydigan tavakkalchilikning yo‗qligiga asoslangan tovarshunoslik tamoyillarining asosiysi. Bu ayniqsa davolash, tashxis, muolajalar o‗tkazish uchun foydalaniladigan tibbiy asboblar, uskunalar va apparatlarga tegishlidir. Ayni paytda tovarshunoslikda tovarlar va atrof-muhit uchun xavfsiz tamoyiliga qadoqlash, transportda tashish, saqlash jaraѐnlarida rioya qilinishi shart. Masalan, kislorodli ѐki boshqa tibbiy gazlar bilan to‗ldirilgan ballonlarni tashish va saqlashda atrof-muhitga nisbatan xavfsizlik tamoyiliga qat‘iy rioya qilinishi zarur. Samaradorlik – tovarlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, sotish va iste‘mol qilish (foydalanishda) mo‗tadil natijaga erishishdan iborat tamoyil. Ushbu tamoyil dorivor o‗simliklar tovarshunosligining assortiment turlarini shakllantirishda, shuningdek sifati va miqdorini ta‘minlashda muhim ahamiyatga egadir. Masalan, qadoqlash ѐki saqlash samaradorligi zarur sifatda saqlab qolingan tovarlarning miqdori va mazkur jaraѐnlarga sarf-xarajatlar bilan belgilanadi. Mutanosiblik – dorivor o‗simliklar tovarshunosligining yaroqliligi, ko‗ngilsiz o‗zaro ta‘sirini vujudga keltirmaydigan, hamkorlikda foydalanishga nisbatan jaraѐnlar ѐki xizmatlarning foydaliligini belgilovchi tamoyil. O‗zaro almashinuv – bitta tovar, jaraѐn ѐki xizmat o‗rniga boshqa tovar, jaraѐn ѐki xizmatning yaroqliligi, bir xil talablarni bajarish maqsadida foydalanishi bilan aniqlanadi. Tovarlarning o‗zaro almashinuvi ular o‗rtasida raqobat bilan belgilanadi va ayni paytda bu shunga o‗xshash ehtiѐjlarni turli xil tovarlar bilan to‗ldirish imkonini beradi. Ayrim dorivor o‗simliklar tovarshunosligining tasniflari nechog‗li yaqin bo‗lsa, ular o‗zaro almashinuvdan foydalanishga shunchalik yaroqli bo‗ladi. Masalan, jarrohlikda ishlatiladigan pichoq va skalьpelь. dorivor o‗simliklar tovarshunosligi (mahsulot, asbob, uskuna) ning ѐki bu buyumlarni butlovchi ayrim tovarlarning ko‗zda tutilgan talablarni bajarish uchun boshqa uskuna o‗rnida foydalanilishiga qodirligi o‗zaro almashinuvchi tovarlarning xilma-xilligi (assortimenti)ni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tizimlash (sistematizatsiya) – bir xil, o‗zaro almashinadigan tovarlar, jaraѐnlar ѐki xizmatlarning muayyan izchilligini 134 belgilashdan iborat tamoyil. Ob‘ektlarning ko‗p xilligini hisobga olgan tovarshunoslikdagi tizimlash – tartibga solish favqulodda muhim ahamiyatga ega, chunki u o‗zaro bog‗langan va o‗zaro bo‗ysingan toifalar (muntazam kategoriyalar) ga birlashtirish, muayyan reja bo‗yicha qurilgan chizmani tuzish imkonini yaratadi. 9 Tizimlash tamoyili usullar guruhi asosiga qo‗yilgan bo‗lib, ular tarkibiga tovarshunoslikda keng qo‗llaniladigan tenglashtirish (identifikatsiya), tasniflash, umumlashtirish va kodlashtirishlar kiradi. Tovarlar sifati ularga ta‘sir qiluvchi ko‗pgina omillarga bog‗liqdir; ularni to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir qiluvchi, sifatini yaxshilovchi va ishlab-chiqarishdan ishlatuvchiga etib borguncha sifatini saqlovchi omillardur. To‗gridan-to‗gri tovarlar sifatiga ta‘sir qiluvchi omillar bular dastlabki xom-ashyoni sifati, materiallar va komplektlovchi detallar, mahsulotni konstruksiyasi, texnologik jarayonni sifatiga bog‗liq bo‗ladi. Tovarni sifatini o‗zgartirmay ishlab-chiqarishdan to ishlatuvchiga etib borguncha to‗la saqlashga yordam beradigan omillardan upakovka, markirovka, tashishdagi sharoit, saqlash, sotish va ishlatishni olish mumkin. Tovarlar sifatiga ta‘sir qiluvchi omillarni yana ob‘ektiv va sub‘ektivga bo‗lishadi. Ob‘ektivi – konstruksiya, ishlab-chiqarish bazasini texnik darajasi, ishlab-chiqarishni mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi, zamonaviy texnologiya va boshqalar. Ular sub‘ektiviga nisbatan ancha stabil bo‗ladilar. Sub‘ektivi – kishi faoliyatiga bog‗liq bo‗lib, ularni qobiliyatiga va ishlab chiqarishga munosabatlariga bog‗liq bo‗ladi. Ular professional ustaligi, bilim darajasi; texnologik yo‗nalishi, shaxsiy manfaatdorligi kabilardir. Tovarlar sifatiga yana yuqoridagi omillarni ta‘sir qilish sharoiti xam ta‘sir qiladi. M.: ishni tashkil etish, rag‗batlantirish, savdo qoniqarsizligi, bahoni oshishi va boshqalar. Tovarlar bir qancha belgilariga qarab guruhlarga bo‗linadi. Ularning orasida asosiysi – bajaradigan vazifasidir. Vazifaga ko‗ra, ular quyidagi turlarga bo‗linadi: - iste‘mol tovarlari - yakka tartibdagi iste‘molchilarning shaxsan foydalanishlariga mo‗ljallangan turlari; - sanoat tovarlari- boshqa tovarlarni ishlab chiqarishga mo‗ljallangan va uning xom ashѐ va texnologik ta‘minotini yaratuvchi turlari; - tashkiliy texnika tovarlari- ma‘muriy-boshqaruv faoliyatini tashkil qilishni yaxshilashga mo‗ljallangan turlari. Tovarlarning har bir turi turkumlarga bo‗linadi. Taqsimlash asosini tovarlarning vazifasi va ehtiѐjlarni qondirish tashkil etadi. Tovarlar turkumi - ehtiѐjlarning umumlashtirilgan guruhlarini qondiruvchi ko‗plab tovarlardan iborat. Iste‘mol tovarlarining turkumlaridan biri – tibbiyot tovarlari turkumidir. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling