O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Dastlabki materiallarning asosiy xossalari
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Dastlabki materiallarning asosiy xossalari
Xom-ashyo va materiallar – sifatida asosan turli-tuman dorivor o‗simliklar va ularning biologik aktiv moddalar ishlatiladi. Ularni tarkibi turlicha bo‗lib farmatsevtika, xalq tabobati, atir upa, kimyo sanoati va boshqa sanoat mahsuloti xisoblanadi. YArim tayyor maxsulot, xamda tayyor maxsulot degan tushunchalar xam bor. Gazlama, tayyor kiyimlar, qo‗g‗irchoq, mebelь sanoati uchun xom-ashyo 135 xisoblanadi. Gazlama chiqarish uchun paxta va ip xom-ashyodir va boshqalar. Xom-ashyoni tarkibiga qarab tayyorlangan maxsulot sifati aniqlanadi. Misol: - kvars qumi tarkibidagi temir tuzlari undan ishlangan oynani xiraligiga olib keladi va ko‗kimtirlashtiradi. api olishda ishlatiladigan loy tarkibida xam shu tuzlarni borligi ularni oppoq bo‗lishiga xalaqit beradi. Xom-ashyo tarkibini o‗zgartirib xoxlagan xususiyatli tovar olish mumkin. Xom-ashyolar kimyoviy tarkibiga qarab organik va anorganik; kelib chiqishiga qarab – tabiiy, sun‘iy va sintetika bo‗ladi. Ko‗pincha tabiiy xom-ashyolar qayta ishlashga qiyinligi, etishmasligi, qimmatligi, kerakli xususiyatlarini etishmasligi sababli sintetik va sun‘iy xom- ashyolar ishlatiladi. Anorganik xom-ashyo sifatida apillyarva qotishmalar, silikatlar va minerallar ishlatiladi. Metall va qotishmalar, ular asosida olingan tovarlar yuqori bosimga chidamli, cho‗zilmaydigan va egilmaydigan, issiqlik va elektr o‗tkazuvchan, yonmaydigan va issiqlikka chidamli, zichligi yuqori xisoblanadi. Kamchiligi – tez korroziyaga uchrashi va qiyin qayta ishlanishidir. Topshiriq: Dorivor o‗simliklar misolida tushuncha bering. 12-Amaliy mashg„ulotlar 1 Dorivor o„simlik mahsulotlarini anotomik mikroskopik tahlil usul. Agrada dorivor o‗simliklar mahsuloti tahlilga qirqilgan yoki kukun holida yuborilgan bo‗lsa, ularning haqiqiyligi yuqorida aytib o‗tilganidek, faqat mikroskopik usul yordamida aniqlanadi. Buning uchun albatta tahlil qilinmoqchi bo‗lgan o‗simlik organidan mikropeparat tayyorlanadi va mikroskop ostida tekshiriladi. Mikroskopik texnika yordamida dorivor o‗simlik mahsulotlarning haqiqiyligini aniqlashga javob bera oladigan preparatni mikroskopik tekshiri uchun tayyorlanadi. Mikroskopik texnika materialni tekshirishga tayyorlash, mikroprepart tayyorlash usullari va boshqa masallarni hal qilishni talab etadi. O‗rganiladigan mahsulot o‗simlikning qaysi qismiga tegishli ekinligiga qarab tekshirishning mikroskopik texnika usuli aniqlanadi. Mikroskopik texnika yordamida mikroskopda aniq ajaratila oladigan turli ko‗rishdagi mikropreparat tayyorlanishi kerak. Bunga ob‘ektlarni suyuqlida yoritish, ularni bo‗yash, u yoki bu suyuqlik bilan shimdirish va boshqalar yordam beradi. Xulosalar 1.Tovarlar sifati tovarning iste‘molchi va raqobatbardoshliligiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatuvchi asosiy tavsiflardan biridir. 2.Sifat- tovarlarga bo‗lgan ehtiѐjlarni qondirishga ob‘ektning qodirligiga mansub tavsiflar yigindisi. 3.Xususiyat tovarning yaratilishi, bahosi, saqlanishi va iste‘mol qilinishida 136 namoѐn bo‗ladigan ob‘ektiv xossadir. 4.Tovarlarning fiziologik va ijtimoiy ehtiѐjlarini qondirish qobiliyati tovarlar vazifasini belgilaydi. 5.Tovarlarning asosiy, ya‘ni belgilangan vazifalarini bajarishga qodirlilik hossasi funksional hossa deyiladi. 6. Ijtimoiy vazifa – tovarlarning yakka tartibdagi ѐki jamiyat ijtimoiy ehtiѐjlarini qondirishga qodirligi. Ijtimoiy vazifa ko‗rsatkichlari deb, ko‗pincha tovarlarning tashqi ko‗rinishi, tarkibi va ayrim qismlarning mazmuniga aytiladi. 7. Ishonchlilik- tovarlarning oldindan kelishilgan muddatlar davomida saqlash va iste‘mol qilish jaraѐnida funksional vazifasini saqlashga qodirligi. 8. Xavfsizlik – yo‗l qo‗yiladigan daraja bilan ziѐn va zarar etkazish ehtimolining cheklangan holati. Xavfsizlik barcha tibbiѐt tovarlariga xos bo‗lgan eng muhim sifatdir. 9. Ekologik xossalar – tovarlardan foydalanilganda ularning atrof-muhitga zararli ta‘sir o‗tkazmaslikka qodirligi. 10. Saqlanishlik – saqlashning muayyan muddati davomida sezilarli yo‗qotishlarsiz darajada avvalgi miqdor va sifat tavsiflarini saqlashga qodirlik. Topshiriqlar 1.Tovarlar sifati qanday ta‘riflanadi? 2. Sifat ko‗rsatkichlarini sanab bering. 3.Tovarlarning iste‘mol xossalari tushunchasi nimani bildiradi? 4.Tovarlarning ergonometrik va estetik xossalari nima? 5.Tovarlarning havfsizligi xossasi qanday namoѐn bo‗ladi? 6. Tovarlar ishonchliligi deganda nimani tushunasiz? 7. Tovarlarning funksional vazifasi qanday namoѐn bo‗ladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling