O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117
Smolalarga reaksiya. Smolalar ham yog‗, efir kabi Sudan III yoki boshqa 
reaktivlar bilan bo‗yalib reaksiya berishi mumkin. Lekin bu reaksiyalar xarakterili 
emas. Ularni quyidagi reaksiya bilan aniqlash mumkin. 
Mis atsetati bilan reaksiya. Tekshirilayotgan mahsulot bo‗lagi mis 
atsetatining konsentrlangan eritmasiga bir necha kunga solib qo‗yiladi. Keyin 
undan kesim tayyorlab, buyum oynachasiga kesmga joylashtiriladi va qoplagich 
oyna bilan berkitilib mikroskopda ko‗riladi. Bunda smolalar yashil rangga 
bo‗yalgan holda ko‗riladi. 
Topshiriqlar: 
1. 
Dorivor o‗simliklarni qabul qilishda namuna olish tartibi. 
2. 
Dorivor o‗simlik mahsulotlarini aniqlashda taxlil qilish
3. 
Dorivor o‗simlik mahsulotlarini aniqlashda mikroskopik taxlil qilish 
4. 
Mikrokimyoviy taxlil qilish tartibi. 
11-Amaliy mashg„ulotlar 
Xom-ashyoni tovarshunoslik usuli bilan analiz qilish
 
Darsning maqsadi: Dorivor o‗simliklar hom-ashyosini analiz qilish 
usullari. 1.Tovarshunoslik analiz:
a) GOST talabiga javob berishi.
b) Tovarning shifri
v). Tovarning nomi.
g). Hom-ashyoni qisqacha xarakteristikasi.
D) Texnik so‗rovi
e). Qadoqlash, markirovkalash va yaroqliligi.
Farmakologik analiz haqida umumiy tushincha bo‗yicha ko‗nikmalarga ega 
bo‗lish. 
Kerakli jixozlar: O‗simlik namunalari, etiketkalar, namuna olish tartibi 
ko‗rsatilgan FS, GOST, SOP, qo‗lqop, qisqich elektron torozi,  


133 
Reja: 
1.Tovarlar sifatiga ta‟sir qiluvchi omillar 
2.Dastlabki materiallarning asosiy xossalari 
3.Dastlabki materiallarning kimyoviy xossalari 
4.Iste‟mol qiymatini o„zgartiruvchi omillar 
―Tovarshunoslik‖ atamasi ikkita so‗zdan tarkib topgan: ―tovarshunoslik‖ 
(lot. Veda – bilim), ya‘ni tovarlar haqidagi bilim. 
―Tovarshunoslik‖ atamasining ta‘rif-tavsiflari behisob. Ulardan eng 
maqbuli : ―Tovarlarning iste‘mol qiymatlari alohida fan sohasi predmeti – 
tovarshunoslikni tashkil etadi.‖ 
Tovarshunoslikning tamoyillari quyidagilar:
 xavfsizlik 
 samaradorlik 
 mutanosiblik 
 o‗zaro almashinuv tizimlash 
Xavfsizlik – inson haѐti, sog‗lig‗iga ziѐn etkazishga bog‗liq bo‗lgan, bunga 
yo‗l qo‗yilmaydigan tavakkalchilikning yo‗qligiga asoslangan tovarshunoslik 
tamoyillarining asosiysi. Bu ayniqsa davolash, tashxis, muolajalar o‗tkazish uchun 
foydalaniladigan tibbiy asboblar, uskunalar va apparatlarga tegishlidir. Ayni 
paytda tovarshunoslikda tovarlar va atrof-muhit uchun xavfsiz tamoyiliga 
qadoqlash, transportda tashish, saqlash jaraѐnlarida rioya qilinishi shart. Masalan, 
kislorodli ѐki boshqa tibbiy gazlar bilan to‗ldirilgan ballonlarni tashish va 
saqlashda atrof-muhitga nisbatan xavfsizlik tamoyiliga qat‘iy rioya qilinishi zarur. 
Samaradorlik – tovarlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, sotish va iste‘mol 
qilish (foydalanishda) mo‗tadil natijaga erishishdan iborat tamoyil. Ushbu tamoyil 
dorivor o‗simliklar tovarshunosligining assortiment turlarini shakllantirishda
shuningdek sifati va miqdorini ta‘minlashda muhim ahamiyatga egadir. Masalan, 
qadoqlash ѐki saqlash samaradorligi zarur sifatda saqlab qolingan tovarlarning 
miqdori va mazkur jaraѐnlarga sarf-xarajatlar bilan belgilanadi. Mutanosiblik – 
dorivor o‗simliklar tovarshunosligining yaroqliligi, ko‗ngilsiz o‗zaro ta‘sirini 
vujudga keltirmaydigan, hamkorlikda foydalanishga nisbatan jaraѐnlar ѐki 
xizmatlarning foydaliligini belgilovchi tamoyil. O‗zaro almashinuv – bitta tovar, 
jaraѐn ѐki xizmat o‗rniga boshqa tovar, jaraѐn ѐki xizmatning yaroqliligi, bir xil 
talablarni bajarish maqsadida foydalanishi bilan aniqlanadi. Tovarlarning o‗zaro 
almashinuvi ular o‗rtasida raqobat bilan belgilanadi va ayni paytda bu shunga 
o‗xshash ehtiѐjlarni turli xil tovarlar bilan to‗ldirish imkonini beradi. Ayrim 
dorivor o‗simliklar tovarshunosligining tasniflari nechog‗li yaqin bo‗lsa, ular 
o‗zaro almashinuvdan foydalanishga shunchalik yaroqli bo‗ladi. Masalan, 
jarrohlikda ishlatiladigan pichoq va skalьpelь. dorivor o‗simliklar tovarshunosligi 
(mahsulot, asbob, uskuna) ning ѐki bu buyumlarni butlovchi ayrim tovarlarning 
ko‗zda tutilgan talablarni bajarish uchun boshqa uskuna o‗rnida foydalanilishiga 
qodirligi o‗zaro almashinuvchi tovarlarning xilma-xilligi (assortimenti)ni 
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tizimlash (sistematizatsiya) – bir xil, 
o‗zaro almashinadigan tovarlar, jaraѐnlar ѐki xizmatlarning muayyan izchilligini 


134 
belgilashdan iborat tamoyil. Ob‘ektlarning ko‗p xilligini hisobga olgan 
tovarshunoslikdagi tizimlash – tartibga solish favqulodda muhim ahamiyatga ega, 
chunki u o‗zaro bog‗langan va o‗zaro bo‗ysingan toifalar (muntazam 
kategoriyalar) ga birlashtirish, muayyan reja bo‗yicha qurilgan chizmani tuzish 
imkonini yaratadi. 9 Tizimlash tamoyili usullar guruhi asosiga qo‗yilgan bo‗lib, 
ular 
tarkibiga 
tovarshunoslikda 
keng 
qo‗llaniladigan 
tenglashtirish 
(identifikatsiya), tasniflash, umumlashtirish va kodlashtirishlar kiradi. 
 
Tovarlar sifati ularga ta‘sir qiluvchi ko‗pgina omillarga bog‗liqdir; ularni 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir qiluvchi, sifatini yaxshilovchi va ishlab-chiqarishdan 
ishlatuvchiga etib borguncha sifatini saqlovchi omillardur. 
To‗gridan-to‗gri tovarlar sifatiga ta‘sir qiluvchi omillar bular dastlabki 
xom-ashyoni sifati, materiallar va komplektlovchi detallar, mahsulotni 
konstruksiyasi, texnologik jarayonni sifatiga bog‗liq bo‗ladi. 
Tovarni sifatini o‗zgartirmay ishlab-chiqarishdan to ishlatuvchiga etib 
borguncha to‗la saqlashga yordam beradigan omillardan upakovka, markirovka, 
tashishdagi sharoit, saqlash, sotish va ishlatishni olish mumkin. 
Tovarlar sifatiga ta‘sir qiluvchi omillarni yana ob‘ektiv va sub‘ektivga 
bo‗lishadi. Ob‘ektivi – konstruksiya, ishlab-chiqarish bazasini texnik darajasi, 
ishlab-chiqarishni mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi, zamonaviy texnologiya va 
boshqalar. Ular sub‘ektiviga nisbatan ancha stabil bo‗ladilar. 
Sub‘ektivi – kishi faoliyatiga bog‗liq bo‗lib, ularni qobiliyatiga va ishlab 
chiqarishga munosabatlariga bog‗liq bo‗ladi. Ular professional ustaligi, bilim 
darajasi; texnologik yo‗nalishi, shaxsiy manfaatdorligi kabilardir. 
Tovarlar sifatiga yana yuqoridagi omillarni ta‘sir qilish sharoiti xam ta‘sir 
qiladi. M.: ishni tashkil etish, rag‗batlantirish, savdo qoniqarsizligi, bahoni oshishi 
va boshqalar. 
Tovarlar bir qancha belgilariga qarab guruhlarga bo‗linadi. Ularning 
orasida asosiysi – bajaradigan vazifasidir. Vazifaga ko‗ra, ular quyidagi turlarga 
bo‗linadi: - iste‘mol tovarlari - yakka tartibdagi iste‘molchilarning shaxsan 
foydalanishlariga mo‗ljallangan turlari; - sanoat tovarlari- boshqa tovarlarni ishlab 
chiqarishga mo‗ljallangan va uning xom ashѐ va texnologik ta‘minotini yaratuvchi 
turlari; - tashkiliy texnika tovarlari- ma‘muriy-boshqaruv faoliyatini tashkil qilishni 
yaxshilashga mo‗ljallangan turlari. Tovarlarning har bir turi turkumlarga bo‗linadi. 
Taqsimlash asosini tovarlarning vazifasi va ehtiѐjlarni qondirish tashkil etadi. 
Tovarlar turkumi - ehtiѐjlarning umumlashtirilgan guruhlarini qondiruvchi ko‗plab 
tovarlardan iborat. Iste‘mol tovarlarining turkumlaridan biri – tibbiyot tovarlari 
turkumidir. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling