O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Dastlabki materiallarning asosiy xossalari


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117
Dastlabki materiallarning asosiy xossalari 
Xom-ashyo va materiallar – sifatida asosan turli-tuman dorivor o‗simliklar 
va ularning biologik aktiv moddalar ishlatiladi. Ularni tarkibi turlicha bo‗lib 
farmatsevtika, xalq tabobati, atir upa, kimyo sanoati va boshqa sanoat mahsuloti 
xisoblanadi. YArim tayyor maxsulot, xamda tayyor maxsulot degan tushunchalar 
xam bor. Gazlama, tayyor kiyimlar, qo‗g‗irchoq, mebelь sanoati uchun xom-ashyo 


135 
xisoblanadi. Gazlama chiqarish uchun paxta va ip xom-ashyodir va boshqalar. 
Xom-ashyoni tarkibiga qarab tayyorlangan maxsulot sifati aniqlanadi. 
Misol: - kvars qumi tarkibidagi temir tuzlari undan ishlangan oynani xiraligiga olib 
keladi va ko‗kimtirlashtiradi. api olishda ishlatiladigan loy tarkibida xam shu 
tuzlarni borligi ularni oppoq bo‗lishiga xalaqit beradi. 
Xom-ashyo tarkibini o‗zgartirib xoxlagan xususiyatli tovar olish mumkin. 
Xom-ashyolar kimyoviy tarkibiga qarab organik va anorganik; kelib 
chiqishiga qarab – tabiiy, sun‘iy va sintetika bo‗ladi. 
Ko‗pincha tabiiy xom-ashyolar qayta ishlashga qiyinligi, etishmasligi, 
qimmatligi, kerakli xususiyatlarini etishmasligi sababli sintetik va sun‘iy xom-
ashyolar ishlatiladi. 
Anorganik xom-ashyo sifatida apillyarva qotishmalar, silikatlar va 
minerallar ishlatiladi. Metall va qotishmalar, ular asosida olingan tovarlar yuqori 
bosimga chidamli, cho‗zilmaydigan va egilmaydigan, issiqlik va elektr 
o‗tkazuvchan, yonmaydigan va issiqlikka chidamli, zichligi yuqori xisoblanadi. 
Kamchiligi – tez korroziyaga uchrashi va qiyin qayta ishlanishidir. 
Topshiriq: 
Dorivor o‗simliklar misolida tushuncha bering. 
 
12-Amaliy mashg„ulotlar 
1 Dorivor o„simlik mahsulotlarini anotomik mikroskopik tahlil usul. 
Agrada dorivor o‗simliklar mahsuloti tahlilga qirqilgan yoki kukun holida 
yuborilgan bo‗lsa, ularning haqiqiyligi yuqorida aytib o‗tilganidek, faqat 
mikroskopik usul yordamida aniqlanadi. Buning uchun albatta tahlil qilinmoqchi 
bo‗lgan o‗simlik organidan mikropeparat tayyorlanadi va mikroskop ostida 
tekshiriladi. 
Mikroskopik texnika yordamida dorivor o‗simlik mahsulotlarning 
haqiqiyligini aniqlashga javob bera oladigan preparatni mikroskopik tekshiri uchun 
tayyorlanadi. 
Mikroskopik texnika materialni tekshirishga tayyorlash, mikroprepart 
tayyorlash usullari va boshqa masallarni hal qilishni talab etadi. O‗rganiladigan 
mahsulot o‗simlikning qaysi qismiga tegishli ekinligiga qarab tekshirishning 
mikroskopik texnika usuli aniqlanadi. 
Mikroskopik texnika yordamida mikroskopda aniq ajaratila oladigan turli 
ko‗rishdagi mikropreparat tayyorlanishi kerak. Bunga ob‘ektlarni suyuqlida 
yoritish, ularni bo‗yash, u yoki bu suyuqlik bilan shimdirish va boshqalar yordam 
beradi. 
Xulosalar
1.Tovarlar sifati tovarning iste‘molchi va raqobatbardoshliligiga jiddiy 
ta‘sir ko‗rsatuvchi asosiy tavsiflardan biridir.
2.Sifat- tovarlarga bo‗lgan ehtiѐjlarni qondirishga ob‘ektning qodirligiga 
mansub tavsiflar yigindisi.
3.Xususiyat tovarning yaratilishi, bahosi, saqlanishi va iste‘mol qilinishida 


136 
namoѐn bo‗ladigan ob‘ektiv xossadir.
4.Tovarlarning fiziologik va ijtimoiy ehtiѐjlarini qondirish qobiliyati 
tovarlar vazifasini belgilaydi.
5.Tovarlarning asosiy, ya‘ni belgilangan vazifalarini bajarishga qodirlilik 
hossasi funksional hossa deyiladi.
6. Ijtimoiy vazifa – tovarlarning yakka tartibdagi ѐki jamiyat ijtimoiy 
ehtiѐjlarini qondirishga qodirligi. Ijtimoiy vazifa ko‗rsatkichlari deb, ko‗pincha 
tovarlarning tashqi ko‗rinishi, tarkibi va ayrim qismlarning mazmuniga aytiladi.
7. Ishonchlilik- tovarlarning oldindan kelishilgan muddatlar davomida 
saqlash va iste‘mol qilish jaraѐnida funksional vazifasini saqlashga qodirligi.
8. Xavfsizlik – yo‗l qo‗yiladigan daraja bilan ziѐn va zarar etkazish 
ehtimolining cheklangan holati. Xavfsizlik barcha tibbiѐt tovarlariga xos bo‗lgan 
eng muhim sifatdir.
9. Ekologik xossalar – tovarlardan foydalanilganda ularning atrof-muhitga 
zararli ta‘sir o‗tkazmaslikka qodirligi.
10. Saqlanishlik – saqlashning muayyan muddati davomida sezilarli 
yo‗qotishlarsiz darajada avvalgi miqdor va sifat tavsiflarini saqlashga qodirlik.
Topshiriqlar 
1.Tovarlar sifati qanday ta‘riflanadi?
2. Sifat ko‗rsatkichlarini sanab bering.
3.Tovarlarning iste‘mol xossalari tushunchasi nimani bildiradi?
4.Tovarlarning ergonometrik va estetik xossalari nima?
5.Tovarlarning havfsizligi xossasi qanday namoѐn bo‗ladi?
6. Tovarlar ishonchliligi deganda nimani tushunasiz?
7. Tovarlarning funksional vazifasi qanday namoѐn bo‗ladi? 


137 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling