O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

3.2. Xo’jalik 
yurituvchi 
sub’ektlar 
zimmasidagi 
soliq 
yukini 
maqbullashtirish yo’nalishlari. 
Soliq amaliyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini 
maqbullashtirish masalasi quyidagilarda namoyon bo’lishi bilan e’tiborlidir. 
Birinchidan, korxonalar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish ularning 
o’z vaqtida va so’zsiz to’lanishi, qonunchilikka aniq rioya qilinishi bilan 
belgilanadi. Bunda buxgalteriya va boshqa hisobotlar shakli aniq hamda to’g’ri 
yuritiladi, qonunchilikka qattik rioya qilinadi. 
Ikkinchidan, soliq yukini optimallashtirishning yana bir shakli bu soliq 
to’lovchi kamroq soliq to’lash maqsadida amaldagi qonunchilik imtiyozlardan va 
boshqa 
preferentsiyalardan 
foydalangan 
holda 
soliq 
majburiyatlarini 
maqbullashtirishga erishishi mumkin.
Soliq yukining pasaytirilishi, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, xo’jalik 


46 
yurituvchi sub’ektlar ixtiyoridan soliqlar shaklida byudjet ixtiyoriga olinayotgan 
mablag’lar bir qismining shu sub’ektlar ixtiyoriga qoldirilishini anglatadi. Bunday 
vaziyatda soliq yukining pasaytirilishi natijasida byudjetga borib tushmaydigan 
mablag’larni byudjet manfaatlari nuqtai-nazaridan qoplash masalasi alohida 
ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi paytda iqtisodchi-olimlar tomonidan soliq yukining pasaytirilishidan 
kutiladigan yo’qotishlarni qoplashning bir necha yo’llari taklif qilinmoqda. 
Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Soliq yukining pasaytirilishi avtomatik ravishda ishlab chiqarishning 
jonlanishiga, rivojlanishiga yoki kengayishiga olib keladiki, bu narsa, oxir-
oqibatda soliqqa tortish ob’ekti (bazasi)ning ko’payishi (ortishi)ni ta’minlaydi. Bu 
esa, o’z navbatida, soliq yukining pasayishi natijasida “yo’qotilgan” 
mablag’larning byudjet uchun “kompensatsiya” qilinishini ta’minlashi mumkin. 
Bu variantning oqilona yo’l ekanligi quyidagi savollarning javobini aniq 
topishimizga bog’liq. Soliq yukining pasaytirilishi haqiqatdan ham ishlab 
chiqarishning gurkirab rivojlanib ketishiga olib keladimi yoki yo’qmi? Agar shu 
narsa sodir bo’ladigan bo’lsa, u qancha vaqt ichida sodir bo’lishi mumkin? Uning 
sodir bo’lishi “cho’zilib” ketadigan bo’lsa, unda nima qilishimiz kerak? “Bugun 
soliq yukini pasaytirsak, ertaga ishlab chiqarish rivojlanib ketadi” degan kafolatni 
bizga kim beradi va kim buning uddasidan chiqadi? Uddasidan chiqa olmasak, 
unda ahvolimiz ne kechadi?
2. Byudjet soliq yukining pasaytirilishi natijasida “yo’qotgan” mablag’larini 
qarzga olish yo’li bilan kompensatsiya qilsa bo’ladi.
Haqiqatdan ham shunday. Lekin bu variant tanlanayotgan paytda bizning 
stolimiz ustida quyidagi savollarning aniq javobi turishi kerak: Qarzga olinishi 
kerak bo’lgan mablag’larning miqdori qancha? Bizga shuncha mablag’ni kim yoki 
kimlar berishi mumkin? Lekin buning natijasida ham qator muammolar kelib 
chiqadi. 
3. 
Soliq 
yukining 
pasaytirilishi 
natijasida 
byudjet 
yo’qotmalarini 
kompensatsiya qilishning o’zi xos varianti, ma’lum ma’noda, byudjet xarajatlarini 


47 
qisqartirishdir. 
Lekin 
bu 
variantning 
tanlanishi 
“Byudjet xarajatlarini 
qisqartirishning imkoni bormi o’zi? Bor bo’lsa, uning qanchagacha qisqartirilishi 
maqsadga muvofiq? Byudjet xarajatlari qisqartiriladigan bo’lsa, bu, eng avvalo, 
kimlarning manfaatlariga ta’sir etishi mumkin? Byudjet xarajatlari qisqartirilsa, 
buning oqibati nima bo’ladi? Ularning qisqartirilishi, yana o’zimizga qimmatga 
tushmasmikan?” degan savollarning paydo bo’lishiga olib keladi. Va bu ham o’z 
navbatida qator ijtimoiy muammolarga sabab bo’ladi.
Har bir variantda keltirilgan savollar juda oddiygina bo’lsa-da, unga arzirli, 
asosli, to’g’ri va oqilona javobni berish hammaga ham nasib qilmagan va qilmaydi 
ham. Ularga malakali javob berish, eng avvalo, soliqlar va soliqqa tortishning 
o’ziga xos bo’lgan hayotiy tamoyillarini so’zsiz idrok etilishini taqozo etadi. 
Bunday hayotiy tamoyillarni inobatga olmasdan berilgan javob bir tiyinga 
qimmatligicha qolaveradi.
Shuning uchun ham og’zimizga to’g’ri kelgan har qanday «javob», o’zimiz 
o’ylaganimizdek, bu savollarning javobi emas. Yuqoridagi mulohazalardan 
ko’rinib turibdiki, soliq yukining og’irligini kamaytirish masalasi hozirgi kunda 
iqtisodiy hayotimizning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
kamaytirishga doir izchil siyosat olib borish natijasida har yili soliq yukini 
kamaytirish choralari amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ular ishlab chiqarishni, 
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, aholining real daromadlarini va iste’mol 
talablarini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, soliqlar va to’lovlarni 
birxillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa tortish mexanizmlarini 
oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga doir korxonalar faoliyatini 
soddalashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali 
nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hol Respublikamizda 
qo’llaniladigan soliq tizimini halqaro me’yorlar va andozalariga muvofiqlashtirish 
zarurati bilan izohlanadi. 
Agar dunyo mamlakatlarida qo’llaniladigan soliq yuklarini izohlovchi 
statistik ma’lumotlariga murojat etsak, shuni ko’rish mumkinki, YaIMga nisbatan 


48 
soliq to’lovlari darajasi turli davlatlarda turlichadir. Bu esa iqtisodiy tartibga solish 
darajasitdagi farqlar, yuritiladigan ijtimoiyg’iqtisodiy siyosat yo’nalishi, muayyan 
mamlakatlarning geopolitik joylashuvi va boshqa omillar bilan izoxlanadi. 
Umuman olganda soliq yuki darajasi bo’yicha dunyo mamlakatlarini 3 guruhga 
ajratish mumkin: 

soliqqa tortishning yuqori darajasi - soliqlar salmog’i Yalpi ichki mahsulot 
(YaIM)ning 40 foizidan ortiq (Lyuksemburg, Frantsiya); 

soliqqa tortishning o’rtacha darajasi - soliqlar salmog’i YaIMning 30 
foizidan 40 foizigacha (Daniyaya, Shvetsiya, Avstriya, Germaniya, Buyuk 
Britaniya); 

soliqqa tortishning o’rtachadan pastroq darajasi - soliqlar salmog’i 
YaIMning 30 foizigacha (Xitoy, Xindiston, Misr, Malayziya, Janubiy Koreya). 
Iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirilishi soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini 
kuchaytirish bilan birga davom ettirilmoqda. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyatida soliq 
yuki darajasi ko’pgina hollarda ular kelajak istiqbolini belgilab berishga xizmat 
qiladi. Zero, korxonalarning asosiy maqsadi bo’lgan – foyda maksimallashtirishda 
ular gardaniga tushayotgan soliq yuki tasiri ijobiy yoki salbiy bo’lishi ular 
iqtisodiy faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. Bunda albatta soliq yukini imkon 
darajasida minimallashtirishdan bir tomondan korxonalar, ikkichi tomondan davlat 
manfaatdor bo’ladi. Masalaga nazariy jihatdan yondoshadigan bo’lsak, Laffer egri 
chizig’idagi nuqtada korxona va davlat manfaatlari to’qnash kelib, optimal soliq 
yuki topiladi (35 foiz). Bu esa korxonalarda soliq yukini kamaytirishdan bo’shagan 
pul mablag’larini investitsiyaga jalb etib, ishlab chiqarish jarayonini 
jadallashtirishga 
xizmat 
qilgan 
holda, 
korxona 
oladigan 
foydani 
maksimallashtiradi. Davlat esa xo’jalik yurituvchi subektlarning soliq yukini 
kamaytirishdan 
ko’rgan 
zararini, 
korxonalarning 
ishlab 
chiqarishini 
kengaytirishdan oladigan foydani soliqqa tortish hamda mavjud soliq bazasini 
kengayishi hisobidan qoplashi mumkin. 


49 
Bugungi kunda soliq qonunchiligida soliqlarning tartibga soluvchanlik roliga 
urg’u beruvchi huquqiy asoslar yaratilganiga qaramasdan, korxonalar faoliyatida 
soliq imtiyozlariga ega bo’lish, pasaytiruvchi stavkalarda soliqqa tortiluvchi 
faoliyat bilan shug’ullanishga o’tish va umuman soliqlarni rejalashtirish holatlari 
kam uchramoqda. Buninng asosiy sababi esa bizningcha O’zbekiston soliqqa 
tortish amaliyotida soliq menejmenti, soliqlarni rejalashtirish tadbirlari joriy 
etilganligidadir. Jahon amaliyotiga nazar soladigan bo’lsak, bu jarayonlar korxona 
moliyaviy xo’jalik faoliyatida katta examiyat kasb etib, ularni o’tkazishdan nafaqat 
korxona balkim davlat ham bevosita manfaatdor bo’ladi. Ushbu tayanch so’zlarga 
batafsil to’xtaladigan bo’lsak, soliq menejmenti - soliq to’lovchilarning soliq 
majburiyatlarini qonun doirasida qiqqartirishga qaratilgan hatti-harakatlari 
yig’indisidir. Bu jarayonda soliqlarni qonunchilikka xilof bo’lmagan tarzda chetlab 
o’tish, shuningdek soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qo’lga kiritish, 
yoki soliq majburiyatlarini kamaytirishga qaratilgan maxsus usullar qo’llaniladi. 
Bunday holatlarda bu usullar qonuniy hisoblanib, soliq to’lovchilaga jarima 
solishga sabab bo’la olmaydi.Soliq menejmentining ustunligi shu bilan 
asoslanadiki, buning natijasi o’laroq, soliq majburiyatlarining qisqartirilishiga 
qonunlarni 
buzmagan 
xolda 
erishiladi. 
Soliq 
menejmenti 
korxonalar 
muvaffaqiyatini taminlash uchun tayanch vazifasini o’taydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, xususan iqtisodiy rivojlanish fazalaridan 
bo’lgan bugungi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida korxonalar moliyaviy 
xo’jalik faoliyatida soliq yuki darajasi ko’pgina hollarda ular kelajak istiqbolini 
belgilab berishga xizmat qiladi. Zero, korxonalarning asosiy maqsadi bo’lgan – 
foyda maksimallashtirishda ular zimmasiga tushayotgan soliq yuki tasiri ijobiy 
yoki salbiy bo’lishi ular iqtisodiy faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. Bunda 
albatta soliq yukini imkon darajasida minimallashtirishdan bir tomondan, 
korxonalar, ikkichi tomondan, davlat manfaatdor bo’ladi. Masalaga nazariy 
jihatdan yondoshadigan bo’lsak, Laffer egri chizig’idagi nuqtada korxona va davlat 
manfaatlari to’qnash kelib, optimal soliq yuki topiladi. Bu esa korxonalarda soliq 
yukini kamaytirishdan bo’shagan pul mablag’larini investitsiyaga jalb etib, ishlab 


50 
chiqarish jarayonini jadallashtirishga xizmat qilgan holda, korxona oladigan 
foydani maksimallashtiradi. Davlat esa xo’jalik yurituvchi subektlarning soliq 
yukini kamaytirishdan ko’rgan zararini, korxonalarning ishlab chiqarishini 
kengaytirishdan oladigan foydani soliqqa tortish hamda mavjud soliq bazasini 
kengayishi hisobidan qoplashi mumkin. Shu boisdan ham bugungi kunda 
mamlakatimiz miqyosida korxonalar zimmasiga tushayotgan soliq yuki og’iriligini 
kamaytirish maqsadida soliqlar bo’yicha qator engilliklar berilmoqda. 


51 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling