O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet149/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

REZYUME
An’anaviy qarash


  • Dividend qarori aksiyadorlar farovonligi uchun juda muhim



  • Aksiyadorlar biznesga qayta investitsiyalangan mablag‘larning muqobil miqdoridan dividendlarni yuqori baholaydi.



Modilyani va Miller (MM) nuqtai nazari



  • Kompaniya ixtiyoridagi mablag‘lardan foydalana olmagan taqdirdagina dividend to‘lashi kerak - hech bo‘lmaganda, buni aksiyadorlar o‘zlari qila oladigan darajada samarali amalga oshira olmasa (ya‘ni, kapitalning muqobil qiymatiga teng stavka bo‘yicha pul oqimlarini diskontlashda ijobiy NPV bilan barcha loyihalarga investitsiyalash).



  • Faqat investitsiyalashdan keyin qolgan mablag‘larni dividend sifatida to‘lash kerak. Dividend - bu qoldiqdir.



  • Aksiya narxi - bu kelgusi dividendlarning bugungi qiymatidir. Aksiyadorlar joriy qiymat qanday shakllanishi ahamiyatsiz bo‘ladi (ya‘ni, muayyan yillar uchun dividend miqdori qancha ekanligi). Agar joriy yilgi past to‘lovlar joriy qiymatni (va aksiya bahosini) oshiradigan tarzda kelgusi yillarda to‘lovlar oshishiga olib kelsa, u holda aksiyadorlarning farovonligi ham ortadi.



  • Alohida aksiyadorlar to‘lovlarni o‘z manfaatlariga muvofiq tartibga solishi mumkin.



  • Agar ular dividend olmagan yoki kam olgan bo‘lsa, lekin ularga pul mablag‘lari zarur bo‘lsa, u holda bir nechta aksiyalarni sotishi va kerakli summaga ega bo‘lishi mumkin (dividendlarni mustaqil “yaratish”).



  • Agar ular kompaniyadan dividend olmaslikni afzal ko‘rsa, u holda dividend to‘lovlari hisobiga yana bir nechta aksiyalar sotib olishi va shu tarzda kompaniyaga o‘z investitsiyalarini oshirishi mumkin.



NAZORAT SAVOLLARI



  1. Agar aksiyadorlarga dividendni hozir yoki keyin olishining ahamiyati bo‘lmasa, MMga ko‘ra, hozir olingan va kelgusida olinadigan dividend qiymatlari o‘rtasidagi farq nimadan iborat?



  2. MMga muvofiq, kompaniya aksiyadorlarga dividendlar to‘layotganda qanday qoidaga rioya qilishi kerak?



  3. MM konsepsiyasida “mustaqil yaratilgan dividend” tushunchasi nimani anglatadi? Nima uchun aksiyador shunday dividend olishni xohlaydi?



  4. Dividendlar to‘loviga an‘anaviy qarashlarning umumiy jihatlari nimadan iborat?



  5. Nima uchun MMning dividendlar bo‘yicha pozitsiyasi qisman ularning soliqlar mavjud emasligi taklifiga bog‘liq bo‘ladi?



  6. Nima uchun biz kompaniyalar aksiyadorlarni (mijozlarni) o‘z dividend siyosati orqali jalb etadi deb hisoblashimiz lozim?




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling