O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Kompaniyalarning birlashish sabablari


Download 0.77 Mb.
bet152/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Kompaniyalarning birlashish sabablari. Nazariy jihatdan kompaniyada investitsiyalashni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lganda, u xaridorga aylanadi. Bu esa sof keltirilgan qiymatning musbat o‘sishiga olib keladi. Bunday imkoniyatni quyidagi hollarda kutish mumkin: 1)ushbu pul oqimlari bilan bog‘liq riskka mos stavkada diskontlangan kapital qo‘yilmadan pul oqimlarining o‘sishi kattaligi musbat bo‘lsa va/yoki 2)xaridorning mavjud pul oqimlari bilan bog‘liq risk darajasining pasayishi ushbu pul oqimlarining mutanosib diskontlash stavkasi pasayishiga va o‘z navbatida, xaridorning mavjud pul oqimlari NPVsi ortishiga olib kelsa. Ko‘pincha, har ikkala sababga ko‘ra birlashish xaridor uchun jozibali bo‘ladi.
9.1-misol. Bidder plc kompaniyasi yiliga 1 million funt sterling barqaror daromad olishni kutmoqda. Ushbu pul oqimlari bilan bog‘liq risk darajasi fond bozorida yiliga 15% daromadlilik stavkasida qabul qilinadi. Shunday qilib, Bidder kompaniyasining sof keltirilgan qiymati 1 mln f.st. / 0,15 = 6,67 mln f.st.
Bidder kompaniyasi Target plc firmasining aksiyadorlik kapitalini to‘liq xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Prognozlarga ko‘ra, yutib yuborilgan kompaniyaning yillik sof daromadi 1,5 million funt sterlingni, talab qilinadigan daromadlilik stavkasi yiliga 12% ni tashkil etadi. Birlashtirilganidan so‘ng (agar shunday bo‘lgan holatda), Bidder kompaniyasi sof keltirilgan qiymati 1,5 mln f.st. / 0,12 = 12,5 mln. f.st. ga teng bo‘ladi. Bu Bidder kompaniyasi Target uchun 5,83 million f.st. dan (12,5 mln f.st. - 6,67 mln f.st.) oshmaydigan ixtiyoriy summani to‘lashi maqsadga muvofiqligini anglatadi. Ta'kidlash joizki, ushbu summaning bir qismi Bidder kompaniyasining pastroq stavkada diskontlangan mavjud pul oqimlari hisobidan olinadi. Ushbu omil birlashish risk pasayishiga olib kelgan holatdagina amal qiladi. 5,83 million f.st. summa Target firmasining joriy bozor qiymatidan yuqori bo‘lishi ehtimolga yaqin. Buning sabablari quyidagilardan iborat: 1)target firmasining kutilayotgan yillik pul oqimlari 0,5 mln f.st. summadan kamroqni tashkil qiladi, ya‘ni birlashishdan so‘ng kompaniya ikkala kompaniyaning har birida kutilayotgan pul oqimlari summasiga qaraganda ko‘proq kutilayotgan pul oqimlarining hajmini hosil qilishi mumkin; 2)birlashgan kompaniyaning faoliyati bilan bog‘liq risk ehtimoli uning alohida qismlarining umumiy risk darajasidan kamroq. Ko‘plab kuzatuvchilar qator yillar mobaynida birlashishlarni, ayniqsa, xaridorlar uchun jozibali qiluvchi omillarni aniqlashga urinib ko‘rishmoqda. Endi, ushbu omillarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz va ularning har birini umumiy risklarni kamaytirish va yuqorida muhokama qilingan pul oqimlarining oshishi nuqtayi nazaridan muhokama qilamiz.
Raqobatni yo‘q qilish yoki kamaytirish. Agar xaridor va yutib yuborish ob‘yekti savdo bozorida raqobatchilar sanalsa, yutib yuborish monopoliyaga yoki eng kamida birlashgan kompaniyaning bozor ulushi yiriklashuviga olib kelishi mumkin. Bozordagi holatining bunday kuchayishi pul aylanmasiga ta‘sir qilmasdan narxlarni oshirishga va shunga mos ravishda pul oqimlarining hajmini oshirishga imkon beradi. (Ushbu bobning quyirog‘ida o‘zimiz guvoh bo‘lganidek, Buyuk Britaniyada bunday birlashish Raqobat komissiyasining qarshiligiga sabab bo‘lishi mumkin.)
Ta’minot manbalari va sotish kanallarini himoya qilish
Yutib yuborish ob‘yekti yuqori talab bilan foydalaniladigan yoki xaridorni ogohlantirmasdan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan strategik muhim xom ashyo etkazib beruvchisi sanalsa, xaridor uchun birlashish jozibali bo‘lishi mumkin.
Shunga o‘xshash tarzda, yutib yuborish ob'yekti xaridor uchun asosiy savdo kanali bo‘lsa, xaridorning raqobatchilaridan qaysidir biriga mahsulot sotishni boshlashi bilan unda qo‘shimcha muammolarni yuzaga keltiradi. Bu yerda birlashish yillik pul oqimlarini ko‘paytira olmasligi mumkin, biroq riskni sezilarli darajada kamaytiradi, chunki birlashgan kompaniyaning har ikkala qismining pul oqimlarini prognozlash ancha osonlashadi.
Yirik kompaniyalarga xos ko‘lam samarasidan foydalanish
Ko‘lam samarasini turli jihatlardan ko‘rib chiqish mumkin. Bunday samara quyidagilarda ifodalanadi:


  • Xarid qobiliyatining ortishi xom ashyoning narxini pasayishiga olib kelishi mumkin.



  • Ishlab chiqarishni yanada yirik hajmda yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi, bu, o‘z navbatida, ishga tushirish-sozlash ishlari qiymatida tejashga va boshqa qo‘shimcha xarajatlar qisqarishiga olib keladi.



  • Boshqaruv xodimlari va buxgalteriya funktsiyalarini birlashtirish tegishli xarajatlar bo‘yicha mablag‘larni tejashga olib kelishi mumkin.



  • Jalb qilish (emissiya xarajatlari) va moliyaviy resurslarga xizmat ko‘rsatish yanada keng miqyosda, ehtimolki, kamroq xarajatlar bilan amalga oshiriladi.



Ushbu ko‘lam samaralari chiquvchi pul oqimi hajmining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Xaridor to‘liq foydalanilmayapti deb hisoblaydigan nishon- kompaniyalar aktivlariga yo‘l ochish
Yetarlicha foydalanilmayotgan aktivlarga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • to‘liq foydalanilmaydigan yer uchastkalari, ishlab chiqarish binolari, uskunalar va pul mablag‘lari;



  • u yoki bu nomoddiy aktivlar, masalan, qandaydir bozorda (ehtimol, eksport mahsulotlari bozorida) yanada yaxshiroq foydalanish mumkin bo‘lgan u yoki bu shartnoma yoxud texnik malaka.



Aktivlardan yetarlicha foydalanmaslik yomon boshqaruvdan dalolat beradi va xaridorlar o‘z boshqaruv malakasi yuqori bo‘lgan holatda ba‘zan shunday nishon-kompaniyalarga jiddiy qiziqish namoyon etadilar. Kompaniyalar iqtidorli boshqaruvchilarni malakaviy o‘stirish usullarini va yomon boshqariladigan kompaniya bilan birlashish orqali amalga oshiriladigan kengayish yo‘llarini qidirishi, buning uchun yaxshi imkoniyatlarni vujudga keltirishi lozim. Aktivlardan yetarlicha foydalanmaslik ularni potentsial iqtisodiy qiymatidan chegirma bilan xarid qilish imkoniyati mavjudligini anglatadi.
Bunday birlashishlarning umumiy samarasi nishon-kompaniya aktivlarini mohirona boshqarish tufayli daromadning ortishi bilan ifodalanishi mumkin. Yuksak boshqaruv malakasi ham pul oqimlarining noaniqligini kamaytirishga, boshqacha aytganda, riskni kamaytirishga imkon beradi.
Diversifikatsiyalash orqali riskni tarqatish va kamaytirish
Faoliyat sohasi bir-biridan farqli bo‘lgan ikki kompaniyaning birlashishi riskni kamaytirishga yordam beradi, chunki har xil faoliyat turlaridan olingan daromadlar o‘zaro musbat korrelyatsiyaga ega bo‘lishi ehtimoldan yiroq sanaladi.
Garchi bu omil ko‘pincha bunday birlashishlarni oqlashning asosiy sababi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, aksiyadorlarning farovonligini maksimal darajada oshirishda “qo‘l kelmaydi”. oldingi boblatda ko‘rganimizdek, shuning uchun bunday diversifikatsiyani aksiyadorlar o‘zlari tomonidan eng kam narxda yoki hatto bepul amalga oshirishlari mumkin. Buni kompaniya ular uchun qilgani ularning farovonligi oshishiga olib kelmaydi, chunki qimmatli qog‘ozlar bozoridagi narxlar bunga diversifikatsiya allaqachon sodir bo‘lganidek javob beradi. Ushbu bobning keyingi o‘rinlarida biz muhokama qiladigan muvaffaqiyatli birlashishlarning amaliy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, diversifikatsiya uchun amalga oshiriladigan birlashishlar muvaffaqiyatga olib kelmaydi.
Oldingi boblarda ko‘rganimizdek, bu aksiyadorlar va mulkdorlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarga, ya‘ni, agentlik muammosining paydo bo‘lishiga misol bo‘ladi. Aksiyadorlar birlashishdan foyda ko‘rishi ehtimoldan yiroq, chunki ular, odatda, riskni kamaytirish maqsadida bunday diversifikatsiyani mustaqil amalga oshiradilar.
Boshqa tomondan, menejerlar tarassufida lavozimlar —portfel”i mavjud emas. Shuning uchun riskni kamaytirishning yagona yo‘li kompaniya ichida diversifikatsiya qilishdir. Birlashish - yagona bo‘lmasa-da, ancha ommaviy usuldir.
Jamoatchilik manfaatlarini monopoliyadan himoya qiladigan qonunlarda bir xil faoliyat doirasidagi birlashishlar har doim ham mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Bu rivojlanishga faol intilayotgan kompaniyalar uchun diversifikatsiyani yagona imkonga aylantiradi. Ta‘kidlash joizki, alohida olingan har bir holatda diversifikatsiyaning afzalliklaridan qat‘i nazar, turli sohalardagi kompaniyalarning birlashishiga sabablar mavjud. Masalan, bu, ayniqsa, birlashtirilgan kompaniyani boshqarishda ko‘lam samarasi bilan qabul qilingan bo‘lishi mumkin.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling